Huquqiy axborot | Lotin
6.53K subscribers
4.03K photos
525 videos
2 files
9.03K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

📁 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizi miqdorida kreditlar ajratilishi belgilangan.

☑️ Bunda, paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit muddatida qaytarilmaganda, ushbu kreditlar uchun yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barobari (shundan, bank marjasi 2 foiz) miqdorida foiz to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qounchilikka ko'ra, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga sog'liqning qisqa vaqt, ya'ni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko'p bo'lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga sabab bo'lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 30 baravaridan 70 baravarigacha (9 mln 900 ming so'mdan 23 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima;

300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;

1 yildan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

‼️ Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?

✳️ Daraxtlar va butalarni sug'orish va oziqlantirishga quyidagilar mas'ul hisoblanadi:

1️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko'chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

2️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko'chalar, mahallalar hududlari hamda ko'p qavatli uylar oralig'i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o'zlariga biriktirilgan hududlar bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

3️⃣ Tashkilotlarning hududlaridayer egalari.

4️⃣ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'ylaridaAvtomobil yo'llari qo'mitasi tashkilotlari.

5️⃣ Umumiy foydalanishdagi temir yo'llar bo'ylarida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tashkilotlari.

6️⃣ Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo'ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo'jaligi organlari.

7️⃣ Fermer xo'jaliklari yerlarida va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

8️⃣ Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar yuqoridagicha ish stajiga ega bo'lgan taqdirda tayinlanishi belgilangan. 👆

▶️ Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat'i nazar, tayinlanadi.

📋 Shuningdek, 20 yoshga to'lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to'xtatilganidan keyin nogironligi bo'lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat'i nazar tayinlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

▶️ Haydovchi avtobusni to'xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo'lovchilar to'liq tushirib va chiqarib bo'lingandan so'ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to'g'ri e'lon qilishi, qatnov yo'nalishi o'zgargan taqdirda esa bu to'g'rida har qaysi bekatda e'lon qilishi shart.

🚫 Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig'imidan ortiqcha to'ldirishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Ayrim hollarda sotuvchi iste'molchiga penya to'laydi

▶️ Iste'molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga 7 kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirish zarur bo'lganida esa, iste'molchi talab qo'ygan paytdan e'tiboran 20 kun ichida almashtirib berishi shart.

🗓 Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo'lmagan taqdirda, iste'molchining almashtirib berish xususidagi talabi da'vo qilingan paytdan e'tiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Cho'l va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda iste'molchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

💰 Ana shu muddatlarning o'tkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) iste'molchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to'laydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlarining ro'yxati quyidagicha:

Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinganlar ro'yxati;

Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinganlar ro'yxati;

Ma'muriy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinganlar ro'yxati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig'idan, yer solig'idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari berilishi belgilangan.

▶️ Bunda ishtirokchilar foyda solig'ini to'lashdan o'zi kiritgan investisiyalar hajmiga qarab quyidagi muddatlarda ozod qilinadi:

3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investisiya uchun – 3 yil;

5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investisiya uchun – 5 yil;

15 mln AQSH dollari va undan ko'p investisiyalar uchun –10 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yo'nalish masofasi 400 km va undan ko'p bo'lganda yo'lovchilar tashilayotgan avtobusda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlangan bo'lishi va qatnovga ikki nafar haydovchi chiqarilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Haq to'lanadigan jamoat ishlari quyidagi shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi:

pensiya yoshiga yetgan shaxslarga;

o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga;

homilador ayollarga;

uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga;

birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga;

doimiy ishga ega shaxslarga;

harbiy xizmatchilarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❇️ Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanishi belgilangan.

☑️ Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yo'l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

“Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-330, 10.10.2023y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:

avtomobil yo'llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta'mirlash hamda saqlashdan iborat bo'ladi;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko'rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;

avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo'yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;

yilning harorat yuqori bo'lgan vaqtlarida avtomobil yo'llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o'rnatiladi.

▶️ Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo'lining “Toshkent – Chinoz” yo'nalishidagi 817 – 827 km qismini ilg'or xorijiy texnologiyalar va zamonaviy xalqaro standartlar asosida syement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan yangidan boshlanadigan yo'l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.

📁 2023-yil 31-dekabrgacha Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan avtomobil yo'llari, ko'priklar va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish (shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish), qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholash mezonlari takomillashtiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'yida yashil hududlarni barpo etish doirasida Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi “O'zyo'lko'kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo'linmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufiga o'tkaziladi.

🗒 2024-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo'lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

🏢 Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

🔹“O'zyo'lko'prik” klasteri va uning hududiy filiallari;

🔹“Avtomobil yo'llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi.

📄 2024-yildan xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun byudjet mablag'lari faqat “Mening yo'lim” dasturi orqali ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
▶️ Soliqqa oid qonunchilik hujjatlarini osonlik bilan topish maqsadida @soliq_qonunchiligi_bot ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yo'nalishga ajratilib, har bir yo'nalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan Lex.uz saytiga yo'naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📁 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yo'nalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo'nalish bo'yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹Tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi Manba: (PQ-329, 10.10.2023 y.);

🔹Metrodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi Manba: (535-son, 10.10.2023 y.);

🔹Mahalliylashtiriladigan farmasevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi Manba: (PF-168, 12.10.2023 y.).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda qulaylik yaratiladi

Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizomga qo'shimchalar kiritildi

Unga ko'ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo'nalishlari bo'yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko'ra “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

📝 Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zo bo'lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo'lga ko'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Oliy ma'lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

📝 Kurslarda o'qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

➡️ Hujjatlar 2023 yil 3-31-oktabr kunlari qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda qabul qilinadi.

📁 Buning uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti;
oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom va uning ilovasi;
3.5x4.5 o'lchamdagi rangli fotosurat.

Qabul kvotasi 100 nafarni (o'zbek tilida) tashkil etadi.

💰To'lov-kontrakt miqdori – 14 500 000 so'm.

⚠️ Eslatib o'tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo'ladi.

🔘 Murojaat uchun telefonlar: (71) 236-28-55 (1018); (71) 233-66-36 (1018); (90) 930-70-74; (99) 937-04-33; (95) 988-01-50; (98) 125-73-92.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy mulkni “E-auksion shop” platformasi orqali sotish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023 y.) Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

narxni oshirib borish tamoyili asosida;
eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

📝 Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

⬅️ Savdoga qo‘yilgan buyurtmani ishtirokchi tomonidan narx tasdiqlangungacha savdo platformasidan 2 martagacha bepul qaytarib olish mumkin.

◀️ Savdoga qo‘yilgan buyurtmani qaytarib olish:

▪️3-martadan boshlab BHMning 1 baravari;
▪️5-martadan BHMning 3 baravari;
▪️7-martadan BHMning 10 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

☑️ Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

💰Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Mulkka berilgan har bir taklif savdoni o‘tkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif ishtirokchilarning birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, savdolar yakunlanadi. Oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi savdo g‘olibi deb topiladi.

📄 Mulk uchun to‘lov bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash buyurtmachi va savdo g‘olibi o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadi.

Savdo g‘olibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan ishtirokchi salohiyatli g‘olib deb eʼtirof etiladi.

🚫Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar
o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Eʼlon qilingan narx bo‘yicha sotishda eʼlon buyurtmachining ixtiyoriga ko‘ra belgilangan muddat yoki sotilgungacha elektron do‘konga joylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Adliya vazirligi tomonidan Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda ko'rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxati davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

📃Ushbu Ro'yxatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalarida (jumladan, tug'uruq majmualari) (tibbiyot muassasalari) ko'rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari belgilandi.

📁 Ta'kidlash lozimki, ushbu hujjat qabul qilinishi natijasida fuqarolar Ro'yxatda nazarda tutilgan tibbiy yordamlarni davlat hisobidan olishga, bu esa Konstitusiyada belgilangan shaxslarning ijtimoiy huquqidan amalda foydalanishga olib keladi.

📋Xususan, Ro'yxatda:

tibbiyot muassasalarida ko'rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (masalan, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan shaxslarni ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari va boshqa kasalliklarni aniqlash yuzasidan tibbiy ko'rikdan o'tkazish, shuningdek emlash, hayotga xavf soladigan holatlarda (asfiksiya, yurak to'xtashi, anafilaktik shok va boshqalar) tibbiy yordam ko'rsatish, profilaktik ko'riklar va skrining tekshiruvlari);

tibbiyot muassasalarida ko'rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar (masalan, yurakning gipertenziv kasalligi, yurak surunkali ishemik kasalligi, oshqozon yara kasalligi, o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, jigar sirrozi);

dori vositalari va tibbiy buyumlar (masalan, analeptiklar, balg'am ko'chiruvchi vositalar, antidepressantlar, tibbiy bintlar, tibbiyot pipetkalari, qo'lqoplar) nazarda tutilgan.

📌 Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 48-moddasida har kim sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi va O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin