Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

OTA

Ojizlik qiladi shoir qalami,
Tasvirlab berolmas otaning mehrin.
Mazmunga to'ladi umrning har dami,
Basharti his qilsang duosin sehrin.

Kuch bo'lar otaning aytgan so'zlari,
Otadek bo'lolmas hech zot dunyoda.
Senga umid bilan boqar ko'zlari,
Umidi kuchingni qilar ziyoda.

Bolam deb, kurashar hayot yo'lida,
To'siqlar oldida egmay boshini.
Horimas bolasin o'ylab o'yida,
Hech ham talab qilmas bergan oshini.


Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Ilk_qadam
#Yosh_ijodkor

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Ijod maktabi o‘quvchisi,  “Yosh ijodkorlar” adabiy to‘garagi a’zosi Nilufar Ismatillayevaning "OQ KEMANI KUTGAN OQKO'NGIL BOLA" nomli maqolasi “BOLALAR DUNYOSI” gazetasining 2023-yil 28-noyabr 22-sonida (547) chop etildi. 

💐Ijodkor o'quvchimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

ORZULAR ORTIDAN...

Menga orom bermas: dardkashim qalam,
Bu kecha ham qalbda ilhom kezadi.
She'rga aylanmoqda azaliy alam,
Buyuk kelajakni ko'nglim sezadi.

Ketarman yo'limga maqsadlar qo'yib,
Tashlarman orzular tomon qadamlar.
Yiqilar bo'lsam gar, yuragim o'yib,
Hech kim bo'lolmaysan, – deydi odamlar...

Yorug' kunlar kelar, yuragim sezar,
Olg'a intilaman ezgu niyatda.
Pisand qilmaganni shu she'rim ezar,
Bari hasadgo'ylar qolar uyatda.

Ijod og'ushida go'zal hayotim,
Menga orom bermas har lahza qalam.
Yurakni tinch qo'ymas shirin bayotim,
She'rga do'nayotir ayovsiz alam.

She'rga ko'nayotir mendagi olam...


Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

SOG‘INCH

Yurakda bir o‘kinch qiynaydi meni,
Bu qanday hisligin bilolmasman hech.
Ko‘rishni istayman, o‘ylasam seni,
Endi boray desam, bo‘lmadimi kech?

Ayirganda olis masofa bizni,
Unsiz ketdik qara turfa tomonlar.
Vaqt o‘tsa ham nahot ko‘rishmaymizmi?
Bag‘rim tilar sensiz o‘tgan har onlar.

Do‘stim, senga bordir dilda gaplarim,
Dardlarimni aytsam, eshitgin dildan.
So‘zlayman, deyman-u titrar lablarim,
Ayni damda seni sog‘indim chindan...


Zamira Ahmadova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘qituvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

KITOBIM...

Kitobim, jon kitobim,
Yonimdagi oftobim.
Sendan ilm olaman,
Kitobsevar bolaman.

Biz o’g’il-qiz bolalar,
Bog’dagi gul lolalar.
Kitobni do’st tutganmiz,
Duru gavhar yutganmiz.


Kamola Samandarova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

YULDUZ

Osmondagi yulduz yorqin judayam,
Uni ko‘rgim kelar kechqurun har dam.
Faqat nuri ila menga der yulduz:
–Ko‘rolmaysan meni tong otgach, kunduz.


BAHOLAR

“Besh” bahodir – baholar shohi,
“To‘rt” ham olib qo‘yasan gohi.
“Uch”ga yaqin bormagin aslo,
Chunki “uch” – “ikki”lar o‘rtog‘i.


QUSHLAR

Qushlar, go‘zal uchasiz,
Osmonlarni quchasiz.
O‘zgarganda lek mavsum,
Qayerlarga ko‘chasiz?

Sizlar mohir uchuvchi,
Samalyotdan oshasiz.
Qish kelganda bilmayman,
Qay tomonga shoshasiz?


Ro‘zigul Yaxshiboyeva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinbf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ilk_qadam

TONG

Bu kun yana sokin tong otdi,
Mayin boshin ko‘tarib oftob.
Butun olam ahlin uyg‘otdi,
Go‘zallashdi borliq ham shu tob...


©Iroda BERDIBEKOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I