#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi psixolog lavozimiga tanlov eʼlon qiladi:
📝Talablar:
➖Oliy ma'lumotli psixolog (5 yildan ortiq ish tajribasiga ega);
➖O'z sohasi bo'yicha seminar, treninglarda faol ishtirok etgan bo'lishi;
➖O'z sohasi bo'yicha sertifikatlarga va turli yutuqlarga ega bo'lishi;
➖Ijod maktabimiz o'quvchilarining 97% qiz bola o'quvchilar bo'lganligi sababli ayol psixolog boʻlishi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.
✅Imkoniyatlar:
➖Ahil va professional jamoa;
➖Doimiy malakaviy oʻsish;
➖Iqtidorli oʻquvchilar;
➖Xalqaro konferensiya va treninglar;
➖Boshqa koʻplab imkoniyatlar.
📆 Nomzodlarning xujjatlari joriy yilning 9-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.
🎙Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞 +99898488385
Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, I.Karimov ko'chasi, 9-uy
🎰Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |

#Yangi_nom
#Ilk_qadam
YULDUZ
Osmondagi yulduz yorqin judayam,
Uni ko‘rgim kelar kechqurun har dam.
Faqat nuri ila menga der yulduz:
–Ko‘rolmaysan meni tong otgach, kunduz.
BAHOLAR
“Besh” bahodir – baholar shohi,
“To‘rt” ham olib qo‘yasan gohi.
“Uch”ga yaqin bormagin aslo,
Chunki “uch” – “ikki”lar o‘rtog‘i.
QUSHLAR
Qushlar, go‘zal uchasiz,
Osmonlarni quchasiz.
O‘zgarganda lek mavsum,
Qayerlarga ko‘chasiz?
Sizlar mohir uchuvchi,
Samalyotdan oshasiz.
Qish kelganda bilmayman,
Qay tomonga shoshasiz?
Ro‘zigul Yaxshiboyeva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinbf o‘quvchisi
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube

#Yosh_ijodkor
#Hikoya
JARIMA
…Avval hushtak ovozini eshitdi, keyin o‘zi tarafga qizil tayog‘ini o‘qtalgancha yugurayotgan DAN xodimiga ko‘zi tushdi. “Ufff”, – dedi u rulni kafti bilan asabiy urarkan. “Axir hech kim yo‘q edi-ku, endi aniq ishga kech qolaman”.
–Kapitan Ulug‘bekov, – chest bergancha dedi o‘rta yoshli, qorachadan kelgan va formasi o‘ziga xiyla torroq patrul xodimi. –Iltimos, hujjatlaringizni ko‘rsating.
U yana o‘sha asabiy holatda mashina tortmasidan hujjatlarni olib ko‘rsatarkan, qancha puli borligini xayolida chamalab oldi.
–Qizil chiroqda o‘tib ketdingiz. Menimcha, bu birinchisi emas-a? – dedi u hujjatlarni qaytarib berarkan quv ko‘zlari bilan.
–Kamandir, – dedi u yig‘lagandan battar holatda kularkan. –Bir safar kechirsa bo‘lar…
–O‘tgan safar ogohlantirgandim sizni, – dedi Ulug‘bekov. –Jarima yozaman, boshqa iloji yo‘q. Menga gap tegadi.
–Men o‘tayotgan payti zebrada hech kim yo‘q edi, – o‘zini oqlashga tushdi. –O‘lib ketay agar, hech kim yo‘q edi. Ishga kech qolmay deb, o‘tib ketgandim.
–Uzr, uka. Yozmasam, bo‘lmaydi. Tushuning men ham ishdagi odamman. So‘z bilan hal bo‘lmasligini tushungan haydovchi mashinadan tushdi va cho‘ntagidagi bor pulini (biroz achinish bilan) xodimning cho‘ntagiga soldi.
–Aka, bir safar yozmay tursangiz, rozi qilardik, – dedi qo‘lini ko‘ksida qovushtirgancha tirjayarkan.
–Yo‘q, yo‘q, unaqa qilmang. Ishdagi odamman, uka, – cho‘ntagini kovlay boshladi xodim.
–Ob qo‘yavering, akajonim. Bilamiz, sizlargayam osonmas. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay turasizlar.
Xodim noiloj ruchka va qog‘ozni ich cho‘ntagiga soldi. Haydovchi esa yana qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha u bilan quyuq xayrlashdi. Ishlariga omad tiladi.
…Mashina tezlik bilan ko‘zdan tobora uzoqroqqa ketarkan, Ulug‘bekovning ichini it tirnardi. “Esiz, bekor oldimda. Axir halol ishlayman deb, qasam ichgandim… Lekin… Oylik tushishiga yana bir hafta bor, uyda yog‘, un yo‘q. Qizimning kontrakti turibdi hali. Kreditimiz ham bor. Amal-taqal qilib, shu haftani o‘tkazvolsak… Oylik oshadi degan gaplar yuribdi. Oshirishmasayam, mayli. Non qimmatlashib ketadi…” Patrul xodimi shu o‘ylar bilan trotuar bo‘ylab yura boshladi. “Hozir buni olmasam, uydagilar och qolardi. Xudoyim, bandangni o‘zing kechir…”
Mashinadagi odam idora eshigidan kirishi bilan kotiba so‘z qotdi:
–Ish so‘rab kelishibdi, Tohir Akmalovich.
–O‘zingiz bilasiz-ku, bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini, – baqirdi u.
Kotiba unga yaqinroq kelib qulog‘iga bir nimalarni shipshidi. U esa boshini asabiy chayqab, xonasiga kirib ketdi. Birozdan keyin xonaga yoshi yigirma-yigirma uchlar atrofidagi yigit qo‘lida hujjat bilan kirib keldi. U bilan qo‘sh qo‘llab ko‘risharkan dedi:
–Bo‘limingizda bo‘sh o‘rin bor ekan. Ma’lumotim oliy. Agar ishga olsangiz, jon-jahdim bilan…
–Siz yanglish eshitgan ko‘rinasiz, uka, – dedi u iloji boricha muloyimlik bilan. –Bizda o‘rinlar to‘la. Kechirasiz. Bo‘shab qolsa sizga, albatta, xabar beramiz.
–Uzr, – yigit nim tabassum bilan stol ustiga oq konvert qo‘yarkan. –Akajonim, qiyin payti turib beradiganlardanmiz. Ishga olsangiz, afsuslanmaysiz…
Yigit hamon jilmayib turar, u esa o‘g‘lining kontrakt to‘lovi, bir dunyo to‘lanmagan kreditlari va yaqinda qizini uzatishi kerak ekanligini o‘ylardi…
Subhidam Abdulhamidova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi

#moliyaviy_savodxonlik
🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
➡️Bugun ijod maktabimiz o'quvchilari va Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi xodimi F.Madaminov hamda viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Q.Yuldashevlar ishtirokida 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan moliyaviy savodxonlik mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
🔼Suhbat davomida soha mutaxassislari va o'quvchilar o'zaro fikr almashdilar, qolaversa, moliyaviy savodxonlik bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lish bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan iste'molchilar huquqi va qonunlari bilan tanishib chiqib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🟢Bizni kuzatishda davom eting!
➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

#Konstitutsiya
🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Konstitutsiya - huquqlarim poydevori" mavzusida INSHOLAR TANLOVI o'tkazildi.
❇️ O‘quvchilar ijodiy ishlarida Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, Yangi Konstitutsiyadagi o'zgarishlarga o'z munosabatlarini ifoda etishdi.
✅ Tanlov natijasiga ko'ra:
🥇9-sinf o'quvchisi Rahmatillayeva Aziza;
🥈9-sinf o‘quvchisi Saidqulova Diyora;
🥉9-sinf o'quvchisi Murodova Jasmina faxrli o‘rinlarni qo'lga kiritishdi.
💐 G'oliblar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandilar.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube

#Konstitutsiya_bosh_qomusimiz
🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
📓 Ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan "Konstitutsiya— bosh qomusimiz" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.Ushbu suhbat davomida tarbiyachi pedagoglar N.Esonova va I.Abduraxmanovalar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib o'tildi.
Davra suhbati davomida oʻquvchilar bilan fikr almashildi hamda qo'shimcha ma'lumotlar oldi.
📌 Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻
| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |