Huquqiy axborot | Lotin
6.49K subscribers
3.99K photos
502 videos
2 files
8.94K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish, ya'ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o'z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:

▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so'mdan 90 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi.

▶️ Ularga quyidagilar tegishli bo'ladi:

🔹 bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
🔹 bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
🔹 boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar;
🔹 ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Markaziy apparatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bo'linma tashkil etilishi majburiy hisoblanadi

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–14-son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

🔹boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
🔹Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona ro'yxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qo'mitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspeksiyalar – 11 ta).

🚫 Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari hisobidan qo'shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat'iyan taqiqlanadi.

📁 Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo'mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo'linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.

Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo'yicha kamida 1/3 nisbatda bo'lishi lozim.

🏢 Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo'naltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta'minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.

❗️Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy bo'linmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:

▫️strategik rejalashtirish va metodologiya;
▫️jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
▫️inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
▫️axborot tahlil va ijro intizomi;
▫️murojaatlar;
▫️axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish;
▫️yuridik ta'minlash;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish;
▫️moliya-iqtisod;
▫️xalqaro hamkorlik va reytinglar;
▫️birinchi bo'lim.

📌 Farmonga ko'ra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli davlat bojxona xizmati organlari xodimlari!

Sizlarni 26-yanvar – O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 300 mln AQSH dollari ajratiladi

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–18 son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2023 yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag'lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Yo'lovchi o'zi bilan birga yo'lovchi tashish poezdida yo'l haqi to'lamasdan 5 yoshgacha (jo'nash vaqtiga yoshi to'lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo'l haqi to'lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

❗️ Yo'lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo'lsa, ulardan biri yo'l haqi to'lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

▶️ 5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

📌 10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobiZahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida” i Prezident qarori (PQ–20 son, 25.01.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🔹 “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligiva madaniyati rivojida tutgan o'rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o'tkaziladi;

🔹“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ'ibot dasturi amalga oshiriladi;

🔹 Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag'ishlab suratga olinayotgan “Yo'lbarsning tug'ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko'riladi;

🔹 Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

▫️o'zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to'ldirilgan uchinchi nashri;
▫️“Bobur” kitob-albomi;
▫️Bobur asarlari lug'ati;
▫️Bobur devonining mukammal nashri.

🗓 2023/2024 o'quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi.

☑️ 2023 yil 1 avgustgacha o'zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Iste'molchi o'ziga sotilgan to'plamlar, garniturlar, komplektlar va komplekslarning mustaqil tarkibiy qismi bo'lgan va mustaqil narxga ega bo'lgan buyumlarda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, butun to'plam, garnitur, komplekt va kompleksga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham quyidagi talablarni qo'yishga haqli:

🔸 tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

🔸 tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;

🔸 tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste'molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;

🔸 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

🔸 shartnomani bekor qilib, ko'rilgan zararni qoplash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🤩 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan bolalar uchun maxsus huquqiy portal – bolahuquqlari.uz ishlab chiqilgan.

📝 Mazkur portal bolalar hamda ota-onalarga mo'ljallangan bo'lib, ma'lumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan.

🔰 Portal bolalarning boshlang'ich huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lishi uchun quyidagi bo'lim va sahifalardan iborat:

💬 Huquqiy maslahatlar olish uchun bolalarga mo'ljallangan onlayn maslahatchi (ish kunlarida 09:00 – 18:00);

🧩 Huquqiy o'yinlar;

👨‍🏫 Huquqiy darsxona;

👨‍👩‍👦 Ota-onalar uchun huquqiy maslahatlar;

📗 Konstitusiyani o'rganish;

🔠 Yuridik lug'at;

🎞 Huquqiy mavzulardagi videoroliklar;

🇺🇿 Davlat ramzlari haqida boshlang'ich tushunchalar.

bolahuquqlari.uz bilan huquqni bolalikdan o'rganing!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qaysi holatlarda YTH statistik hisobotga kiritilmaydi?

🔰 Quyidagi holatlarda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalari to'g'risidagi ma'lumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi:

▫️atrofi o'ralgan hududlar, qo'riqlanadigan va kirish-chiqish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida;

▫️transport vositalari bo'yicha sport tadbirlari (musobaqalar, mashqlar va hokazolar) o'tkazilayotgan paytda;

▫️traktor hamda boshqa o'zi yurar mashina va mexanizmlar uchun mo'ljallangan asosiy ishlarni bajarish paytida (yer haydash, qazish, g'aramlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini daladan yig'ish, ortish-tushirish ishlari, trallerga transport vositalari va o'zi yurar mexanizmlarni ortish-tushirish, ustunlar, tirgovuchlarni o'rnatish va hokazolar);

▫️qasddan odam o'ldirishga, ularning sog'ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazishga (tegishli idoralarning hujjatlari asosida) tajovuz qilinganda;

▫️o'z joniga suiqasd qilish yoki o'z harakatiga javob berolmaydigan ruhiy holatda harakat qilinganda;

▫️tabiiy ofatlar vaqtida;

▫️texnika xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida (dvigatelni uzatmalar qutisi qo'shilgan holatda o't oldirish, transport vositalarini tirkamalar, qishloq xo'jalik moslamalari bilan qo'shish-ajratish paytida va hokazolar);

▫️harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik sozligiga bog'liq bo'lmagan hollarda portlash, yong'in chiqqanda;

▫️transport qatnovi uchun jihozlanmagan (daryo o'zani, tog' yon bag'ri, qir-adir, o'rmonzor va hokazolar) joylarda;

▫️baxtsiz hodisa yuz berganda (transport vositasining harakatlanishi vaqtida haydovchi yuragining urishdan to'xtashi, tutqanoq yoki shu toifadagi kasali bo'lgan odamning yo'lning qatnov qismiga o'zini tashlab yuborishi va hokazolar) sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro'sizlantirilishiga olib keladigan yolg'on axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Ushbu harakat ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin yana sodir etilsa, 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

❗️Fuqarolarning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar tarqatilganda, unga nisbatan yetkazilgan zarar va ma'naviy ziyonning o'rni huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim.

⚖️ O'zining ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar yuzasidan fuqarolar sud yo'li bilan raddiya talab qilishga haqli.

📝 Fuqaroning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar OAVda tarqatilgan bo'lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Tuhmat,
ya'ni bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln so'mdan 18 mln so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, 60 mln so'mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️60 mln so'mdan 120 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat:

og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;
og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan holda;
xavfli residivist tomonidan;
g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

▫️90 mln so'mdan 150 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️
360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Ommaviy axborot vositalaridan jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo'ladigan harakatlarni sodir etish uchun foydalanilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jurnalistlar shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart hamda o'z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yganlik uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Mazkur jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi belgilangan.

📌 Agarda tovlamachilik og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

‼️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering

2023-yil 30-yanvardan
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP orqali olish mumkin.

📝 Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

🔸bo'sh qatorlar shaxsiy ma'lumotlar bilan to'ldiriladi;
🔸tegishli bandlar tanlanadi;
🔸yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko'rsatiladi;
🔸shaxsiy imzo qo'yiladi;

So'ngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming so'm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so'm to'lanadi.

📁Buyurtma ko'rib chiqilib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🗓 Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo'yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

📌 Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

☑️ Quyidagilarga ruxsat etiladi:

🔹 rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so'mgacha bo'lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan, 100 million so'm va undan ortiq bo'lganlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;

🔹 zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga — zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirgan holda, ma'lumotlarni Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

“Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

▫️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
▫️Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;
▫️Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo'qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko'rsatish texnikumi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o'rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi.

📝 Institutda o'qitish ingliz, rus va o'zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllarida amalga oshiriladi.

🔢 2024/2025 o'quv yilidan Institutda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha dual ta'lim tizimi joriy qilinadi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo'yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo'lga qo'yiladi.

➡️ Shuningdek, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo'lgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so'mdan 180 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sudning farzandlikka olish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o'n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tug'ilishi qayd etilgan daftarga zarur o'zgartirishlar kiritishi lozim.

▶️ Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug'ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo'lmagan farq bilan o'zgartiriladi. Agar bola o'n yoshdan oshmagan bo'lsa, tug'ilgan joyi ham O'zbekiston Respublikasi doirasida o'zgartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin