Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.73K photos
285 videos
2 files
8.14K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat organlariga joriy yil yakunigacha ortiqcha xarajat qilish taqiqlandi

“Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–208-son, 15.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, 2022-yilda qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha daromadlar oshirib bajarilgan qismidan hududiy byudjetlarga yo'naltiriladigan mablag'larning 40 foizi respublika byudjetida qoldiriladi.

📌 2022-yil 1-maydan davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalaridan Davlat xizmatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga ajratmalar qilish to'xtatiladi.

☑️ 2022-yil aprel‒dekabr oylarida davlat organlarining byudjetdan tashqari jamg'armalariga kelib tushgan mablag'larning hamda jamg'armadagi bo'sh turgan pullarni bankka joylashtirish orqali olinadigan daromadlarning 15 foizi respublika byudjetiga o'tkaziladi.

❗️Davlat organlari joriy yil yakunigacha asosiy vositalarni xarid qilishi hamda bino va inshootlarni ta'mirlashi taqiqlandi (maktablar, bog'chalar, tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylari mustasno).

➡️ Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblashda minoralar, ko'priklar (estakadalar), rezervuarlar (o't o'chirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) soliq bazasi sifatida ko'rilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yangi Yo'l harakati qoidalari tasdiqlandi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

➡️ Qonunchilikka ko'ra, xodim o'z roziligi bilan ish vaqtidan tashqari surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoiti og'ir va zararli ishlarda – 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

❗️Masalan, agar xodim birinchi kuni 4 soat ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilingan bo'lsa, ertasi kuni hatto uning roziligi bo'lgan taqdirda ham uni bunday ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ish smenasi 12 soat bo'lganda, shuningdek mehnat sharoiti o'ta og'ir va o'ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi bo'lgan taqdirda ham yo'l qo'yilmaydi.

🚫 Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 2 baravari (540 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Prezidentning tegishli qaroriga asosan, chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, savdo ustamalari quyidagidan ortiq bo'lmasligi kerak:

👉 ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan;

👉 chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Qonunchilikka ko'ra, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, tavsiyanomaga ega bo'lgan fuqarolar quyidagilarga:

🔸 respublikaning oliy harbiy ta'lim muassasalaridagi tegishli ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko'ra o'zlari to'plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo'shimcha ball shaklidagi imtiyozga;

🔸 respublikaning OTM (oliy harbiy ta'lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o'qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

🔸 Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tagan fuqarolarga berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi eksport qiluvchilarga banklar kreditlari, shu jumladan eksport oldi kreditlari bo'yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 4 milliard so'mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Supermarketlarda xaridorlarga quyidagicha qo'shimcha xizmatlar tashkil etilishi kerak:

● buyurtmalar saloni;
● tovarlarni o'rash stollari tashkil etish;
● sovg'a to'plamlarini butlash;
● tovarlarni uyga eltib berish;
● vaqtincha foydalanishga berish punktlari va maishiy xizmatlarning boshqa turlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Chiqindi qutilari, jumladan, quyidagi joylarda majburiy tartibda o'rnatiladi:

▫️ ko'p kvartirali uylarning podyezdiga kirish yo'lida – 1 ta;

▫️ tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yo'lida – 1-2 ta;

▫️ metro, yer osti va yer usti o'tish joylarining har bir kirish (chiqish) yo'lida – 2 ta;

▫️ jamoat yo'lovchi transport bekatlarida – 1-2 ta;

▫️ avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yo'lida – 1-2 ta.

➡️ Chiqindi qutilari majburiy tartibda o'rnatilishi lozim bo'lgan joylar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Barcha ta'lim tizimi xodimlari diqqatiga!

🔸Huquqiy muammolaringiz bormi?
🔸Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

⚠️ Adliya vazirligi tomonidan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o'tkaziladi.

Sayyor qabul 2022-yil 21-aprel kuni Talabalar shaharchasi, Universitet ko'chasi (O'zMU va TDTU binolari oralig'i) hududida soat 15:00 da boshlanadi.

⚖️ Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:

▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
▫️Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo'limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko'rsatiladi;
▫️sovrinli viktorinalar o'tkaziladi.

📢 Sayyor qabulga barcha ta'lim tizimi xodimlarini chorlaymiz!

📍Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet ko'chasi. Avtobus: 11, 28, 31, 34, 87, 90, 116. Metro: "Beruniy" bekati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tadbirkorlar o'z huquq va manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan fuqarolik sudlariga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, yovvoyi hayvonlar bilan munosabatda quyidagilar taqiqlanadi:

▪️yovvoyi hayvonlarni ruxsatnomasiz saqlash;
▪️yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yerto'lalar, o'tiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
▪️ruxsatnomasiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni o'zboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
▪️quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli bo'lgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
▪️yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmaydi (YUNESKO ishlari bo'yicha milliy komissiya bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Ishlab chiqarish ta'limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan kollej va texnikumlarda pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishga haqli.

➡️ Zarurat bo'lganda kollej va texnikumlar ishlab chiqarish ta'limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan, oliy ma'lumoti bo'lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo'shimcha mashg'ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Daraxtlar va butalarni sug'orish va oziqlantirish:

🔸 shahar va tumanlar markazlaridagi ko'chalarda – hokimliklar shuningdek, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqda tashkilotlar;

🔸 ichki ko'chalar, mahallalar hududlari hamda ko'p qavatli uylar oralig'i va atrofida – mahalla, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqda tashkilotlar;

🔸 tashkilotlarning hududlarida – yer egalari;

🔸 avtomobil yo'llari bo'ylarida – Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tashkilotlari;

🔸 temir yo'llar bo'ylarida – “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tashkilotlari;

🔸 daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo'ylarida – hokimliklar va suv xo'jaligi organlari;

🔸 fermerlar yerlarida va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan boshqa yerlarda – yer egalari;

🔸 zaxira yerlarda – hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin