Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
670 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Chiqindisiz_dunyo

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌳 Ijod maktabining faol o'quvchilari bilan "O'zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun" shiori ostida yaqin hududning yoʻl yoqasidagi chiqindilarni tozalash maqsadida aksiyasi tashkil etildi.

🌏 Aksiya doirasida o'quvchilar kichik guruhlarga boʻlinib, hududlarni tozalash ishlarini amalga oshirishdi.

O'quvchilarga zaruriy ashyolar, yelim qop va qoʻlqoplar, antiseptik vositalar, eko-sumkalar tarqatildi.

🟢 Chiqindisiz tashabbuslar ularni to‘g‘ri boshqarish, chiqindilar hosil bo‘lishini minimallashtirish va oldini olish, ekologik inqirozni bartaraf etish, atrof muhitni muhofaza qilish, inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.

Ushbu aksiya hududlar ozodaligini ta’minlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qilishidan iborat.


⬇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube