Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.75K photos
299 videos
2 files
8.19K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

🔹aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

🔹davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

🔹korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

📌 Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to'lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo'llanilmasligi belgilangan.

Ammo, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishini bekor qilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📕 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Unda davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to'liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko'rsatiladi.

🪪 Xizmat guvohnomasi identifikatsiyalovchi karta ko'rinishida ham berilishi mumkin.

🚫 Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

🔍 Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda uni bergan davlat organiga qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo'nab ketayotgan fuqarolar uchun plaskart va umumiy vagonlarga bo'lgan temir yo'l biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

▪️Qo'y go'shti;
▪️Parranda go'shti;
▪️Mol go'shti;
▪️Tuxum;
▪️O'simlik yog'i;
▪️Un;
▪️Shakar;
▪️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📝 Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to'lmagan) O'zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda qo'llab-quvvatlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka ko'ra, yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensasiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to'lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin