Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
671 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Sirdaryoning_60_yilligi
#Jannatimsan_Sirdaryo

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun 7- sinf oʻquvchilari oʻrtasida Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yillik munosabati bilan "Jannatimsan, Sirdaryo" mavzusida suhbat tashkil etildi.
Dastlab, tarbiyachi pedagoglar Mirzachoʻlni gulistonga aylanttirishda faol ishtirok etgan insonlar, viloyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan faxriylar, faollar haqida maʼlumotlar berishdi.

📚Oʻzbekiston xalq shoirasi Hayotxon Ortiqboyeva muallifligida yaratilgan "Sirdaryo mavjlari" kitobiga kiritilgan viloyatimizdagi ijodkorlar va ularning qilgan ishlari haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng oʻquvchilar "Sirli tariximsan, Sirdaryo" shiori ostida yangilanayotgan Sirdaryoning tungi goʻzal qiyofasi aks etgan videorolikni tomosha qilishdi.

❇️ Tarbiyachi- pedagoglar: Musurmonqulova Feruza va
Xolmatova Maxsuda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#Sirdaryoning_60_yilligi
#Jannatimsan_Sirdaryo

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 Bugun ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida Sirdaryo viloyati tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Guliston shahar boʻlimi maʼnaviyat targʻibotchisi Sh. Bekturdiyev ishtirokida "Mirzachoʻlni gulistonga aylantirgan el" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Sh. Bekturdiyev Sirdaryo tarixi, toponimikasi va etnografiyasi, Mirzachoʻlni oʻzlashtirish jarayonlari, viloyat rivojiga hissa qoʻshgan faxriylar, Xovos yodgorliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

⚡️Suhbat yakunida oʻquvchilar Sirdaryo viloyati tarixi aks etgan "Suv yoqalab" hujjatli filmini tomosha qilishdi.

📌 Bizni kuzatishda davom eting!

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Adabiyot_gulshani
#Jannatimsan_Sirdaryo

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏤Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️16-fevral Sirdaryo viloyati tashkil topganining 61 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchilari Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, bunyodkorlik va obodonlashtirish bo'yicha amalda oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida "Jannatimsan Sirdaryo" mavzusida mashg'ulot o'tkazishdi. Unda o'quvchilar viloyat tumanlarining nomlarini va u haqida ma'lumotlar aytishdi.
❇️Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, umumiy yer maydoni 4276,2 km kvadrat bo'lgan viloyat tarkibiga 3 ta shahar va 8 ta tuman kiradi. 2024-ylining 1-yanvariga ko'ra viloyat aholi soni - 896,6 ming kishini tashkil etadi.
❇️Bayram munosabati bilan Sirdaryo viloyatining barcha aholisini tabriklab qolamiz.

Bizni kuzatishni davom eting:

Telegram | Facebook | Veb-sayt | Instagram | You Tube |
#Jannatimsan_Sirdaryo
#Taqdimot

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida Sirdaryo viloyati hokimligi homiyligida chop etilgan JANNATIMSAN, SIRDARYO kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi A.Maxmudaliyev va iqtidorli talaba-yoshlar, ijodkorlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, Akmaljon Maxmudaliyev ushbu kitoblarni yaratilishida o’zining munosib hissasini qo’shgan bir guruh ijodkorlarga kitoblar to’plamlarini topshirdi. Quvonarlisi, ijod maktabi o‘qituvchilari Shohsanam Qarshiyeva, Husniddin Hayitning ham turkum she’rlari 45 nafar ijodkorning asarlari jamlanganJANNATIMSAN, SIRDARYOnomli to‘plamda nashr etilgan.

💐Ijodkorlarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I