Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.72K photos
270 videos
2 files
8.1K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Kasanachilar, pillachilik uy xo'jaliklari hamda fermer xo'jaliklariga ipak qurti urug'i va uni parvarish bilan bog'liq resurslar, jumladan to'shama qog'oz, termometr, polietilen plyonka, psixirometr (inkubatoriyalar uchun) va boshqa zaruriy resurslar pillachilik klasterlari tomonidan bepul beriladi;

▶️ Shuningdek maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg'ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so'mdan, ammo 120 million so'mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 34-moddasida “Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o'z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta'minlashi shart”, deb belgilangan.

Fuqarolarning davlat bilan o'zaro aloqalar jarayoni turli xil ma'muriy aktlar bilan kechadi. Ma'muriy aktlar turli ko'rinishdagi hujjatlar yoki harakat shaklida bo'lishi mumkin.

Ayni shu jarayonlarda har bir shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar bilan tanishishi uning konstitusiyaviy huquqi hisoblanadi.

Mazkur modda bilan fuqarolarga o'zlariga kerakli hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish majburiyati davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga yuklatilmoqda.

Video: https://youtu.be/7LK-07hkrlI

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi

“Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–216-son, 07.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-sentabrdan:

🔸oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda lisenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;

🔸oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.

“Agrobank” ATBning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubasion markazlar, Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligining hududiy bo'linmalari, shuningdek, o'simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

🏫 Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta'lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.

➡️ Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan mustaqil nodavlat umumta'lim muassasasi hisoblanadi.

🗓 Xalqaro maktabga o'quvchilar 2023/2024-o'quv yilidan
1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.

🔰 Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:

▫️Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

▫️idoralararo Qishloq xo'jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence);

▫️ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo'yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;

▫️qishloq xo'jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;

▫️Dala ekinlari urug'chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🗓 2023-yil 31-dekabrgacha chekka qishloq va tog'li joylarda oilaviy mehmon uylari tashkil qilish xarajatlarining 30% gacha, lekin 10 million so'mdan oshmagan miqdorda, kamida 5 yil davomida faoliyat olib borish hamda belgilangan tartibda tashrif buyuruvchilarni avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturga kiritib borish sharti bilan kompensasiya qilib beriladi.

➡️ Kompensasiya Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Bolalarning cho'milishidan oldin plyajni quyidagi tarzda tayyorlash zarur:

🔹 plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish;

🔹 guruh cho'milishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirg'og'i chetlarini rangli qirg'oq bayroqchalari yoki yaxlit to'siq (fal) bilan belgilash;

🔹 cho'milish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, buylar, suvda qalqib turuvchi to'siqlar bilan belgilash;

🔹 taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qo'yish;

🔹 bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari bo'yicha yo'l-yo'riqlar berish;

🔹 qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi kerak.

⚠️ Cho'milish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda cho'milayotgan bolalarning yonida turishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqiy_axborot_minbari

“Mehnat intizomi” mavzusida ekspert bilan suhbat o'tkaziladi

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz“ huquqiy aksiyasi doirasida “Mehnat intizomi” mavzusida ekspert bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 12-iyul kuni soat 17:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikeri: Muhammadamin Karimjonov Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimi.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan-to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

⚠️ Suhbatning o'tgan sonlarini quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:

▫️2-iyundagi soni | ▫️9-iyundagi soni |▫️16-iyundagi soni |
▫️21-iyundagi soni |▫️7-iyuldagi soni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb belgilangan.

Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan huquqidir.

Fuqarolarning mazkur konstitusiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga ko'ra, fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.

Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Video: https://youtu.be/VNOZElY3cMg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo'lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to'lovidan 2027 yil 1 oktabrgacha ozod etilishi belgilangan.

📌Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Prezident qarori (PQ–218-son, 10.07.2023 y.) bilan Baxodir Ganjievich Abdikarimov O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqadi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

▶️ Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartishlar kiritildi.

📌 Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik liseylari bitiruvchilariga OHTMga o'qishga kirishda Bilimni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlarida o'zlari to'plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo'shimcha ballar ko'rinishida imtiyoz berilishi belgilangan.

▶️ Shuningdek, "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik liseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida "Temurbeklar maktabi" bo'lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo'yicha OHTMga test sinovlarisiz o'qishga kirish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Ishdan bo'shashning umumiy asoslari

Yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish, ya'ni ishdan bo'shatishning bir qator asoslari sanab o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

🔸 xodim va ish beruvchi kelishuvi bo'yicha;

🔸 mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo'shash;

🔸 xodim o'z xohishi bilan ishdan bo'shashi;

🔸 ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo'shatish;

🔸 tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo'ysunuvi o'zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

🔸 xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

🔸 xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko'chishni rad etishi;

🔸 tibbiy xulosaga ko'ra xodim sog'lig'iga to'g'ri keladigan boshqa ishga o'tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo'lmagan taqdirda;

🔸 xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha;

🔸 yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o'tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo'yicha;

🔸alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo'shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo'yicha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim ta'lim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik san'ati” yo'nalishi ochiladi

“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

🔹Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san'ati markazi;

🔹har yili so'z ustalari va qiziqchilar o'rtasida “Xush kayfiyat” respublika ko'rik-tanlovi;

🔹har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali.

▶️ Shuningdek, har yili kamida 25 ta audiovizual asar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi.

Bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlari BHMning 50 baravari (16 mln 650 ming so'm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🏢 Davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba o'z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

🔢 Bundan tashqari:

▫️askiya va qiziqchilik san'ati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

▫️ushbu qarorda belgilangan tartibda o'zining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming so'm) miqdorida qo'shimcha rag'batlantirib boriladi;

▫️mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.

📝 2024/2025 o'quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabida “Askiya va qiziqchilik san'ati” yo'nalishi ochiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Muddatli mehnat shartnomasi muddat tugashi bilan bekor qilinmasa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi

Mehnat shartnomasi istalgan vaqtda ish beruvchi va xodim kelishuviga ko'ra ular belgilagan kundan boshlab bekor qilinishi mumkin.

📝 Bunda ish beruvchi va xodim o'rtasida mehnat shartnomasiga yozma shaklda qo'shimcha kelishuv tuziladi.

Mazkur kelishuvda shartnoma bekor qilinadigan sana, kelishuv tuzilgan sana hamda ish beruvchi va xodimga oid ma'lumotlar ko'rsatiladi. Kelishuvda sharnoma bekor bo'ladigan sana sifatida istalgan muddat ko'satilishi mumkin, masalan muddat bir necha kun, oy, yil bo'lishi mumkin.

Muddatli mehnat shartnomasi esa unda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan bekor qilinadi.

🗓 Mehnat shartnomasidagi muddat tugaganidan keyin shartnomani bekor qilish niyatida bo'lgan taraf, ya'ni xodim yoki ish beruvchi bir-birini kamida 3 kun oldin yozma ogohlantirishi kerak.

Masalan, shartnoma muddati 10 iyulda tugashi belgilangan bo'lsa, uni bekor qilishni ish beruvchi istasa, ish beruvchi xodimni 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak. Aksincha, xodim ishdan bo'shashni istasa, ish beruvchini 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak.

❗️Bu qoida, xodim ish o'rni, lavozimi saqlanayotgan boshqa xodim o'rniga ishga olinganda qo'llanilmaydi, bunda mehnat shartnomasi ish joyi saqlanayotgan xodim ishga chiqqan paytdan boshlab bekor qilinadi.

Masalan, xodim “dekret”ga chiqqan boshqa xodimning o'rniga ishga olinganda, “dekret”dagi xodim ishga qaytishi bilan shartnoma bekor bo'ladi.

☑️ Mehnat shartnomasi muddati tugaganidan keyin 1 haftada ish beruvchi ham, xodim ham sharnomani bekor qilishni talab qilmasa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Endi uni “muddati tugashi munosabati bilan” degan asos bilan bekor qilib bo'lmaydi.

➡️ Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda shartnomada ish beruvchi yoki xodim neustoyka to'lashi belgilanishi mumkin.

⚠️ Neustoyka – shartnoma sharti bajarilmaganida to'lanadigan pul summasi.

📁 Bunda, shartnoma ish beruvchi tomonidan xodimning aybisiz bekor qilinganda, ish beruvchi xodimga neustoyka to'laydi, aksincha bo'lsa, ya'ni xodim tashabbusi yoki aybi bilan shartnoma bekor bo'lsa, xodim neustoyka to'laydi.

Eslatma: neustoyka faqat shartnomada ko'rsatilgan bo'lsagina to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o'tkaziladi

“Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 12.07.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yil Xivada:

▫️martda “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;
▫️may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o'tkaziladi.

🗓 2023–2024-yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

🔹“Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;

🔹Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;

🔹“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

☑️ Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o'zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo'llanma ishlab chiqiladi.

📌 2023-yil oktabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo'ylab infotur tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Itlar ochiq joylarda sayr qildirilganda va turar joy binolarida itlarning egalari tinchlik saqlanishini ta'minlashlari – ertalab soat 8.00 gacha va kechqurun 22.00 dan keyin itlarning vovillashining oldini olishlari kerak.

🦮 It ochiq joylarda sayr qildirilganda tumshuqbog'da va 2 metrgacha uzunlikdagi yetovda, jamoat joylarida 1 metrgacha uzunlikdagi yetovda bo'lishi kerak.

☑️ It va mushuk boqish qoidalarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ish haqini natura shaklida to'lash tartibi belgilandi

“Ish haqini natura shaklida to'lashni tartibga solish to'g'risida” gi Hukumat qarori (286–son, 13.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, mehnatga natura shaklida haq to'lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:

🔹xodim yoki uning oilasi iste'moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

🔹o'ziga xizmat ko'rsatilishi va uy xo'jaligini yuritishda ko'maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta'minlash shaklida hisob-kitob qilish.

📁Shuningdek, ish haqini natura shaklida to'lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko'rsatiladi.

Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas.

Xodimning yozma roziligidan qat'i nazar uning ish haqidan:

▫️50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to'lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas;

▫️50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to'lash taqiqlanadi.

🚫 Ish haqini natura shaklida to'lashda quyidagilar taqiqlanadi:

xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to'lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan oz bo'lganda, ish haqini natura shaklida to'lash;

qishloq xo'jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o'simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o'simlik va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to'lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (287-son, 13.07.2023 y.) bilan “Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi namunaviy nizom tasdiqlandi

Qarorga ko'ra, vaxta usulida ishlashni quyidagi holatlarda qo'llash mumkin:

▫️o'rmon xo'jaligi, geologiya-qidiruv, aloqa va temir yo'l transporti tashkilotlarida;

▫️qurilish-montaj, shuningdek, rekonstruksiya-ta'mirlash ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkilotlarida;

▫️energetika obyektlaridan foydalanishda (ekspluatatsiya qilishda);

▫️neft va gaz sanoati obyektlarida, shu jumladan, quvur o'tkazuvchi, xizmat ko'rsatuvchi va ta'mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;

▫️rangli va qimmatbaho metallar, ko'mir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini o'zlashtirishda;

▫️vaxta usuli qo'llangan tashkilotlar xodimlariga xizmat ko'rsatayotgan tibbiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;

▫️avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.

Vaxta usulida ishlarni tashkil etish bilan bog'liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.

🚫 Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:

🔹18 yoshgacha bo'lgan xodimlar;
🔹homilador ayollar;
🔹3 yoshgacha bo'lgan farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biri (vasiy);
🔹tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko'rsatmalar bo'lgan shaxslar.

➡️ Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar transport, savdo-maishiy xizmatlar hamda kuniga uch mahal issiq ovqat bilan markazlashgan holda ta'minlanadi va ularning ovqatlanishi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.

Bunda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.

📌 Vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga mehnat ta'tili vaxta smenasi oralig'idagi dam olish vaqtida berilishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo'shgan "To'maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari a'zolari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'ining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining oliy ta'lim muassasalariga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o'qishga kirishi mumkin.

📝 Bunda tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko'p bo'lsa, ularni o'qishga qabul qilish tanlov natijalari bo'yicha to'plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin