Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.74K photos
293 videos
2 files
8.17K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonun (O'RQ–797-son, 27.10.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta'minlash holati to'g'risida har 6 oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

🔰Shuningdek, “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo'yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

➡️ Mahalla huquq-tartibot maskanlari o'z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:

▫️ profilaktika katta inspektori, profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchisi (har kunlik asosda);

▫️mazkur hududda xizmatni o'tash uchun biriktirilgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori, probatsiya bo'linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari;

▫️jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko'maklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya bo'linmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolar maxsus planshetlar orqali vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinadi

“O'zbekistan Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (622-son, 27.10.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.

🗓 Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro'yxatga olish faoliyati 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi bo'yicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko'rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga vaqtincha ro'yxatga olinadi.

🏢 Vaqtincha ro'yxatdan o'tish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda o'z xohishiga ko'ra, quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:

🔹Qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga;
🔹Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalariga;
🔹Davlat xizmatlari markazlariga;
🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga.

⚠️ Vaqtincha ro'yxatga olish to'g'risidagi qayd varag'i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro'yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🏬 Qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko'p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so'ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo'shimcha ko'p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo'lmagan obyekt qurish uchun o'zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, yo'l harakati qatnashchilari, agarda ularda e'tirozlar mavjud bo'lsa, huquqbuzarlik to'g'risida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan so'ng tegishli DYHXX saf bo'limiga murojaat etib, o'zi to'xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi to'g'risidagi dislokasiya haqida yozma ma'lumot berishni talab qilish huquqiga ega.

❗️ Ma'lumot uchun, yo'l harakati qatnashchilari YPX xodimlarining dislokasiyasi bilan shu joyning o'zida tanishishi hamda maxsus tadbirlar o'tkazilayotganligi haqida ma'lumot olish huquqi to'g'risidagi norma chiqarib tashlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi

“O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–798, 28.10.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Kodeksga ko'ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog'liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:

▫️mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
▫️mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
▫️mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
▫️mehnat huquqlari ta'minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
▫️xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo'l qo'yilmasligi.

📌 Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg'ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.

📁 Bunda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫️ 14 yoshga to'lmagan bolalari, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona, shuningdek ko'p bolali oilalardagi ota-onalar;
▫️ umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar;
▫️“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlarining davlat grantlari bo'yicha ta'lim olgan bitiruvchilari;
▫️ Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslar;
▫️ nogironligi bo'lgan shaxslar;
▫️ pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);
▫️ jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar;
▫️ odam savdosidan jabrlanganlar.

❗️Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach kuchga kiradi.

⚠️ Qonun kuchga kirishi bilan “O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida”gi
Qonun (21.12.1995-y.) o'z kuchini yo'qotadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

☑️ Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro'yxatga olinadi.

❗️ Bunda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz bo'lgan oila a'zolarini o'zini o'zi band qilish hamda bo'sh (vakant) ish o'rinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam ko'rsatadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, maishiy iste'molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog'iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.

🏢 Bunda gaz ta'minoti tashkiloti mazkur iste'molchi bilan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasi tuzish hamda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko'rishi shart.

❗️ Ammo iste'molchilarning boshqa toifalariga tabiiy gaz faqat shartnoma asosida yetkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishdagi eng soʻnggi yangiliklar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan @davxizmat telegram kanali orqali tanishing.

Bunda foydalanuvchilar yangiliklar bilan tanishish barobarida davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlib borishi mumkin.

Telegram: @davxizmat
Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
Youtube: bit.ly/3sQyv05
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida ID-kartaga joylashtirilgan ERI kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo'shiladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fors-major holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qarori (625-son, 28.10.2022-y.) bilan Yengib bo'lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰 Reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O'zbekistonda boshlangan yoki bo'lib o'tgan yengib bo'lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash bo'yicha davlat xizmati ko'rsatish tartibi belgilandi.

📃 Unga ko'ra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

📝 Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to'g'risidagi qaror vakolatlari organ tomonidan so'rovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.

Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

▫️shartnoma, qo'shimcha kelishuv hamda ularning spesifikatsiya nusxalarini;
▫️shartnoma bo'yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

🚫Talabgordan ushbulardan boshqa ma'lumot va hujjatlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.

💰 Sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikasiyalash fuqaroning xohishiga qo'ra quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

🔹 Davlat xizmatlari markazi;
🔹 Notarial idora;
🔹 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🗓 1 noyabrdan nimalar o'zgaradi?

▫️Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi. BATAFSIL

▫️Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o'tkaziladi. BATAFSIL

▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️“Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. BATAFSIL

▫️Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste'mol krediti ajratiladi. BATAFSIL

▫️Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi. BATAFSIL

▫️Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi. BATAFSIL

▫️Ko'p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo'shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. BATAFSIL

▫️“Yagona davlat nazorati” tizimida ro'yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi. BATAFSIL

▫️Harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashiladi. BATAFSIL

▫️Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi. BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Transport vositasining haydovchisi quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishga majburdir:

🔹 IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun;

🔹 mazkur xodimlar yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini shatakka olish uchun (faqat yuk avtomobilidan);

🔹 kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga.

❗️ Bunda, transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma'lumot yoki xabar yozib berishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlar o'z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko'rsatishi mumkin.

❗️ Bunda, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏫 Sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilgan:

🔹 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib hamda sovrindor bo'lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta'lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024 yil 1 yanvargacha ijara to'lovlarisiz berish;

🔹 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta'lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko'rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to'lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

🔹kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
🔹qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
🔹bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
🔹yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin