Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
341 videos
2 files
8.34K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 12-moddasida: “O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas”, deb belgilangan.

Jamiyatdagi xilma-xillik ijtimoiy munosabatlarda va barqaror rivojlanishda muhim omil hisoblanadi.

Konstitusiyada mafkura va fikrlarning xilma-xilligining belgilanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir.

Jamiyatda turli xil qarashlar, mafkuralar mavjud, masalan axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy. Ularning hech biri davlat mafkurasi sifatida o'rnatilmaydi.

Bu qoida har kimning fikr erkinligi huquqiga ega ekanligining asoslaridan biri hisoblanadi.

Video: https://youtu.be/nGGS59SP7cQ

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yengil avtotransportlarni olib kirishda bojxona bojlari kamaytiriladi

"Aholining yengil avtotransport vositalariga bo'lgan ehtiyojini qondirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2026 yil 1 yanvargacha, O'zbekiston bojxona chegarasini kesib o'tish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransportlarni (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qo'llaniladi:

🔹 dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

🔹 dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransportlar uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Shunga ko'ra, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo'lgan avtomobillar uchun bojxona to'lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo'lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ijtimoiy dorixonalar tomonidan ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10 foizidan ortiq bo'lmagan cheklangan savdo ustamasi ko'llanilgan holda chakana sotiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to‘lashi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–847-son, 16.06.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.

Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan.

➡️ Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lishi uchun o'rganuvchi o'quv muddati yakunida:

🔹"A" toifasi uchun — 16 yoshga;
🔹"B" va "C" toifalari uchun — 18 yoshga;
🔹"BE" va "CE" toifalari uchun — 19 yoshga;
🔹"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
#Adliya_xabari

⚡️Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

🔹bakalavriat
bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

🔹magistratura
bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

🗓 Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

1️⃣ kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:

▫️fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
▫️ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
▫️ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
▫️jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;

2️⃣ ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;

3️⃣ o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

4️⃣ Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

📝 Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

🗓 Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno).

⚖️ Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi.

💰Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”, deb ta’kidlangan.

Demokratiyaning umume’tirof etilgan prinsiplari bo‘lib, O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, unda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat ekanligi mustahkamlangan.

Eng oliy qadriyat sifatida inson va uning huquqlari deb e’tirof etilishi Konstitutsiyaning barcha normalari inson va uning huquqlari uchun xizmat qilishini anglatadi.

Konstitutsiya va qonunlar bevosita fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlaydi.

Video: https://youtu.be/lC15WLhx1Us

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

➡️ Tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun tug‘ish ta’tili beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️12 yoshgacha bolalarning ota-onalar nazoratisiz cho'milishi taqiqlanadi

🚫 Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar
taqiqlanadi:

🔹 taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho'milish taqiqlanadi!”, “Sho'ng'ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so'zlari yozilgan joylarda cho'milish va suvga sakrash;
🔹 to'sish belgilaridan o'tib suzish;
🔹 motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o'lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
🔹 texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto'siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
🔹 sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma'lum bo'lgan joylarda suvga sakrash;
🔹 alkogolli mahsulotlarni iste'mol qilish va mast holatda cho'milish;
🔹 suvda sho'ng'ish va cho'miluvchilarni ushlab olish bilan bog'liq o'yinlarni tashkil etish;
🔹 yolg'on trevoga signali berish;
🔹 voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
🔹 suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
🔹 plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o'lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
🔹 kuchuklar va boshqa hayvonlarni o'zi bilan olib kelish, cho'miltirish, sayr qildirish;
🔹 suv havzalarini iflos qilish, qirg'oqda axlatlarni qoldirish;
🔹 12 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho'milishi;
🔹 shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko'mish;
🔹 ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
🔹 tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo'lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
🔹 qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 14-moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi”, deb belgilangan.

Barqaror rivojlanish deganda – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirish, adolatli va barqaror jamiyat qurish tushuniladi.

Qonuniylik – jamiyatdagi barcha munosabatlar qonuniy asoslar bilan hal qilinishini anglatadi.

Ijtimoiy adolat prinsipi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini bildiradi.

Ijtimoiy birdamlik – ijtimoiy davlatning muhim belgisi sifatida jamiyatni birlashtiradigan va mustahkamlaydigan, insonlarni umumiy maqsad yo‘lida safarbar qiluvchi, insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan munosabatlar, jamiyatni birgalikda rivojlantirish prinsipidir.

Video: https://youtu.be/Da7T62VLa7Q

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

Qonunchilikka ko'ra:

🔹sportchi identifikasiya kartalari uchun to'lovlar miqdori uch barobarga kamaytirilib, ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilanadi;

🔹“O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi. Bunda:

stipendiya miqdori mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi;
mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga Prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda o'zini o'zi band qilish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi

“Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tabirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (249-son, 17.06.2023-y.) qabul qilindi

⚠️ Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg'ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

🏢 Mazkur Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta'lim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega bo'ladi.

🗓 Ushbu Gimnastika markazlari o'z faoliyatini 2024/2025-o'quv yilidan boshlaydi.

O'quvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi.

➡️ Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shug'ullangan, yuqori iqtidorga ega va o'qish istagini bildirgan o'quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

📝 O'quvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumta'lim dasturlari bo'yicha o'qitiladi.

📋 Gimnastika markazlarining o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestasiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo'yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta'limning keyingi bosqichlarida o'qishni davom ettirish huquqini beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Ish beruvchi ish bilan bog'liq, shuningdek quyidagi hujjatlarni xodim arizasiga ko'ra 3 ish kunida berishi shart:

🔸ishga qabul qilish, boshqa ishga o'tkazish haqidagi buyruqlar ko'chirma nusxalari;
🔸mehnat daftarchasidan yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma;
🔸ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlar;
🔸hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to'langan soliqlar va yig'imlar haqidagi ma'lumot;
🔸ish beruvchida ishlash davri to'g'risidagi ma'lumotnomalar va boshqalar.

Ushbu hujjatlarning ko'chirma nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

➡️ Ish bilan bog'liq hujjatlar va ularning ko'chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

⚡️ 28 iyun Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2023 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni
28 iyun – chorshanbaga to'g'ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

🔰 Shunga ko'ra, Qurbon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹 28 iyun (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami;
🔹 29 iyun (payshanba) – barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
🔹 30 iyun (juma) – barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni;
🔹 1 iyul (shanba) – dam olish kuni, shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shicha dam olish kuni;
🔹 2 iyul (yakshanba) – dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 15-moddasi: “O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi.

Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”.

Konstitusiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri – uning oliy yuridik kuchga ega ekanligidir.

Konstitusiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida (ierarxiyasida) eng yuqori o'rinda turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi.

Konstitusiyaning to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi – davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, sudlar tomonidan Konstitusiya normalarini huquqni qo'llash amaliyotida bevosita qo'llagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitusiya normalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanishi va rioya etishini ko'zda tutadi.

Qonunchilik hujjatlariga Konstitusiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari kiradi.

Konstitusiyaning oliy yuridik kuchga ekanligi uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yo'nalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon bo'ladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=9GJ0UH0qNuY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo'lagi joriy etiladi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–194-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi

📁 Qarorga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo-davlatlar hukumatlari o'rtasida soddalashtirilgan bojxona yo'lagini joriy etish to'g'risidagi Bitim tasdiqlandi.

📝 Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

🏢 Bojxona qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–196-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish maqsadida, jumladan:

▫️ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko'rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi;
▫️birlamchi bo'g'in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlari integrasiya qilinadi;
▫️ruhiy holati buzilgan shaxslar dori vositalari bilan ehtiyojga ko'ra to'liq ta'minlanadi;
▫️aholi, ayniqsa, bolalar va o'smir yoshlarning ruhiy salomatligi mustahkamlanadi.

🏢 2023 yil 1 iyuldan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantiriladi.

🔰 2023 yil 1 avgustdan quyidagilar joriy etiladi:

🔹tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
🔹stasionar o'ringa ega bo'lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo'lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
🔹stasionar o'ringa ega bo'lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo'limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

2023/2024 o'quv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

💰2023 yil 1 iyuldan tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalaridagi psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suisidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Huquqiy_axborot_minbari

“Ayollarning mehnat huquqlari kafolatlari” mavzusida ekspert bilan suhbat o'tkaziladi

⚖️ Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz“ huquqiy aksiyasi o'tkazilmoqda.

🎧 Aksiya doirasida “Ayollarning mehnat huquqlari kafolatlari” mavzusida ekspert bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 21 iyun kuni soat 17:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikeri: Muhammadamin Karimjonov Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimi.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan-to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

⚠️ Suhbatning o'tgan sonlarini quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:

▫️2 iyundagi soni | ▫️9 iyundagi soni |▫️16 iyundagi soni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 16-moddasida “Ushbu Konstitusiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitusiyaning birinchi bo'limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitusiyaning prinsip va normalariga zid bo'lishi mumkin emas”, deb belgilangan.

Konstitusiyaning birinchi bo'limida belgilangan asosiy prinsiplar, O'zbekiston siyosiy-huquqiy tizimining asosiy ustunlari sifatida namoyon bo'ladi.

Shunga ko'ra, mazkur moddada Konstitusiyadagi boshqa normalar davlat manfaatlariga zarar yetkazmasligi qat'iy belgilangan.

Shuningdek, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari faqat Konstitusiyaga asosan qabul qilinishi kerak, ularda Konstitusiyaga zid birorta norma bo'lishi mumkin emas.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=fkHPzYXPbtk

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin