Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

⚡️"Konstitutsiya mening taqdirimda" videoroliklar tanlovi o'tkaziladi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan videoroliklar tanlovi o'tkaziladi.

Ushbu tanlovda viloyatimizdagi barcha o'quvchilar va o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

📝 Videorolikda yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yoritilishi hamda davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi lozim

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun olingan videoroliklar @sirdaryo_mmtb_bot ga yuboriladi. (1-dekabrdan 5-dekabr 23:59 gacha).

✔️ Gʻoliblar ovoz berish orqali aniqlanadi hamda diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” nomli insholar tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

🔹 Tanlov natijalariga koʻra, quyidagi ishtirokchilar gʻolib deb topilib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi:

1-oʻrin Usmonaliyeva Kamola – Xovos tumani 9-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

2-oʻrin Abdulhamidova Subhidam – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

3-oʻrin Abdunazarova Gulsanam - Boyovut tumani 38-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi.

🔸 Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi g‘olib ishtirokchilarni samimiy muborakbod etib, ularga tanlovning respublika bosqichida ham yuqori natijalarni qayd etishida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.


▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.iss.one/huquqiytargibot
#Yonğin_xavfsizligi_oyligi

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔥Ma'lumki, yurtimizda Mamlakatimiz bo'ylab 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yong'in xavfsizligi" oyligi deb e'lon qilinganligi munosabati bilan ijod maktabimizning 10- hamda 11-sinf o'quvchilari Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

🔼Ushbu tashrif davomida o'quvchilarimiz va o't o'chiruvchi xodimlar ishtirokida amaliy mashg'ulot o'tkazildi. Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan yong'inga qarshi kurash vositalari va usullari, binolarning qurilish konstruksiyalari, xonalarning joylashuv chizmalari hamda evakuatsiya yo’llarining holati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

🔔Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. "Mening konstitutsiyam 31 yoshda" shiori ostida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan birga "Konstitutsiya — kelajagim mash'ali"
mavzusida rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.O'quvchilar konstitutsiyaning ta'lim , tibbiyot va insonparvarlik g'oyalari aks etgan rasmlar chizishdi.

Tanlovda :
🥇Qarshiboyeva Sevinch
🥈Nurmamatova Mashhura
🥉Xamdamqulova Sabrina
faxrli o'rinlarni egalladi.

Mashg'ulotda o'quvchilar faol qatnashishdi va chizgan rasmlarida o'z huquqlariga befarq emasligini ifoda etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

🎰Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi psixolog lavozimiga tanlov eʼlon qiladi:

📝Talablar:
Oliy ma'lumotli psixolog (5 yildan ortiq ish tajribasiga ega);
O'z sohasi bo'yicha seminar, treninglarda faol ishtirok etgan bo'lishi;
O'z sohasi bo'yicha sertifikatlarga va turli yutuqlarga ega bo'lishi;
Ijod maktabimiz o'quvchilarining 97% qiz bola o'quvchilar bo'lganligi sababli ayol psixolog boʻlishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa koʻplab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning xujjatlari joriy yilning 9-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.

🎙Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞 +99898488385

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, I.Karimov ko'chasi, 9-uy

🎰Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |
#Yangi_nom
#Ilk_qadam

YULDUZ

Osmondagi yulduz yorqin judayam,
Uni ko‘rgim kelar kechqurun har dam.
Faqat nuri ila menga der yulduz:
–Ko‘rolmaysan meni tong otgach, kunduz.


BAHOLAR

“Besh” bahodir – baholar shohi,
“To‘rt” ham olib qo‘yasan gohi.
“Uch”ga yaqin bormagin aslo,
Chunki “uch” – “ikki”lar o‘rtog‘i.


QUSHLAR

Qushlar, go‘zal uchasiz,
Osmonlarni quchasiz.
O‘zgarganda lek mavsum,
Qayerlarga ko‘chasiz?

Sizlar mohir uchuvchi,
Samalyotdan oshasiz.
Qish kelganda bilmayman,
Qay tomonga shoshasiz?


Ro‘zigul Yaxshiboyeva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 7-sinbf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yosh_ijodkor
#Hikoya
JARIMA

…Avval hushtak ovozini eshitdi, keyin o‘zi tarafga qizil tayog‘ini o‘qtalgancha yugurayotgan DAN xodimiga ko‘zi tushdi. “Ufff”, – dedi u rulni kafti bilan asabiy urarkan. “Axir hech kim yo‘q edi-ku, endi aniq ishga kech qolaman”.
–Kapitan Ulug‘bekov, – chest bergancha dedi o‘rta yoshli, qorachadan kelgan va formasi o‘ziga xiyla torroq patrul xodimi. –Iltimos, hujjatlaringizni ko‘rsating.
U yana o‘sha asabiy holatda mashina tortmasidan hujjatlarni olib ko‘rsatarkan, qancha puli borligini xayolida chamalab oldi.
–Qizil chiroqda o‘tib ketdingiz. Menimcha, bu birinchisi emas-a? – dedi u hujjatlarni qaytarib berarkan quv ko‘zlari bilan.
–Kamandir, – dedi u yig‘lagandan battar holatda kularkan. –Bir safar kechirsa bo‘lar…
–O‘tgan safar ogohlantirgandim sizni, – dedi Ulug‘bekov. –Jarima yozaman, boshqa iloji yo‘q. Menga gap tegadi.
–Men o‘tayotgan payti zebrada hech kim yo‘q edi, – o‘zini oqlashga tushdi. –O‘lib ketay agar, hech kim yo‘q edi. Ishga kech qolmay deb, o‘tib ketgandim.
–Uzr, uka. Yozmasam, bo‘lmaydi. Tushuning men ham ishdagi odamman. So‘z bilan hal bo‘lmasligini tushungan haydovchi mashinadan tushdi va cho‘ntagidagi bor pulini (biroz achinish bilan) xodimning cho‘ntagiga soldi.
–Aka, bir safar yozmay tursangiz, rozi qilardik, – dedi qo‘lini ko‘ksida qovushtirgancha tirjayarkan.
–Yo‘q, yo‘q, unaqa qilmang. Ishdagi odamman, uka, – cho‘ntagini kovlay boshladi xodim.
–Ob qo‘yavering, akajonim. Bilamiz, sizlargayam osonmas. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay turasizlar.
Xodim noiloj ruchka va qog‘ozni ich cho‘ntagiga soldi. Haydovchi esa yana qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha u bilan quyuq xayrlashdi. Ishlariga omad tiladi.
…Mashina tezlik bilan ko‘zdan tobora uzoqroqqa ketarkan, Ulug‘bekovning ichini it tirnardi. “Esiz, bekor oldimda. Axir halol ishlayman deb, qasam ichgandim… Lekin… Oylik tushishiga yana bir hafta bor, uyda yog‘, un yo‘q. Qizimning kontrakti turibdi hali. Kreditimiz ham bor. Amal-taqal qilib, shu haftani o‘tkazvolsak… Oylik oshadi degan gaplar yuribdi. Oshirishmasayam, mayli. Non qimmatlashib ketadi…” Patrul xodimi shu o‘ylar bilan trotuar bo‘ylab yura boshladi. “Hozir buni olmasam, uydagilar och qolardi. Xudoyim, bandangni o‘zing kechir…”
Mashinadagi odam idora eshigidan kirishi bilan kotiba so‘z qotdi:
–Ish so‘rab kelishibdi, Tohir Akmalovich.
–O‘zingiz bilasiz-ku, bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini, – baqirdi u.
Kotiba unga yaqinroq kelib qulog‘iga bir nimalarni shipshidi. U esa boshini asabiy chayqab, xonasiga kirib ketdi. Birozdan keyin xonaga yoshi yigirma-yigirma uchlar atrofidagi yigit qo‘lida hujjat bilan kirib keldi. U bilan qo‘sh qo‘llab ko‘risharkan dedi:
–Bo‘limingizda bo‘sh o‘rin bor ekan. Ma’lumotim oliy. Agar ishga olsangiz, jon-jahdim bilan…
–Siz yanglish eshitgan ko‘rinasiz, uka, – dedi u iloji boricha muloyimlik bilan. –Bizda o‘rinlar to‘la. Kechirasiz. Bo‘shab qolsa sizga, albatta, xabar beramiz.
–Uzr, – yigit nim tabassum bilan stol ustiga oq konvert qo‘yarkan. –Akajonim, qiyin payti turib beradiganlardanmiz. Ishga olsangiz, afsuslanmaysiz…
Yigit hamon jilmayib turar, u esa o‘g‘lining kontrakt to‘lovi, bir dunyo to‘lanmagan kreditlari va yaqinda qizini uzatishi kerak ekanligini o‘ylardi…

Subhidam Abdulhamidova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube