Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.73K photos
288 videos
2 files
8.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

☑️ Tovush signalini sababsiz berish, transportlarga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish, BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshirildi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

📍Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar kontrakt asosida o‘qishga kirganda kontrakt puli hokimliklar tomonidan (har bir hududdan 100 tadan) 4 o‘quv yili davomida to‘lab beriladi.

💵 Moliyaviy ahvoli yaxshi OTMlar yuqoridagi toifaga kiruvchi 50 nafargacha xotin-qizlarni birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitadi.

✍️ Kontraktni qoplab berish uchun OTMning qabul komissiyasiga murojaat qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik:

BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (270 ming so‘mdan 810 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga;

yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚖️ 3 va undan ortiq ish o‘riniga ega oziq-ovqat do‘konlarida bitta nazorat tarozi, maydoni 1500 kv.m va undan ortiq bo‘lgan savdo zallarida esa ikkita joyda nazorat tarozilari o‘rnatiladi.

Har bir isteʼmolchi o‘zi xarid qilgan mahsulotini mazkur nazorat tarozilarida tortib, tekshirib olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

📍2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmaganida bolasi 2 yoshga to‘lgungacha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli ishga o‘tkaziladi.

☑️ Bunda avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot_lotin telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

@pravoinf (rus tilida)
@leginf (ingliz tilida)
@huquqiyaxborot (kirill alifbosida)

Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.
#Bilasizmi

2025-yil 1-yanvargacha:

har yili yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming so‘m miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi;

tutzorlarni sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo'lganida quyidagi hujjatlarni olib yurishi talab etilmaydi:

🔸transportni boshqarish, ro'yxatdan o'tkazganlikka oid hujjatlar;
🔸ishonchnoma;
🔸sug'urta polisi.

Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi YPX xodimi tomonidan elektron tizim orqali mustaqil tekshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

❗️"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning sog'ligi holati og'ir bo'lganda viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoki respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun bepul order ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha test natijalari 1 haftada e'lon qilinadi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🗓 Adliya vazirligi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda 2022-yil 25-fevral kuni (soat 10:00–18:00) “Strategik islohotlarni huquqiy ta'minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman o'tkaziladi.

Mazkur anjumandan maqsad strategik islohotlarning huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda yuridik hamjamiyat oldidagi yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat.

Anjumanda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ma'ruza qiladi.

➡️ Ushbu anjumanni quyidagi havola orqali kuzatib borish mumkin: youtube.com/Adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🧾 Fermer xo'jaliklari o'z viloyatidagi istalgan paxta-to'qimachilik klasterlari bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo'yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishi mumkin.

⚠️ Fyuchers shartnomasi – tovarni oldindan belgilangan narx asosida kelgusida sotib olishga oid kelishuv.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Avtomototransport sotib olish bo'yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi

“Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (78-son, 21.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo'yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma'lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

❗️Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Ya'ni, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo'l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo'lsa, avtotransport o'sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda

🔰
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

▶️ Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o'tkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'ting.

📌 Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

🎁 G'oliblar quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

● 1-o'rin – televizor;
● 2-o'rin – oshxona kombayni;
● 3-o'rin – multivarka.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va sovrinlarni qo'lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–137-son, 21.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga muvofiq, avtomobillar olib kirishda bojxona to'lovlari stavkalari pasaytirilishi belgilandi.

➡️ Shunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvargacha bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartiriladi.

Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo'yicha qo'shimcha koeffitsiyent miqdori ham qisqartiriladi.

☑️ Shuningdek, avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo'shimcha koeffitsiyentlar 2023-yil 1- yanvardan ikki baravarga pasaytiriladi.

🔘 Bojlar O'zbekiston bojxona chegarasini kesib o'tish davrida ishlab chiqarilganiga faqat 1 yildan oshmaydigan yangi transport vositalariga nisbatan qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko‘ra:

👉 uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;

👉 ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so‘m) miqdorida to‘lanadi;

👉 Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin