Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Bir_asar_tahlili
#Kitobxonlar_davrasida


💫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun ijod maktabining 10-"B"oʻquvchilari bilan yozuvchi,publitsist,adabiyotshunos olim Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" tarixiy asari yuzasidan mashgʻulot oʻtkazildi.

🔰 Oʻquvchilar, avvalo ,Pirimqul Qodirovning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati haqida maʼlumotlarni yodga olish maqsadida berilgan viktorina savollariga javob berishdi.
⚡️ Ahmedova Shahzoda shoh va shoir Z.M.Boburning shaxsiy xislatlari,yurgizgan siyosati hamda jasorati haqida koʻplab maʼlumotlarni berib oʻtdi.

⚡️"Integratsiya" metodi yordamida tarix+adabiyot usulini qoʻllash orqali "Fanlararo aloqa va sifatli taʼlim" shiori ostida oʻtkazilgan mashgʻulotda Olimova Rushana adabiyot fanidan, Ermuhammedova Shahzoda esa tarix fanidan olgan bilimlarini qoʻllash orqali faol qatnashdi.

Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar asar qahramonlariga tavsif va ta'rif berishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram| Facebook| Instagram| You Tube| Web-sayt
#Bir_asar_tahlili
#Mutolaa_zavqi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
📚Kitob-insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma‘naviy kamolotiga yordam beradi.
📘Badiiy asar oʻqish orqali oʻquvchilar tafakkurini yanada kengaytirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan T.Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" qissasi mutolaa qilindi.
📗Avvalo,tarbiyachi-pedagog tomonidan asar haqida qisqacha maʼlumot berildi,unda kurash, kurashchi polvonlar,xalqimizning azaliy urf-odatlari,milliy qadriyatlar aks ettirilganligi aytib oʻtildi.
📙Oʻquvchilar asarni oʻqish davomida bosh qahramon-Bo'ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi,or-omus,mardlik tuyg'ulari ulug'lanishi tasvirlangan boʻlsa,Nasim obrazi orqali doʻstga xiyonatning oqibatlari koʻrsatilgani yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube| Web-sayt
Forwarded from Maqsuda Xolmatova
#bir_asar_tahlili
#mutolaa_zavqi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romani tahliliga bag'ishlangan mashg'ulot bo'lib o'tdi.
Tarbiyachi-pedagog M. Xolmatova bu romanni yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko'p o'qiladigan asarlar sirasiga kirishini ta'kidladi. Bu asarni o'quvchilar o'rtasida juda ham ko'pchilik o'qiganligi sababli tahlil jarayoni ham tortishuv va munozaralarga boy bo'ldi.Nazarova N. shunday dedi:"Men uchun bu roman hamisha qadrli bo'lib qoladigan, qalbimdan chuqur joy olgan asardir".
Xudoynazarova S."Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin degan gapda qanchalik teran ma'no bor".

Asar tahlili barcha o'quvchilarga manzur bo'ldi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqda👇
Telegram|Instagram|YouTube|Facebook|Veb-sayt|
#Bir_asar_tahlili

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📚 O'quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularning kitobga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari o'rtasida "Ulug‘bek xazinasi" romani tahlili bo'lib o'tdi.

❇️ Dastlab, roman haqida tarbiyachi-pedagog tomonidan o‘quvchilarga ma'lumot berildi. Roman yuzasidan o'quvchilarga savollar berildi. Romaning mazmuni,qahramonlari, g‘oyasi to'g'risida fikr-mulohazalar almashildi.

♻️ Tahlil davomida ikkala maktab o'quvchilari ham juda faol ishtirok etishdi.

👩‍🏫 Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

|
Telegram | Facebook| Instagram | You Tube |
#Bir_asar_tahlili
#Mutolaadan_zavqi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰"Eng yaxshi fazilatlar kitobda mujassam. Biz yoshlarimizni bilimli, yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashni istasak, ularni kitobga mehr ruhida voyaga yetkazishimiz, turli kasblarga o'rgatishimiz kerak",— Shavkat Mirziyoyev.

📚8-"B" sinf o'quvchilari bilan "Bilimdon kitobxon" tanloviga kiritilgan asarlardan biri Asqad Muxtorning "Chinor" romani tahlili mashg'uloti bo'lib o'tdi.

🖇Dastavval, tarbiyachi-pedagog romandandagi insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qilishini aytdi.

🧩Tahlil davomida o'quvchilar asarni ta'sirli joylaridan parchalar o'qib, fikrlarini isbotlashdi. Baratova Sevinch Ochil buvaning quyidagi gapidan ta'sirlandi: "Odam deb o'lgan odam — doimo tirik".

🎗Mashg'ulot qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Bir_asar_tahlili
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📗Joriy yilning 5-dekabr sanasida ijod maktabining 10-"B" sinf oʻquvchilari bilan taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi"asarining badiiy tahlili boʻlib oʻtdi.
💫"Birgalikda oʻqiymiz" metodi asosida oʻquvchilar asar voqealari bilan yaqindan tanishdilar.
💫 Oʻquvchilar asardagi oddiy odamlarning fazilatlari - mardligi, matonati,vatanparvarligi,shu bilan birga asarda tasvirlangan hayot manzaralari,undagi voqea hodisalar bayoni haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
💫"Davom et"metodi asosida berilgan savollarga oʻquvchilar faollik bilan javob berishib,asardagi qahramonlarga tavsif va taʼrif berishdi.
⚡️Mashgʻulot yakunida oʻquvchilar, matonat, mardlik insonparvarlik kabi fazilatlarni inson kamol topishida nechogʻlik muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab yetdilar.

📍Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob — insonning eng yaqin do'sti,maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir.
📘Oʻquvchilar boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqish orqali ular tafakkurini yanada rivojlantirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan Oʻ.Hoshimovning "Nur borki, soya bor" romani mutolaa qilindi.
📗"Nur borki, soya bor" asari yozuvchining birinchi romani, unda ijodkor Sayfi Soqiyevich, Sirojiddin obrazlari orqali turgʻunlik davri illatlarini fosh etadi. Asarning bosh qahramoni Sherzod esa jamiyat orasidagi buzilgan muvozanatni joyiga keltirish uchun kurashadi.

📙Mashgʻulot davomida oʻquvchilar asarni oʻqidilar, voqealar rivoji, qahramonlar ishtiroki, asar tili, yozuvchi mahorati toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube| Web-sayt
#bir_asar_tahlili

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosini oʻrganish maqsadida ijod maktabing 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari yuzasidan tahliliy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
⚡️ Axmedova Shahzoda Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar keltirdi. Abduhashimova Hanifa esa "Mahbub ul-qulub" asarining tarbiyaviy ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
⚡️Mashg'ulot soʻngida oʻquvchilar Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari yuzasidan "Venn digrammasi" asosida tayyorlangan savol va topshiriqlarni bajarishdi.
⚡️Yakunda oʻquvchilar A.Navoiy ijodining serqirraligi va asarlari boʻyicha olgan bilimlarini yana
bir bor boyitib oldilar.


📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:


Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 8-"B"sinf oʻquvchilari bilan Daniel Defoning "Robinzon Kruzo" asari tahlili boʻlib oʻtdi.

⚡️ Dastavval, tarbiyachi-pedagog M.Xolmatova "Robinzon Kruzo" asari haqida qisqacha maʼlumot berib, bu asarni yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan kitobxonlar birdek qiziqish, hayojon bilan oʻqishini aytib oʻtdi.

💫 Oʻquvchilar Robinzonning mehnatkashligini, benihoya gʻayratli odam boʻlganligini, tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi olib borgan kurashlarini asar tahlili davomida anglab yetishdi.

💫Mashgʻulot davomida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarini bir-biriga ulashib, fikr almashishdi.

⚡️ Bunday mashgʻulotlar oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, badiiy asar gʻoyasini ochib berishga xizmat qiladi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Vebsayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Adabiyot_gulshani
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari o'zbek adibi O'lmas Umarbekov hayoti va ijodi yuzasidan ijodiy suhbat o'tkazildi.

📜O'lmas Umarbekovning hayoti va ijodi haqida Isomova Farangiz va Asqaraliyeva Lola o'quvchilarga umumiy ma'lumotlar berishdi.

📜Suhbat davomida o'quvchilar adibning mashhur asarlaridan bo'lmish "Qiyomat qarz","Qizimga maktub","Odam bo'lish qiyin" nomli asarlarini mutolaa qildilar. O'zaro munozara tashkil qilib, munozara davomida bir-birlari bilan asarlar yuzasidan, xulosalari bo'yicha fikr almashishdi.Har bir obraz haqida qiziqarli tasvir vositalaridan foydalanishdi.

📜Suhbat yakunida adibning "Qiyomat qarz" asari asosida sahnalshtirilgan spektaklini tomosha qildilar.

🗞 Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram|Facebook| Instagram
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari bilan o'zbek adibi Murod Muhammad Doʻst ijodiga murojaat qilinib, uning "Lolazor" romani bilan tanishildi.

📚Adibningning hayot yo'li, ijodi va uslubi haqida Hazratqulova Ruqiya soʻzlab oʻtdi.
📖 Egamqulova Shahnoza asarda sovet davrining soʻnggi yillariga kelib kuchaygan turgʻunlik davri va u olib kelgan iqtisodiy, maʼnaviy tanazzulning oʻsha davrda yashagan insonlar hayotida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq jarayonlar koʻrsatib berilgani, roman 1988-yilda chop etilgani,1989-yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga loyiq deb topilgani, asardagi bosh qahramonlar:Nazar Yaxshiboyev, Xorun Kalonov, Oliya, Muhsina, Saidqul Mardonovlarning xarakterlari haqida soʻzladi.

📜Suhbat yakunida asardan parcha mutolaa qilindi.

🗞Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoy tarmoqlarda 👇

|Telegram| Facebook| Instagram| Youtube| Web-sayt
#Adabiyot_gulshani
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun maktabimizning 7-"A" sinf o'quvchilari bilan mumtoz adabiyotimizning yirik vakili Alisher Navoiyning shoh asari–"Xamsa" dostoni yuzasidan ijodiy suhbat òtkazildi.

"Xamsa" asaridagi har bir doston" Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai Sayyor", " Saddi Iskandariy" òquvchilarda katta taassurot uyg'otdi.

Asar tahlili jarayonida òquvchilar buyuk mutafakkir bobomiz Navoiy "Xamsa" sining naqadar gòzal asar ekanligiga yana bir bor amin bo'lishdi.


🗞 Suhbat qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram|Facebook| Instagram | Veb-sayt | You Tube |
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini oshiradi. Yaxshi kitob o‘qigan sari kishida hayotga o‘zgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
📗Bugun 10-sinf o'quvchilari bilan o'zbek adibi O.Yoqubovning "Diyonat" asari mutolaa qilindi.
📔Asar qahramonlari Otaqoʻzi, Haydar, Normurod Shomurodovlar. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining o‘zaro ziddiyati asar falsafasini–diyonat,or-nomus, iymon-e’tiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilg‘ab olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘zaro murosasiz jang shaxs o‘zligini anglashga da’vat etadi.
📖Mashgʻulotda oʻquvchilar asardan parchalar oʻqib syujeti, qahramonlar xarakterlari boʻyicha bahs-munozaraga kirishishdi.
🖌 Yozuvchining oʻziga xos tili, tasvir talqiniga egaligini eʼtirof etdilar.

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇

TelegramI FacebookI🌐Veb-sayt
🌐InstagramI📹YouTube
#Bir_asar_tahlili
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🎓O'quvchilarning bo'sh vaqtlariniq mazmunli o'tkazish maqsadida, 8-"B" sinf o'quvchilari bilan O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad ijodida alohida o'rin tutgan "Ufq" trilogiyasi tahliliga bag'ishlandi. Asarda XX asr o'rtalarida xalq boshiga tushgan urush musibatlari, hijron alamlari odamlar ko'ksidagi armonlar yozuvchi iste'dodiga xos ehtiros, zo'r ilhom bilan aks ettirganini tarbiyachi-pedagog ta'kidlab o'tdi. Asardagi Nizomjon, Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar o'quvchi xotirasida abadiy qoladi.

📚Mashg'ulotda davomida "Ufq" spektakli tomosha qilindi.

🖇Bunday mashg'ulotlar o'quvchilarda badiiy asarga muhabbatni oshiradi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram I Facebook | Instagram I YouTube
#Bir_asar_tahlili

🏢 lxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📗Kitob- insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va maʼnaviy kamolotiga yordam beradi.
💥Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida Muhammad Sharif Gulxaniy qalamiga mansub "Zarbulmasal" asari yuzasidan 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida mashgʻulot tashkil etildi.
⚡️Avvalo, tarbiyachi-pedagog tomonidan asar haqida maʼlumot berildi.
⚡️ Oʻquvchilar toʻplamda keltirilgan masallar syujeti, timsollarning oʻzaro ziddiyatlari, falsafiy va purhikmat oʻgitlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |
#Bir_asar_tahlili

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash,badiiy
asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish maqsadida ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan P.Qodirovning "Avlodlar dovoni" asari mutolaa qilindi.
Asarni oʻqish jarayonida Humoyunning saltanatni boshqarishi,ichki va tashqi dushmanlarga qarshi mardonavor kurashi,taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari haqida mulohazalar yuritildi.
⚡️Shuningdek, "Avlodlar dovoni" asarida bayon etilgan tarixiy shaxslar, joylar haqida oʻquvchilar tomonidan qiziqarli dalillar keltirib oʻtildi.
⚡️ Yakunda oʻquvchilar "Avlodlar dovoni" asaridan olgan taassurotlarini boshqa tengdoshlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Mashgʻulot oʻquvchilarga manzur boʻldi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini oshiradi.Yaxshi kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
📗Barchaga ma'lumki, boʻlgʻusi abituriyentlar uchun 2025-2026-oʻquv yili test imtihonlari savollari shakllantiriladigan badiiy adabiyotlar roʻyxati tasdiqlandi. Darsdan soʻng 11- sinf oʻquvchilari oʻrtasida ushbu roʻyxatga kiritilgan S.Ahmadning "Jimjitlik" asari mutolaa qilindi.
📔Asar qahramonlari Tolibjon, Mirvali, Aziz -har biri oʻziga xos xarakterga ega obrazlar. Asar syujeti diyonat, or-nomus iymon-e’tiqod kabi insoniy sifatlar uchun kurash asosiga qurilgan.
📖Mashgʻulotda oʻquvchilar asardan parchalar oʻqib syujeti, qahramonlar xarakterlari boʻyicha bahs-munozaraga kirishishdi.
🖌 Yozuvchining oʻziga xos tili, tasvir talqiniga egaligini eʼtirof etdilar.

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇

Telegram Facebook 🌐Veb-sayt
🌐Instagram 📹YouTube
#Bir_asar_tahlili


🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida Said Ahmadning "Jimjitlik" romani tahlil qilindi.

🔰Mashg'ulot davomida Eahqulova Dilnoza "Jimjitlik" – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman ekanligi va bu roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag'ishlangani haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tdi.

Bundan tashqari o'quvchilar romandagi qahramonlarni muhokama qildilar. Ayniqsa Tolibjon – bosh qahramon. Olim. Amaldorlar tayziqi bilan uzoq yillar davomida vatanidan olisda yashagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tugʻilib oʻsgan uyiga qaytgan, onasining taʼbiri bilan aytganda „baxtini tuproqqa koʻmib kelgan“ inson ekanligi aytib o'tildi.

🏆Bu asarda nechog'lik qiyinchilik bilan kechgan kishilar taqdiri, haqqoniy ko‘rsatilganligini bilib olishdi.


Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram | Instagram | Vebsayt |FacebookYouTube