Huquqiy axborot | Lotin
6.33K subscribers
3.81K photos
370 videos
2 files
8.42K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Mas'ul rahbarlarning kriminogen vaziyat og'ir mahallalarda erishilgan natijalari ularning faoliyatini baholashda inobatga olinadi hamda tegishli respublika rahbarlari ishtirokida quyidagi muddatlarda tanqidiy muhokama qilinadi:

🔹har oy yakunida — ichki ishlar vaziri huzurida;

🔹har chorak yakunida — Bosh prokuror huzurida;

🔹har yarim yilda Bosh vazir huzurida.

⚠️ Shuningdek, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi hamda rag'batlantirish yoki intizomiy jazo choralari belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

▪️davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta'minlash;

▪️fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo'llash mexanizmlarini kengaytirish;

▪️davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish;

▪️ma'muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

▪️fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma'muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo'lgan ishonchini yanada oshirish;

▪️davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta'sirchan mexanizmlarini to'liq joriy etish;

▪️ma'muriy yustisiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma'muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📌Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

🔹ma'muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o'z huquqlarini himoya qilish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📚 Tadbirkorlarning vaqt va mablag' bilan bog'liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2025-yil 1-maydan tadbirkor tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo'yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalarni to'xtatib qo'yish tartibi joriy etiladi.

📢 Bunda, tadbirkorlik subyekti soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan hamda soliq organi tomonidan o'zining banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operasiyalar to'xtatib qo'yilishiga e'tiroz bildirgan taqdirda, ushbu masala amaldagi tartibga muvofiq soliq organi arizasiga asosan sud tomonidan hal etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudga murojaat etish muddatlari ma'muriy da'vo turlaridan kelib chiqib qayta ko'rib chiqilib, ayrim turdagi nizolar (masalan, haqiqiy emas deb topish haqidagi talab) bo'yicha sudga murojaat qilishning maxsus muddatlari belgilanadi.

📝 Ma'muriy sudlarga jamoaviy arizalar berish tartibi va asoslari belgilanadi.

⚠️ Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishga vakolatli bo'lgan davlat organlari va boshqa shaxslar doirasi kengaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlarga nizo predmetiga doir qo'shimcha talablar bilan murojaat qilish imkoniyati yaratiladi (bunda dastlabki arizaga qo'shimcha talab bildirilganda ularni birgalikda ko'rib chiqish tartibi joriy etiladi).

🌐 Ma'muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokiga oid normalar xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtiriladi.

📚Ma'muriy sudlarga bo'lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlarini ijro etishning ta'sirchan mexanizmlari joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun ma'muriy qamoqqa olish jazosi qo'llangan shaxslarni maxsus qabulxonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo ma'muriy konvoy guruhlari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida sinov tariqasida kriminogen vaziyat og'ir hududlardagi profilaktika bo'linmalarida ma'muriy amaliyot guruhlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

📌 Ular zimmasiga profilaktika inspektorlariga tushgan murojaatlar yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan hujjatlarini o'rganib, tarkibida ma'muriy huquqbuzarlik bo'lgan holatlar yuzasidan belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ayrim hududlarining kriminogen vaziyat og'ir mahallalarida tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yo'lga qo'yish hamda beshtagacha mahallani mikrohududlarga birlashtirgan holda jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha tezkor harakatlanish tizimi joriy etiladi.

🔘Bunda, mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qoida tariqasida, quyidagilarni doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi:

🔹mikrohududga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari;

🔹xotin-qizlar masalalari bo'yicha, probasiya, yo'l harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi;

🔹Milliy gvardiya qo'riqlash bo'linmalarining naryadlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas.

▪️ homilador ayollarga;

▪️ 3 yoshgacha bolasi bo'lgan ayollarga;

▪️ 14 yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga;

▪️ 18 yoshga to'lmagan shaxslarga;

▪️ I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega:

🔹o'zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo'lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo'lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini bepul olib yurish;

🔹nogironligi bo'lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan foydalanish, zaruratga ko'ra tegishli xodimlardan yordam olish;

🔹bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;

🔹bekatlarda joylashgan tibbiy punktlar yordamidan foydalanish;

🔹telefon va aloqa vositalaridan foydalanish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, autstaffing xizmati bu — autstaffer tomonidan o'z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga (qabul qiluvchi tashkilotga) ushbu xodimlar tomonidan autstaffer va uning xodimi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida hamda jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtincha yuborish yo'li bilan ko'rsatiladigan xizmat turi hisoblanadi.

📝 Bunda, autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko'rsatiladi.

🗓 Shuningdek, autstaffing shartnomasi orqali xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish muddati bir kalendar yil davomida 9 oydan oshmasligi kerak.

✔️ Ammo, taraflarning kelishuvi va xodimning roziligi bilan mazkur muddat uzaytirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM