Huquqiy axborot | Lotin
6.34K subscribers
3.81K photos
369 videos
2 files
8.42K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, yonilg'i quyilayotgan transport vositasi bilan undan keyingi transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 metr, navbatda turgan keyingi avtomobillar o'rtasida esa kamida 1 metr oraliq masofa bo'lishi kerak.

☑️ Shuningdek, har bir transport vositasi shoxobcha hududidan chiqib ketish va harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (170 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun hukumat xorijda taʼlim olish uchun investitsiya kiritmoqda?

Adliya vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda El-yurt umidi podkastini taqdim etadi.

Podkastning ilk sonida xorijda taʼlim uchun muntazam kiritilayotgan investitsiya, xorijiy tajribani Oʻzbekistonda amaliyotga tatbiq etishdagi kamchiliklar, Oʻzbekistonga qaytgan jamgʻarma stipendiatlariga yuklatilgan vazifalar hamda boshqa dolzarb va yoshlarni qiziqtirgan mavzular haqida soʻz bordi.

Toʻliq video: 👉 https://youtu.be/qtyVWpvG62E

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

⚠️ Mazkur huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2024 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratilishi belgilangan:

🔹33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;

🔹ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

🔹yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;

🔹10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida 3 nafar bo'lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to'laydilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, o'zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'lishiga bog'liq bo'lsa taqiqlanadi.

⚠️ Mazkur qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Iste'molchi ko'chmas mulkni olgandan e'tiboran 2 yil mobaynida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, “Xorijda ish” mehnat migrasiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi kompensasiyalar to'lanadi:

🔹xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha (1 mln 20 ming so'm) miqdorda;

🔹xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha (1 mln 700 ming so'm) miqdorda;

🔹yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha (680 ming so'm) miqdorda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2024-yil 1-iyundan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari yuqoridagicha belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

🚫 Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, haydovchiga tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari yonmaydigan, yomg'ir yoki qor yog'ayotgan vaqtda oyna tozalagichi ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyundan

🗓 Qonunchilikka ko'ra, foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha oylik ma'lumot “bazaviy me'yor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste'molchilarga yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo'ysunishi tushuniladi.

📝 Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.

📋 Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM