Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#1_dekabr_OITSga_qarshi_kurash_kuni


🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

👩‍⚕️Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988-yildan buyon 1-dekabrda OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kun sifatida nishonlanib kelinadi.

🩺 Bugun ijod maktabining o’quvchilari uchun “OITS- XXI asr vabosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

☑️ Unda OITS markazi xodimi Qosimov Alisher va ijod maktabining shifokori Esanova Oltinoy hamda hamshirasi Hamidova Gulasal bu kunning maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan virusni yo‘q qilish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berib o'tdilar.

➡️ O'quvchilar kо‘nglidan joy olgan mazkur davra suhbati kelgusida ham davom ettirishga o'zaro kelishib olindi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

I Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I Youtube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

ORZULAR ORTIDAN...

Menga orom bermas: dardkashim qalam,
Bu kecha ham qalbda ilhom kezadi.
She'rga aylanmoqda azaliy alam,
Buyuk kelajakni ko'nglim sezadi.

Ketarman yo'limga maqsadlar qo'yib,
Tashlarman orzular tomon qadamlar.
Yiqilar bo'lsam gar, yuragim o'yib,
Hech kim bo'lolmaysan, – deydi odamlar...

Yorug' kunlar kelar, yuragim sezar,
Olg'a intilaman ezgu niyatda.
Pisand qilmaganni shu she'rim ezar,
Bari hasadgo'ylar qolar uyatda.

Ijod og'ushida go'zal hayotim,
Menga orom bermas har lahza qalam.
Yurakni tinch qo'ymas shirin bayotim,
She'rga do'nayotir ayovsiz alam.

She'rga ko'nayotir mendagi olam...


Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Xushxabar
#Germaniya

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o‘qituvchisi Husniddin Hayitning “WINTER”, “LANDSCAPE”, “NATURE” nomli she'rlari ijod maktabi o’quvchisi, “Yosh ijodkorlar” adabiy to’garagi a’zosi Odina Yo’chiyeva tarjimasida Germaniya davlatining “RAVEN CAGE” (ISSUE 85, 2023) jurnalida nashr etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Safar_ilhomlari

* * *
Oʻrnidan jiladi nihoyat poyezd,
Temir yoʻllarini boradi yutib.
Yaqinlarim yana koʻrish baxti-yu
Cheksiz hayajonim boryapman yutib.

Mana uzoqlashib ketyapman asta,
Nuqtaga aylangan tanish vokzaldan.
Yuragim tubida bir gʻashlik bormi?
Shunaqa edimmi yoxud azaldan?!

Kezinar xayolda qora koʻlanka,
Negadir baxtiyor emassan yurak.
Senga kunlaringni yil qilib kutgan
Suyganlaringdan oʻzga ne kerak?

Yoʻl yiroqlashgani sari tobora
Hijronim armonga borar aylanib.
Biroz oldin, aziz chehralar endi
Koʻrilmasligi borar anglanib.

Oʻzimga kelaman shoʻrxok tomchining
Yuzimni kuydirar qaynoq taftidan.
Bu nimasi yana koʻzlarim nammi?!
Yig‘lagim kelganga oʻxshar, aftidan...

Boqaman derazadan yana soʻngi bor,
Choʻllar ham koʻnglimdek huvillab qolgan.
Yuragim, ehtimol, olisda meni
Sogʻingan bir qalbning taftini olgan…


Izoh: O'quvchi almashish dasturi doirasida Xorazmda bo‘lgan Aziza Rahmatullayevaning poyezdda yozilgan dil kechinmalari.

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

SOG‘INCH

Yurakda bir o‘kinch qiynaydi meni,
Bu qanday hisligin bilolmasman hech.
Ko‘rishni istayman, o‘ylasam seni,
Endi boray desam, bo‘lmadimi kech?

Ayirganda olis masofa bizni,
Unsiz ketdik qara turfa tomonlar.
Vaqt o‘tsa ham nahot ko‘rishmaymizmi?
Bag‘rim tilar sensiz o‘tgan har onlar.

Do‘stim, senga bordir dilda gaplarim,
Dardlarimni aytsam, eshitgin dildan.
So‘zlayman, deyman-u titrar lablarim,
Ayni damda seni sog‘indim chindan...


Zamira Ahmadova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘qituvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

KITOBIM...

Kitobim, jon kitobim,
Yonimdagi oftobim.
Sendan ilm olaman,
Kitobsevar bolaman.

Biz o’g’il-qiz bolalar,
Bog’dagi gul lolalar.
Kitobni do’st tutganmiz,
Duru gavhar yutganmiz.


Kamola Samandarova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o’quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yosh_ijodkor

ONAM...

Poyingizga ta'zim qiladi dunyo,
Mehringiz issiqdir quyosh taftidan.
Ko'nglingiz qor kabi oppoqdir go'yo,
Ta'rifiga qalam hayron, aftidan...

Sizga gul terarman she'rlar bog'ida,
Dildagi hislarim qilarman bayon.
Kuyib-qovurilib hayot yog'ida,
Meni deb yashaysiz dunyoda har on.


Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Viloyat_fan_olimpiadasi
#ona_tili_va_adabiyot #tarix
#9_sinf #10_sinf #11_sinf_natijalar

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎉Ijod maktabimizning bir qator o'quvchilari fan olimpiadalarining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritmoqdalar.

📖Ona tili va adabiyot bo'yicha

9-sinf o'quvchilari:
2-o'rin: Eshqulova Dilnoza Umid qizi
3-o'rin: Mingboyeva Zulhayo Ulug'bek qizi

10-sinf o'quvchilari:
2-o'rin: Abdulhamidova Subhidam Rustamjon qizi
3-o'rin: Jabborova Dilnoza Ilyosjon qizi

11-sinf o'quvchilari
1-o'rin: Eshqulova Gulsanam Umidjon qizi
2-o'rin: Muhammadiyeva Nafosat G'anisher qizi

📚Tarix fani bo'yicha 11-sinf o'quvchilaridan:
3-o'rin: Ahmadqulova Vazira Solijon qizi

📝O'quvchilarimizni ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz va kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🔔Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jasurbek Mannonov
#1_dekabr_butunjahon_OITSga_qarshi_kurashish_kuni


🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💉Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "OITS XXI asr vabosi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

🔼Dars davomida oʻquvchilar OITS kasalligi haqida batafsil ma'lumotga ega boʻldilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔬Dars juda qiziqarli va mazmunli o'tdi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM