Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.72K photos
272 videos
2 files
8.11K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Shtat qisqarishi natijasida xodimni ishdan bo'shatishdan avval unga boshqa ish taklif qilinishi kerak

🔰 Xodim ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatilganda ishdan bo'shatish asoslangan bo'lishi kerak, YAngi Mehnat kodeksida quyidagi sabablar bo'lsa, ishdan bo'shatish asosli deb topilishi belgilangan:

🔸 korxona tugatilganligi (ta'sischilar yoki vakolatli organ qarori asosida);
🔸 texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishi, ishlar hajmining qisqarishi oqibatida xodimlar soni yoki shtat o'zgarganligi;
🔸 xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi;
🔸 xodim o'z mehnat majburiyatlarini muntazam buzganligi;

Mehnat majburiyatini muntazam buzish deganda xodim avval intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoki qandaydir boshqa ta'sir chora qo'llanilgandan keyin 1 yilda yana takroran intizomiy nojo'ya harakat sodir etishi tushuniladi.

🔸 xodim mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzganligi.

Mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol buzish holatlari (masalan, ishga 1 soat kech kelish, spirtli ichimliklar ichib kelish, korxona mulkiga qasddan zarar yetkazish va h.k.) aniq belgilangan bo'lishi kerak, mazkur holatlar ichki mehnat tartibi qoidalarida, mehnat shartnomasida intizom to'g'risidagi ustavlar hamda nizomlarda belgilanadi.

🔸Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan boshqa sabablar (asoslar).

Xodim shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli bo'lmagani uchun ishdan bo'shatilayotganda, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq boshqa ishga o'tkazishni, bunday ish bo'lmaganda esa ish beruvchida mavjud bo'lgan boshqa har qanday ishni taklif etishi shart.

➡️ Xodim taklif etilgan ishni rad etsa, ish beruvchida boshqa ish bo'lmasa, shundan so'ng xodim ishdan bo'shatiladi.

⚠️ Kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda grantda o'qigan OTM bitiruvchilari o'qishni tugatganidan 3 yilda birinchi bor ishga kirganda ularni ish beruvchi tashabbusi bilan 3 yil ichida ishdan bo'shatish mehnat organlarini xabardor qilish bilan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Yengil sanoat korxonalari xodimlari maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta'minlashi lozim.

📌 Shuningdek, turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 37-moddasi: “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”.

Davlat xizmatiga kirishda teng huquqlilik – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, boshqa barcha davlat organlarida xizmatiga kiruvchi fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi tushuniladi.

Bu davlat xizmatiga kirishda nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanishi orqali amalga oshiriladi.

“Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunning 28-moddasida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish bilan bog'liq cheklovlar belgilangan. Unga ko'ra, quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi:

▫️18 yoshga to'lmaganlar;
▫️sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
▫️sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
▫️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
▫️og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
▫️tibbiy xulosaga asosan sog'lig'ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.

Video: https://youtu.be/WYyfnaYVl4w

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Mas'ul vazirlik va idoralar halok bo'lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a'zolari uchun ularning murojaatlariga asosan quyidagilarni ta'minlashi lozim:

🔹O'zbekistondagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog'lomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sog'lomlashtirish;

🔹shifokorlarning reseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;

🔹og'ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo'lganlarga shifokorlarning reseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha bo'lgan summasini kompensasiya qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo'shatish mumkin emas

🚫 Ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo'shatishi mumkin emas:

1️⃣ Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda belgilanmagan asoslar bilan;

2️⃣ kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);

3️⃣ xodim “bolnichniy”da bo'lganda (ya'ni, kasal bo'lganda), har qanday “otpusk” (ta'til)ga chiqqanida;

4️⃣ xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

5️⃣ xodim xizmat safarida bo'lganda;

6️⃣ homilador ayollar homiladorlik davrida.

⚠️ Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo'pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo'shatish mumkin. SHtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo'shatish mumkin emas.

Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo'llanilmaydi, ya'ni xodim “bolnichniyda”, ta'tilda, xizmat safarida bo'lganda yoki homilador bo'lganda ham ishdan bo'shatilaveradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ro'yxatiga kiritilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi.

🚫 Bemorga retseptli dorilarni retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi.

❗️Dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va 1 oy davomida video-yozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

➡️ Mazkur talabning muntazam bir yil davomida bir martadan ko'p buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 38-moddasi: “Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”.

Ushbu moddada fuqarolarga ijtimoiy faolliklarini ommaviy tadbirlar, xususan mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o'tkazish qoidalari tasdiqlangan.

Mazkur qoida bilan O'zbekiston hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish hamda ularning ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o'tkazish obyektlari ma'muriyatlarining, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya bo'linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o'tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta'minlash bo'yicha o'zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlari tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/dxsbighfFBQ

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Talabalar o'qishini ko'chirishi uchun arizalar 5-avgustga qadar quyidagi platformalar orqali qabul qilinadi:

▫️davlat oliy ta'lim muassasalariaro – transfer.edu.uz orqali;
▫️xorijiy va nodavlat OTMlaridan – my.uzbmb.uz orqali.

🔰 Davlat oliy ta'lim muassasasining biridan ikkinchisiga o'qishni ko'chirishga quyidagi 2 holatdagina ruxsat beriladi:

1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta'lim muassasasiga o'qishini ko'chirish uchun murojaat qilganda;

2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o'zgargan taqdirda uning turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandi o'qishini ko'chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🚫 Jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida xodimni ish beruvchi tomonidan ishdan bo'shatishda kasaba uyushmasining roziligini olish belgilangan bo'lsa, kasaba uyushmasi roziligisiz xodimni ishdan bo'shatish mumkin emas.

Quyidagi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi talab qilinmaydi:

🔹korxona tugatilganda;

🔹ish beruvchi ishdan bo'shatishi mumkin bo'lgan istalgan asos bilan tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo'linma rahbarini ishdan bo'shatishda;

🔹tashkilot mulkdori o'zgarganda tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini ishdan bo'shatishda, bunda mulkor tashkilotni o'ziga mulk qilib olgandan keyin 3 oyda ularni ishdan bo'shatishga yo'l qo'yiladi.

📝 Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni ko'rib chiqib xulosa beradi, xulosa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan bo'shatib bo'lmaydi. O'z vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo'shatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Sababsiz signal berish 330 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi

☑️ Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:

🔹aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun;
🔹zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun.

🚫 Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Tovush signalini sababsiz berish 330 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4 mln 950 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 39-moddasi: “O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”.

Fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etishi eng asosiy siyosiy huquqlardan hisoblanadi.

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o'z faoliyati yoki o'qishi turi bo'yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o'z ustavi asosida faoliyat ko'rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.

Siyosiy partiya – O'zbekiston fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasi.

Jamoat birlashmasi – o'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma.

Video: https://youtu.be/9iJWki6RSQc

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi sudlarga murojaat qilganda boj to'lamaydi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O'RQ–855, 13.07.2023 y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

🔰Kiritilgan o'zgartish va qo'shimchaga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma'muriy sudlarga murojaat qilish chog'ida davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.

📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

🔰 Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:

🔹tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;

🔹stasionar o'ringa ega bo'lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo'lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;

🔹stasionar o'ringa ega bo'lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo'limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hisob palatasi har chorakda o'z faoliyati to'g'risida jamoatchilikka hisobot berib boradi

“O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun (O'RQ–856, 17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:

➡️ Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

🔰Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Hisob palatasi:

🔹moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

🔹nazorat tadbirlari natijalari bo'yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni har chorak yakunlariga ko'ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o'z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni o'z ichiga olgan ma'lumotlar mustasno;

🔹har chorakda kamida bir marta o'z faoliyati to'g'risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.

☑️ Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to'lanadi

Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan bo'shatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan bo'shatish haqida ogohlantirishi shart:

🔸tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar o'zgarganda – kamida 2 oy oldin (ya'ni, 2 oydan ko'proq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.k);

🔸tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va alohida bo'linma rahbari mulkdor o'zgarganligi uchun ishdan bo'shatilganida – kamida 2 oy oldin;

🔸xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli bo'shatilganda – kamida 2 hafta oldin;

🔸xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan bo'shatilganda – kamida 3 kun oldin.

🔘 Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:

🔸mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat o'zgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli bo'lmaganida kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda 1 kun oldin;

Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.

🔸vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat o'zgarganda xodim malakasi yetarli bo'lmaganda kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda kamida 1 kun oldin.

⚠️ Ikki oygacha bo'lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo'lgan shaxslardir.

📝 Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qo'ydirib amalga oshiriladi.

Ogohlantirish muddati pulli kompensasiya bilan almashtirilishi mumkin.

☑️ Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim o'zining aybi bilan ishdan bo'shatilganda berilmaydi.

➡️ Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal bo'lgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yo'q.

📌 Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat a'zosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi, bu ishlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 40-moddasi: “Har kim bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart”.

Murojaat qilishi huquqi har bir shaxsga tegishli, uni jamoaviy shaklda ham amalga oshirish mumkin.

Ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

Taklif – davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o'z ichiga olgan murojaat.

Shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to'g'risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Murojaatlarni ko'rib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.

Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.

Video: https://youtu.be/MVFuxQOYD7w

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O'zbekiston futbol assosiasiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–857, 18.07.2023 y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo'shimcha kiritildi

🔰Shunga ko'ra, 2026 yil 1 yanvargacha O'zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo'linmalari, “O'zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O'zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etiladi:

🔹barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);

🔹o'zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to'lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini;

🔹O'zbekistonga olib kiriladigan, O'zbekistonda o'xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun'iy o'tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo'shilgan qiymat solig'ini.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilar tomonidan yoshidan qat'i nazar farzandlarining O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishlari uchun yo'naltiriladigan to'lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin