Huquqiy axborot | Lotin
6.5K subscribers
4.01K photos
524 videos
2 files
9K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi kompensasiyalar to'lanadi:

🔹xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so'm) miqdorda;

🔹xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha (1 mln 700 ming so'm) miqdorda;

🔹yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha (680 ming so'm) miqdorda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2024-yil 1-iyundan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari yuqoridagicha belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🗓 Qonunchilikka ko'ra, foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha oylik ma'lumot “bazaviy me'yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste'molchilarga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.


🔘Bunda:

🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

🔸mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila a'zolarini bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish;

🔸mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam ko'rsatish amaliyoti.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

🔘Bunda:

ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, aholi uchun raqamli xizmatlardan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, respublika hududidagi yashil hudud, bog' va jamoat parklari haqida axborot beruvchi maxsus portal ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tun-u kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

🏪Bunda birlamchi ko'mak xonalarida:

🔸jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi;

🔸shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

▶️ Qonunchilikka ko'ra, MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

✔️ Shuningdek, yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin