Huquqiy axborot | Lotin
6.2K subscribers
3.74K photos
293 videos
2 files
8.16K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Gematologiya, onkologiya va immunologiya markazlaridagi bemor bolalarga qarayotganlarga bepul ovqat beriladi

“2022–2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–216-son, 25.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

▫️Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
▫️46 ta tumanlararo yangi perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo'limi;
▫️2022-yil 1-maydan tuman (shahar) markaziy poliklinikalari, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo'limi;
▫️tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo'limlari hamda kechayu kunduz ishlovchi pediatriya postlari;
▫️Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo'yish bo'yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari.

❗️Shuningdek, Respublika va hududiy perinatal markazlar va bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022–2023- yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlash uchun audioskrining tadbirlari bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlari va barcha tug'uruq komplekslarida tatbiq etiladi.

☑️ Bolalar hamda homilador va tug'ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to'liq qamrab olish uchun 2022- yil 1-iyuldan “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo'shimcha 3 600 ta, 2023-yil 1-yanvardan yana qo'shimcha 4 900 ta o'rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.

🔘 2022-yil 1-maydan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

2022-yil 1-avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ipoteka kreditlari bo'yicha hokimliklarning kafilliklari beriladi va muddati o'tkazib yuborilgan qarzdorliklar qoplanadi.

➡️ Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to'lov (mukofot puli) undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Yangi Yo'l harakati qoidalariga muvofiq, “Haydovchilikni endi boshlagan” belgisi malakasi yetarli bo'lmagan haydovchilik staji 2 yildan kam bo'lgan shaxs boshqarayotgan transport vositasining orqasida uning xohishiga ko'ra o'rnatilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Organik mahsulotlar ishlab chiqarish Qonun bilan tartibga solindi

“Organik mahsulotlar to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-766-son, 25.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰Mazkur qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg'alash va realizasiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirishni tartibga soladi.

💰Organik mahsulotlar ishlab chiqarishga o'tkazilgan qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratiladi.

☑️ Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda sog'lom hayvonlar va o'simliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va o'simliklarga mansub bo'lgan xomashyodan foydalaniladi.

Organik mahsulotlarni tamg'alashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan so'zlardan foydalanilishi mumkin.

📁Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reestri yuritiladi va Qishloq xo'jaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

🗓 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'quvchilar o'rtasida “Yashil chiroq” musobaqasi o'tkaziladi

“Ta'lim muassasalarida yo'l harakati qoidalari targ'ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (212-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).

Qarorga ko'ra, maktablarda ko'ngilli yoshlar ishtirokida yo'l harakati qoidalarini faol targ'ib qiluvchi “Yo'l harakati qoidalari yosh targ'ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.

❗️2022-yil 1-sentyabrdan “Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog'cha tarbiyalanuvchilari va o'quvchilarga yo'llarda, chorrahalarda va piyodalar o'tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko'rgazmali o'rgatish yo'lga qo'yiladi.

📋 Qaror bilan “Yo'l harakati qoidalari yosh targ'ibotchisi” klubini tashkil etish va “Yashil chiroq” musobaqasini o'tkazish tartiblari tasdiqlandi.

➡️ Klubga 9-11-sinf o'quvchilari a'zo bo'lishi mumkin.

🔘 “Yashil chiroq” musobaqasi g'oliblari diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qorako'lchilik mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytirildi

“Respublikada go'sht, jun va sut yo'nalishidagi mayda shoxli mollarni ko'paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–224-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, Qorako'lchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha kredit berishning quyidagi tartibi belgilandi:

🔹kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qo'shish orqali hisoblanadigan stavka bo'yicha ajratiladi;

🔹kreditlar quyidagi shartlarda beriladi:

tadbirkorlarga xorijdan go'sht, jun va sut yo'nalishidagi qo'y va echkilar xarid qilish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

tadbirkorlarga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, go'sht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo'yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun – 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;

xo'jalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burg'ilash yoki mukammal ta'mirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar o'rnatish uchun – 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.

Qarorga ko'ra, ipak qurti urug'i, tut ko'chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako'lchilik bilan shug'ullanayotgan subyektlar, qorako'lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako'lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko'zda tutilgan soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Hukumat farmoyishiga (199–F, 26.04.2022-y.) asosan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 30-aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_maydan

❗️Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi

🔰Qonunchilikka ko'ra, har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

🔸boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming so'm) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko'rsatiladi;

🔸mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi bo'lgan oila a'zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 350 ming so'm) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko'rsatiladi;

🔸mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga yashovchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

➡️ Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo'llanmalar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo'jaligi korxonalariga qarz beriladi

“Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 27.04.2022-y.) qabul qilindi

☑️ Qaror bilan Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasiga 12 oy muddatga, 11 oylik imtiyozli davr bilan 300 milliard so'm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratildi.

🔰Byudjet ssudasi hisobidan:

▫️qishloq xo'jaligi korxonalariga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar va dorivor o'simliklar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun moddiy-texnik resurslar, urug'lik va ko'chat yetkazib berish, xizmatlar ko'rsatish uchun;

▫️qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, “Agroservis operator” DUKga – ekinlarni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablag'larini to'ldirish uchun yillik 14 foizda qarz beriladi.

“Agroservis operator” DUK tomonidan qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtirish uchun zarur bo'lgan moddiy-texnik resurslar yetkazib berish, qarz shartnomasi asosida qishloq xo'jaligi ekinlarining vegetatsiya davridan ortiq bo'lmagan muddatga yillik 14 foizda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

Hukumat qarori (216-son, 27.04.2022 y.) bilan A’zam Abdushukurovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-maygacha “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o'tkazilmoqda.

🔰 Huquqiy aksiya doirasida soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so'rovlar o'tkazish belgilangan.

❗️Shunga ko'ra, 16 ta savoldan iborat so'rovnoma e'tiboringizga havola qilinmoqda. Uni to'ldirish uchun bir necha daqiqa kifoya.

➡️ So'rovnomada ishtirok etish: https://cc.uz/1685s

📌 Sizning fikringiz biz uchun muhim! So'rovnoma natijalari yuzasidan aniqlangan muammolar yechimi bo'yicha huquqiy mexanizmlar ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, ichki turizm sohasida 2023-yil 31-dekabrgacha quyidagi tartib joriy etilgan:

👉 ish beruvchining turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega sub’yektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublika boʻylab turistik yoʻllanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida koʻrib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi

Prezident farmoni (PF–121, 27.04.2022 y.) bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma'lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko'maklashish.

📌 Farmon bilan kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.

☑️ “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida:

👉 Maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o'z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta'minot vositalari uchun bojxona to'lovlari (bojxona yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod etiladi;

👉 Maxsus rejim ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo'yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat'iy belgilangan stavka bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladi hamda soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰Tadbirkorlarga mahalliy intensiv ko'chatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

🔹intensiv meva va uzum ko'chati uchun – 8 000 so'm;
🔹payvandtag uchun – 2 500 so'm.

Subsidiya miqdori tok ko'chatlari (xo'raki va kishmishbop) uchun 0,15, urug'li mevalar uchun 0,50, danakli mevalar uchun 0,75, yong'oq mevalar uchun 1,00 koeffisientlarni bazaviy hisoblash miqdoriga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mualliflik huquqini buzayotgan saytlarning reestri yuritiladi

“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo'mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reestriga (Reestr) kiritilgan tovar belgilari bo'yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

☑️ 2022-yil 1-avgustdan quyidagi tekshirish va o'rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

▫️sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo'llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni o'rganish va tekshirish;
▫️Farmasevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro'yxatidan o'tkazishda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

➡️ 2022-yil 1-iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug'ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.

🔘 2022-yil 1-sentyabrdan
“Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini Reestrga kiritish to'g'risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo'yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo'lga qo'yiladi.

2023-yil 1-yanvargacha intellektual mulk obyektlarining auksion savdosini o'tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

🖥 2022-yil 1-oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.

📋 Qaror bilan 2022–2026-yillarda O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ 2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to'liq qoplab beriladi.

🗓 Ish beruvchi tomonidan ariza soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

➡️ Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi o'rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Pensiya va nafaqalarni oshirish bo'yicha Prezident farmoni imzolandi.

🔰Farmonga ko'ra, 2022-yil 1-maydan pensiya va nafaqalar 12 foizga oshiriladi.

Shuningdek:

🔹 eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga (440 ming so'mdan 500 ming so'mga) oshiriladi;

🔹 9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo'lgan fuqarolarga 15 million so'mdan beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin