Huquqiy axborot | Lotin
6.56K subscribers
4.06K photos
536 videos
2 files
9.1K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2022_yil_1_avgustdan

“Tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni rag'batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

▫️mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo'yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to'g'ridan-to'g'ri imzolash huquqi beriladi;
▫️ustav fondida 50 va undan ko'p foiz davlat ulushi bor xo'jalik jamiyatlarida foyda solig'ini to'lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi. Bunda:

mablag'lar “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo'naltiriladi;
Jamg'arma mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

🔰Bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan tuman darajasidagi quyidagi idoralarga yuridik xizmat ko'rsatiladi:

▫️ mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi;
▫️ qishloq xo'jaligi bo'limi;
▫️ turizm va madaniy meros bo'limi;
▫️ sportni rivojlantirish bo'limi;
▫️ oila va xotin-qizlar bo'limi;
▫️ davlat soliq inspeksiyasi;
▫️ aholi bandligiga ko'maklashish markazi;
▫️ davlat umumiy o'rta ta'lim maktablari;
▫️ davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
▫️ davlat ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

☑️ Quyidagi tekshirish va o'rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

▫️sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo'llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni o'rganish va tekshirish;

▫️Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro'yxatidan o'tkazishda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash bo'yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi.

🔰 Bunda:

🔹hududda ortiqcha vazndan xalos bo'lish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish bo'yicha ko'rsatkichlar asosiy mezonlar bo'ladi;

🔹 har 6 oyda ijobiy ko'rsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari rag'batlantiriladi hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan tibbiyot muassasasi mukofot va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

📲 Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo'shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.

🔹 Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo'yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

🔹shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko'ra DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YIDXPning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

💰Hukumat qarori bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga subsidiya ajratishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlangan.

📝 Reglamentga ko'ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🗓 Subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun – 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili – 10-yanvardan qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_avgustdan

▫️Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi. BATAFSIL

▫️Nogironligi bo'lgan yoshlarga 15 mln so'mgacha miqdorda subsidiya ajratish uchun ariza qabul qilish boshlanadi. BATAFSIL

▫️Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi. BATAFSIL

▫️Oilaviy shifokor punktlarining ish samaradorligini baholash bo'yicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi. BATAFSIL

▫️Intellektual mulk obyektlariga oid ayrim tekshiruvlar "Sanoat mulki muhofazasi portali” orqali amalga oshiriladi. BATAFSIL

▫️Maktablar va bog'chalarga ham Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. BATAFSIL

▫️Mahalliy innovatsion tovarlarni sotish bo'yicha davlat organlari bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi. BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin