#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti faoliyati yo'lga qo'yiladi
"Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ–427-son, 18.11.2022 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹 Bolalar sog'lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko'maklashish jamg'armasi;
🔹 Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
☑️ Jamg'arma mablag'lari hisobidan kasaba uyushmalari a'zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog'lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo'llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so'm), biroq yo'llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensasiya to'lanadi.
🗓 2023 yil 1 yanvardan:
▫️Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg'armaga yo'naltiriladi;
▫️Davlat organlari va tashkilotlari o'z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo'llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo'llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so'mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensasiya qilib berilishi mumkin.
📁 Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi
☑️ Kreslo-aravada harakatlanadigan nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan bajariladigan mehnat funksiyasi hisobga olinib ularning ishchi kabinet maydoni 12 metr kvadratdan kam bo'lmasligi lozim.
⚠️Bunda 14–16 metr kvadrat maydonli ishchi kabinet tavsiya etiladi.

❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?
✅ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);
🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
❕ O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;
🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom;
❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR);
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.

🏢 Qonunchilikka ko'ra, ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag'larini undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim bo'lgan summaning 50 foizigacha miqdorda jarima solinadi.

#Adliya_xabari
Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishdagi eng soʻnggi yangiliklar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan @davxizmat telegram kanali orqali tanishing.
Bunda foydalanuvchilar yangiliklar bilan tanishish barobarida davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlib borishi mumkin.
• Telegram: @davxizmat
• Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
• Youtube: bit.ly/3sQyv05

✅ Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste'molchi talab qo'ygan paytdan 20 kunda, ishlab chiqaruvchi esa 10 kunda bepul bartaraf etishi lozim.
❕Iste'molchi tovarning kafolat muddati tugaganidan keyin ham nuqsonlarni bepul bartaraf etish to'g'risida ishlab chiqaruvchiga talab qo'yishga haqli.
➡️ Bunday talablar tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yo'l qo'yilgan jiddiy nuqsonlar aniqlansa, xizmat muddati mobaynida, xizmat muddati belgilanmagan bo'lsa, 10 yil mobaynida qo'yilishi mumkin.
☑️ Tovarni ta'mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste'molchiga 3 kunda boshqa tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan yetkazib beriladi).

☑️ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasini o'zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
🔹 mehnat shartlarining o'zgarishi;
🔹 xodimning boshqa ishga o'tkazilishi;
🔹 ish beruvchining boshqa joyga ko'chishi munosabati bilan joyning o'zgarishi;
🔹 xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
🔹 mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilgan ish joyining o'zgarishi.

❗️ Qonunchilikka ko'ra, farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo'lsa, farzandlikka oluvchining qaysi fuqarolikka mansubligidan qat'i nazar, farzandlikka olish mumkin emas, farzandlikka olingan taqdirda esa, u sud tartibida bekor qilinishi lozim.

🔰 FHDYO organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.
⚠️ Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDYO organida amalga oshiriladi.

✅ Mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
▫️ xonadonlar soni 500 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (3 mln 220 ming so'm) miqdorida;
▫️xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 680 ming so'm) miqdorida;
▫️xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (4 mln 140 ming so'm) miqdorida.

❗️Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to'lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
▫️ homilador ayol, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to'lmagan bolani yolg'iz o'zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▫️ zaxiraga qo'yiladigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo'lgan shaxslar;
▫️ davlat grantlari asosida o'qigan va oliy ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran 3 oy ichida yo'llanma bo'yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️tegishli ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo'yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️o'zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▫️ 18 yoshga to'lmagan shaxslar;
▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo'yicha bekor qilgan bo'lsa, o'sha shaxslar;
▫️ishlab chiqarishda o'qitish shartnomasi bo'yicha ushbu ish beruvchida o'qishni o'tagan o'quvchilar;
▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

❗️ Qonunchilikka ko‘ra, xazonlar to‘kilishi davrida to‘kilgan barglarni har kuni yig‘ishtirish zarur.
✅ Bunda, to‘plangan barglar maxsus ajratilgan joylar yoki kompostyorlash maydonlariga olib chiqiladi. To‘plangan barglarni olib chiqib ketish hududlarni tozalash uchun masʼul bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoki shartnoma asosida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o'rganiladi
Batafsil infografikada👆

❗️Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.
➡️ Ma'lumot uchun: olis va chekka hududlar ro'yxati.
⚠️ Shuningdek, mazkur hududlarda ishlayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo'shimcha 2 million so'm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 500 barobaridan (150 mln so'mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

🗓 Ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha minimal iste'mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug'ish nafaqalari to'lanadi.
⏩ Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo'lgan tanaffuslar mavjud bo'lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo'llaniladi.
💰Kelgusida davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich to'lanadi.

#2022_yil_1_dekabrdan
❗️ Yo'l harakati qoidalariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo'l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:
🔹 har bir yo'l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
🔹hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma'lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o'rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
🔹muayyan davr mobaynida yo'l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag'batlantirish choralari qo'llaniladi.

‼️ Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko'p undiriladi
✅ Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
🗓 Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo'shimcha ravishda huquqbuzarlarga:
🔹 moratoriy talablarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
🔹 daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo'llaniladi.
🚫 Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo'q qilishni nazarda tutuvchi ko'rsatmalarni o'z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko'rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat'iyan taqiqlanadi.
📁 Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog'ona pasaytiriladi.
☑️ Bunda:
🔹 darajasi pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil mobaynida reyting bahosini ko'tarish imkonidan mahrum bo'ladi;
🔹 darajasini pasaytirish imkoni bo'lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to'liq chiqarib tashlanadi.
⚠️ Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo'mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to'g'risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo'yicha huquqbuzardan undirilgan mablag'lar hisobidan BHMning 1 baravari (300 ming so'm)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.

🏬 Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni ta'mirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi.
❗️ Ijaraga berilgan turar joyni kapital ta'mirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi.
📝 Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, o'zgartirishga, agar bunday qayta qurish va o'zgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan o'zgartirsa, yo'l qo'yilmaydi.

✅ Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berilgan.

Standartlashtirish toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi