Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludi_76_yilligi
#viktorina

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Bugun ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston xalq shoirasi , oʻzbek adabiyoti osmonining yorqin yulduzi, benazir isteʼdod sohibasi Halima Xudoyberdiyevaning 76 yilligi munosabati bilan "Ijod gulshanining gultoji" mavzusida viktorina tashkil etildi.
📚 Viktorinaning I shartida shoiraning ijodi yuzasidan tuzilgan savollarga guruhlar javob berdilar.
II shartda guruhlar oʻrtasida ijodkorning sheʼriy toʻplamlari asosida zukkolar bahsi uyushtirildi. "Davom et" metodi asosida navbatma- navbat sheʼrlaridan namunalar aytishdi.

📌 Toʻplangan ballar natijasiga koʻra har ikki guruhning ham faolligi qayd etilib, doʻstlik gʻalaba qozondi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram Facebook Instagram YouTube Web-sayt
#viktorina
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Oʻzbekiston_uchun

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📕 Joriy yilning 6-sentyabr kuni 10- sinf oʻquvchilari oʻrtasida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida "Vatan aziz,Vatan muqaddas " mavzusida viktorina tashkil etildi.
❇️ Mashgʻulotda tarbiyachi pedagog tomonidan viktorina shartlari tushuntirib oʻtildi.
📗 Ushbu viktorina oʻquvchilar ikki shart asosida bellashdilar.
1-shart: Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga yaratilayotgan
imkoniyatlar haqida maʼlumot berish
2-shart : Yangi Oʻzbekistonda bunyod etilgan yangi binolar va diqqatga sazovar joylar haqida maʼlumot berish
Qizgʻin va munozaralarga boy tarzda oʻtgan viktorinada har ikki guruh ishtirokchilari faol ishtirok etishdi va doʻstlik gʻalaba qozondi.
❇️ Tadbir yakunida oʻquvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar yangradi.

🕊Telegram I📱Facebook I🌏 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#Xalq_dostonlari
#Viktorina

🏬 Ixtisoslashgan ta´lim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun 8-"A" sinf o'quvchilari bilan xalq og'zaki ijodi namunalaridan biri "Ravshan" dostoni yuzasidan viktorina tashkil etildi.

❇️ Viktorinada o'quvchilar "Zulxumor" va "Barchinoy" guruhlariga bo'linib, ikki shart asosida bellashdi.
1-shart : Dostondagi ismlarning, joy nomlarining ramziylik va an'anaviylik tomonlarini sharhlash.
2-shart: Dostondagi bosh qahramonlarning obrazlilik va ifodaviyligini tadqiq qilish.

✳️ Ushbu doston bo'yicha berilgan viktorina savollariga har ikki guruh ishtirokchilari ham toʻlaqonli javob berishdi va do'stlik g'alaba qozondi.

Yakunda oʻquvchilar Komil Yashinning doston syujeti asosida yozilgan "Ravshan va Zulxumor" pesasidan ariya tinglashdi.

❇️ Mashg'ulot qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o'tdi.

📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Instagram |Facebook | Web-Sayt | YouTube
#Xalqaro_qizlar_kuni_
#viktorina

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌Ijod maktabimizda 11-oktabr kuni o‘quvchilarning o‘zbek ayollarining jasorati tarixi bilan tanishtirish maqsadida "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan  "O‘zbek xalqining qahramon ayollari" shiori ostida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida viktorina tashkillashtirildi.
🖇O‘quvchilar "Barchinoy" va "To‘maris" guruhlariga bo‘linib,tezkor savollarga javob berishdi.O‘yin yakunida "Barchinoy"jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Ishtirokchilar  viktorina so‘ngida esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌐 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#Birinchi_renessans
#Viktorina

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7️⃣-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Birinchi Renessans - ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” g‘oyasi ostida o‘sha davrda yaratilgan ma’naviy merosdan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish uchun ijod maktabida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida viktorina o‘yini o'tkazildi.

⚙️ Viktorinada "Qaqnus", "Dinamit", "Idrok", "To'maris avlodlari" jamoalari faol ishtirok etishdi.

🔵Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni "Dinamit" jamoasi egalladi.

➡️ O'quvchilar kо‘nglidan joy olgan mazkur viktorinani kelgusida ham davom ettirishga o'zaro kelishib olindi. Ertamiz egalari ushbu viktorinaning keyingi bosqichlarida ham faol ishtirok etish istagini bildirishi esa yanada quvonarli bo'ldi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌐 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#Birinchi_renessans
#Viktorina


⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰"Birinchi Renessans- ilm-ma'rifat yuksalishining asosi" g'oyasi ostida o'sha davrda yuritilgan ma'naviy merosdan faxrlanish tuyg'usini kuchaytirish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari o'rtasida "Ona Vatanimning- buyuk farzandlari" mavzusida viktorina o'tkazildi.
📚O'quvchilar "Al-Xorazmiy", "Beruniy", "Ibn Sino" va "Buxoriy" guruhlariga bo'linib, quyidagi shartlar asosida bellashishdi:

1. Allomaning fanga qo'shgan hissasi.
2.Ijodkorning mashhur asarlari.
3.Hikmatli so'zlari.

📕Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan bu allomalar haqida o'quvchilarimiz qiziqarli ma'lumotlar va asarlaridan olingan savollarga javob berishdi.
📝Viktorinada "Buxoriy" guruhi 20 ballni qo'lga kiritib, g'olib bo'ldi.

📓Bellashuv qiziqarli va mazmunli o'tdi.

📚 Bizni kuzatishda davom eting.

♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

| Telegram | Facebook| Instagram | | You tube |
#Yuksalar_qõlimda_Õzbekiston_bayroği
#Viktorina

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Yuksalar qo'limda O'zbekiston bayrog'i" shiori ostida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan "Bayrog'im — faxrim" mavzusida viktorina o'tkazildi.

🌟O'quvchilar "Idrok" , "Ziyo", "Intellekt" guruhlariga bo'linib, quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
I. Bayroq haida ma'lumot
II. Davlat bayrog'ida yashiringan ma'nolar
III. Bayroq haqida she'rlar


📚Viktorina davomida o'quvchilar bayroq haqida qiziqarli ma'lumotlar va faktlarni bilib olishdi. Tadbir davomida bayroq haqidagi she'rlar bilan birgalikda Halima Xudoyberdiyevaning "Yurt bayrog'i" she'rini ham ijro etishdi. Bellashuv qiziqarli o'tdi.

🎯Natija: "Idrok" 25 ball bilan g'olib bo'ldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#Birinchi_renessans
#Viktorina

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7️⃣-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “Birinchi Renessans - ilm-ma’rifat yuksalishining asosi” g‘oyasi ostida o‘sha davrda yaratilgan ma’naviy merosdan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish uchun ijod maktabida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida viktorina o‘yini o'tkazildi.

⚙️ Viktorinada "Novatorlar" va "To'maris avlodlari" jamoalari faol ishtirok etishdi.

🔵Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni "Novatorlar" jamoasi egalladi.

➡️ O'quvchilar kо‘nglidan joy olgan mazkur viktorinani kelgusida ham davom ettirishga o'zaro kelishib olindi. Ertamiz egalari ushbu viktorinaning keyingi bosqichlarida ham faol ishtirok etish istagini bildirishi esa yanada quvonarli bo'ldi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

I Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I Youtube
#Omon_Matjon_tavalludining_80_yilligi
#Viktorina

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


💥Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 10 -sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Har nafasda uygʻoqman" mavzusida
viktorina oʻtkazildi.
Tarbiyachi pedagog H.Gaffarova tomonidan
viktorina shartlari tushuntirib oʻtildi.
💥Viktorinada "
Tafakkur" va "Yuksalish" guruhlari uch shart asosida oʻzaro bellashdilar.
🎗️1-shart : Omon Matjon ijodiga bagʻishlangan tezkor savollarga javob berish;
🎗️2-shart : Ijodkorning lirik qissa va dramatik asarlari haqida maʼlumotlar berish;
🎗️3-shart: Omon Matjon sheʼrlaridan namunalar oʻqish;
💥Shartlar asosida berilgan savollarga guruh ishtirokchilari zukkolik bilan javob berishdi va hakamlar hayʼati tomonidan baholanib borildi.
Oʻtkazilgan viktorinada"
Tafakkur" guruhi 28 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | Instagram | You tube  |
#Konstitutsiya_kelajagimiz_poydevori
#Viktorina


🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

📝Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎓Ijod maktabining 8-"B"o'quvchilari bilan "Konstitutsiya — adolat tayanchi" mavzusida viktorina bo'lib o'tdi. Dastlab tarbiyachi-pedagog konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlar va inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni barpo etish borasida konstitutsiyamizning o'rni yuksak ekanligini ta'kidladi.

💠O'quvchilar "Konstitutsiyani o'rganamiz" shiori ostida 2 guruhga bo'lindi: "Idrok" va "Humo".

📚Guruhlar konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlarning foizi va ahamiyati xususida, shuningdek qomusimizning yoshlarga hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari ustida bellashishdi.

🎖Natija: 15:12 bilan "Idrok" jamoasi g'olib bo'ldi.

🛫Bizni kuzatishda davom eting!   

🧩Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | | YouTube |
#5_tashabbus_amalda
#Viktorina

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 114 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 9-sinflar oʻrtasida viktorina oʻtkazildi.

❇️ Viktorinada oʻquvchilar Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid savollar bo‘yicha bellashdilar. O‘quvchilarning faolligi shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi.

Viktorina oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Viktorina

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫
Bugun ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari o'rtasida buyuk bobokalonimiz shoh va shoir Z.MBobur ijodi bo'yicha "Bobur kabi seving Vatanni" mavzusida
viktorina tashkil etildi.

💫Viktorinada oʻquvchilar quyidagi shartlar boʻyicha bellashdilar:
1. Bobur hayoti va ijodi haqida savol-javob;
2. Bobur gʻazallarida sheʼriy sanʼatlarning qoʻllanilishi;
3. "Boburnoma"da shaharlar tasviri;

💫Bellashuvda savollar murakkabligi bosqichma-bosqich oshirilib, Boburning tugʻilishidan boshlab to umrining oxirigacha bo'lgan davrdagi voqealar qamrab olindi.

💫Bellashuv davomida o'quvchilar shoirning mashhur g'azal va ruboiylaridan namunalar aytib tahlil qilishdi.
Shu bilan birga, gʻazallardagi she'riy sanʼatlarni ham chaqqonlik bilan topa olishdi.

💫Bellashuvda ikki guruh ishtirokchilari ham teng natijani qayd etishdi va doʻstlik gʻalaba qozondi.



Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook
Instagram I YouTube
#Viktorina
#Alisher_Navoiy_Bobur_mirzo

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️7-sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Ona vatanimizning buyuk farzandlari" shiori ostida viktorina o'tkazildi.

👨‍⚖️ "Qaqnus","Idrok","Tarnado","Dinamit"  jamoalari o'rtasida qiziqarli bahs bo’lib o’tdi.

🔩 "O'ziga ishonch, muammoni hal qila bilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalar tez o'zgarib borayotgan mehnat dunyosida o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hisoblanadi.

📊 Umumiy natijalarga ko’ra jami 24ta savollardan
"Idrok" jamoasi - 20ta
"Qaqnus" jamoasi - 20ta
"Tarnado" jamoasi - 22ta
"Dinamit" jamoasi - 23ta
savollarga toʻgʻri javob berishdi.

🏆 "Dinamit"  jamoasi eng yuqori ball to’plab go’liblikni qo’lga kiritishdi.

➡️ Ko'tarinki ruhda o'tgan viktorina yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Xon_atlas
#viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oz'bek xalqining asrlik o‘tmishi, madaniyati, urf odat va ananalari, didi, estetik qarashlari libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish maqsadida ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan kiyinish madaniyati va bugungi kundagi liboslar tarixini o‘rganish yuzasidan"Xon atlas- milliy libos" shiori ostida viktorina tashkil etildi.

Bunda o'quvchi qizlar tomonidan kiyinish madaniyatiga oid bo‘lgan savollarga javob berildi.

O‘quvchilar
o‘zbek milliy liboslaridan biri bo‘lgan atlas va adras haqidagi ma'lumotlarni o‘rganishdi va bilganlarini tengdoshlari bilan bo‘lishishdi.

❇️Milliy qadryatlarimizni o‘rganish, ularni boshqalarga ham o‘rgatish va keng targ‘ib etish bizning asosiy maqsadimizdir!


Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Viktorina

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️8-“B” sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yoshlar-uchinchi renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori" mavzusi ostida viktorina o'tkazildi.

👨‍⚖️ "Qaqnus","Idrok","Tarnado" jamoalari o'rtasida qiziqarli bahs bo’lib o’tdi.

🔩 "O'ziga ishonch, muammoni hal qila bilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalar tez o'zgarib borayotgan mehnat dunyosida o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hisoblanadi.

📊 Umumiy natijalarga ko’ra jami 24ta savollardan
"Idrok" jamoasi - 20ta
"Qaqnus" jamoasi - 20ta
"Tarnado" jamoasi - 22ta
savollarga toʻgʻri javob berishdi.

🏆 "Tarnado"  jamoasi eng yuqori ball to’plab go’liblikni qo’lga kiritishdi.

➡️ Ko'tarinki ruhda o'tgan viktorina yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📝Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki. Ayollar bilan hayotimiz go'zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

🖇Ma'lumki, 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni". Shu munosabat bilan 9-"B" sinf qizlari 2 guruhga:
"To'maris" va "Uvaysiy" guruhlariga bo'linishib, "Ayollarning jamiyatdagi o'rni" mavzusida quyidagi shartlar asosida bellashishdi.

1-shart: Tarixdagi mashhur ayollar
2-shart: XX asrdagi ijodkor ayollar
3-shart: Hozirgi kundagi siyosatchi ayollar
4-shart: Ayolning oiladagi o'rni

🎗Bellashuv yakunida "To'maris" guruhining epchil va zukko qizlari barcha shartlarga mukammal javob berib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

📚Bunday mashg'ulotlar qizlarning hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishiga yordam beradi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram|Instagram|
🌐Facebook|📹You-Tube|
#Til_millat_gʻururi
#Viktorina
🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Til - millat gʻururi, milliy oʻzlik asosi" mavzusida viktorina tashkil etildi.
Tarbiyachi -pedagog H.Gaffarova tomonidan viktorina shartlari tushuntirib oʻtildi.
Viktorinada "Tafakkur" va "Yuksalish" guruhlari uch shart asosida oʻzaro bellashdilar.
1-shart: Oʻzbek tili va uning taraqqiyoti haqida maʼlumotlar berish;
2-shart: Oʻzbek tiliga kirib kelgan taʼlim va madaniyatga oid oʻzlashma soʻzlar roʻyxatini tuzish;
3-shart: Soʻz va turgʻun birikmalarning maʼnolarini qayd etish va izohlash;
Viktorinada oʻquvchilar oʻzbek tiliga oid boʻlgan savollarga zukkolik bilan javob berishdi, shuningdek, mumtoz adabiyotda koʻp uchraydigan soʻzlar tabdili bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |
Instagram | You tube  |
#Õzbek_tili_õzbek_xalqining_yuragidir
#Viktorina

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚O'quvchilarda ona tilimizga bo'lgan muhabbatini oshirish va mustaqil bilimga chorlash maqsadida 9-sinf o'quvchilari bilan 21-oktabr "Til bayrami"munosabati bilan viktorina tashkil etildi.

📝Bellashuvda 9-"A" sinfnning "Lingvistlar" va 9-"B" sinfning "Tilshunoslar"guruhi quyidagi shartlar asosida bellashishdi.

1-shart: Ona tili haqida hikmatli so'zlar
2-shart:Ona tilimiz rivojiga hissa qo'shgan olimlar
3-shart: Tilshunoslik bo'limlari
4-shart: Sintaksis. Qo'shma gap
5-shart: Qo'shma gap turlariga misol keltirish
6-shart: Berilgan gaplarning tuzilishiga ko'ra turini aniqlash

🎓Viktorinada o'z bilim va zukkoliklari bilan "Tilshunoslar" guruhi g'olib bo'lishdi.

🖇Bunday bellashuvlar o'quvchilarda ona tilini mustahkam o'rganishga chorlaydi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |Instagram | You tube  |
#Õquvchi_almashish_dasturi
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

BMTning 1954-yilgi rezolyutsiyasida 20-noyabrni Butunjahon bolalar kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.

⚡️Shu munosabat bilan ijod maktabining 9-sinf õquvchilari va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi õquvchilari bilan birgalikda "Baxtli bolalik" mavzusida viktorina tashkil etildi.

Quyidagi shartlar asosida bellashildi:
I. "Baxtli bolalik" mavzusida matn
II. "Bolalik quvonchi" mavzusida
rasm
III. Bolalarning huquq va burchlari

❇️Musobaqa qizğin bahs-munozaralarga boy bõldi.

Natijalar:
🥇"404" jamoasi
🥈"Bolalik" jamoasi
🥉"Bahor", "Baxtlilar", "Nihol"

📍Bunday bellashuvlar õquvchilarda ijodiy fikrlashni va tinch zamonimizga shukronalik qilish tuyğusini mustahkamlaydi.

📌Tarbiyachi-pedagoglar: Feruza Musurmonqulova, Maxsuda Xolmatova

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram|🌐Instagram|
🌐Facebook|📹You Tube|
#Viktorina

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari o'rtasida "Qomus millatning nomusidir" mavzusida viktorina bo'lib o'tdi.
Viktorinada quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1. Yangilangan konstitutsiyada nimalarga e'tibor berilgan.
2. Yangilangan moddalarni ayting va taxlil qiling. 3.Voyaga yetgan yoshlarning huquq va burchlari.
Bellashuv qizg'in bahs va munozaralarga boy bo'ldi.

🔰 Natija: 🥇Idrok
🥈Iqtidor
🥉Tafakkur

❇️ Bunday mashg'ulotlarni o'tkazilishi o'quvchilarimizning intellektual salohiyatini oshirishga yordam beradi.


Tarbiyachi-pedagog:
Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube