Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Konstitutsiya_baxtim_qomusi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Konstitutsiya - kelajagim mash'ali" mavzusida RASMLAR TANLOVI o'tkazildi.

❇️ O‘quvchilar o'z ijodiy ishlarida Konstitutsiyaning moddalarini ranglarda tasvirladilar.

Tanlov natijasiga ko'ra:
🥇9-sinf o'quvchisi Baxtiyorova Mushtariy;
🥈9-sinf o‘quvchisi Yigitaliyeva Sarvinoz ;
🥉9-sinf o'quvchisi Burxonov Otabek faxrli o‘rinlarni qo'lga kiritishdi.

💐 G'oliblar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Konstitutsiyaning_31_yilligi
#Moddalar_sharhi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


⚡️Bugun ijod maktabining 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan huquqiy mashgʻulot tashkil etildi. Bunda pedagog tarbiyachi tomonidan bosh qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshgani va Konstitutsiya 65 foizga yangilangani haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.
⚡️Oʻquvchilar tomonidan 50-moddada belgilangan "Har kim taʼlim olish huquqiga ega. Maktabgacha taʼlim va tarbiya,umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir" soʻzlari sharhlandi.
Bundan tashqari ular 76-77-78-79-moddalarni ham izohladilar va oʻzaro fikr almashdilar.

Oʻtkazilgan mashgʻulot oʻquvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.


Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Forwarded from Турсуной Раҳмонбердиевна
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🔰Ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

➡️Ijod maktabimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan  "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" shiori ostida 9-sinf o'quvchilari tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ijod maktabi direktori Pokiza Axmedjanova ushbu bayram munosabati bilan barchaga samimiy tilaklarini bildirgan holda ochib berdi.

🔼Shuningdek, ushbu tadbirda O'zLiDep Sirdaryo viloyati kengashi rahbari Shoxista Bozorboyeva, Sirdaryo viloyati Guliston shahar adliya bo'limi bosh yurist-konsulti Jamshid Boirov, Sirdaryo viloyati Guliston shahar ma'muriy sud raisi To'rabek Qodirqulov ishtirok etib, bayram qatnashchilariga samimiy tabrik izhor etish bilan birgalikda Konstitutsiyamizga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar hayotimizda naqadar ahamiyatga ega ekanligi haqida ham nutq so'zladilar.

🟢Tadbirning badiiy qismida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyamizdagi qonunlar bilan bog'liq sahna ko'rinishlari va chiqishlar barchaga birdek manzur bo'ldi. Shu bilan bir qatorda Sirdaryo viloyati maqom ansambli va o'quvchilarimiz ijrosidagi Konstitutsiyamiz sharafiga yangragan she'rlar, kuy-qo'shiqlar va raqslar barchada takrorlanmas taassurotlar qoldirdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

📱Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 🎞YouTube
#Konstitutsiya_kelajagimiz_poydevori
#Viktorina


🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

📝Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎓Ijod maktabining 8-"B"o'quvchilari bilan "Konstitutsiya — adolat tayanchi" mavzusida viktorina bo'lib o'tdi. Dastlab tarbiyachi-pedagog konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlar va inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni barpo etish borasida konstitutsiyamizning o'rni yuksak ekanligini ta'kidladi.

💠O'quvchilar "Konstitutsiyani o'rganamiz" shiori ostida 2 guruhga bo'lindi: "Idrok" va "Humo".

📚Guruhlar konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlarning foizi va ahamiyati xususida, shuningdek qomusimizning yoshlarga hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari ustida bellashishdi.

🎖Natija: 15:12 bilan "Idrok" jamoasi g'olib bo'ldi.

🛫Bizni kuzatishda davom eting!   

🧩Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | | YouTube |