Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.75K photos
299 videos
2 files
8.19K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqaroning qaerdaligi haqida qancha muddat davomida ma'lumotlar bo'lmasa, sud fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topishi mumkin?
Anonymous Quiz
38%
1 yil
6%
2 yil
28%
3 yil
27%
5 yil
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

🔹aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

🔹davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

🔹korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar ishonchnomada muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, u berilgan kundan boshlab qancha muddat mobaynida o'z kuchini saqlaydi?
Anonymous Quiz
35%
3 yil
5%
2 yil
40%
1 yil
20%
6 oy
#Kun_tarixi

🗓 10-dekabr (1992-yil)

“O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko'ra, Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

📌 Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Necha nafar va undan ortiq o'n sakkiz yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oila hisoblanadi?
Anonymous Quiz
31%
5 nafar
44%
4 nafar
22%
3 nafar
3%
2 nafar
#Amal_qiling

🔰Jinoyat kodeksiga ko'ra, o'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash yoki ularni o'tkazish:

juda ko'p miqdorda;
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa:

🔹10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlar_huquqi

🚫Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to'lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

🔍 Bunda, ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo'shatish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda (9 mln 375 ming so'mgacha) jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda o'z vakolatlari doirasida muayyan xodimga (xodimlarga) yoki jamoaga yo'naltirilgan va bir marta qo'llanilish uchun mo'ljallangan yakka tartibdagi qanday huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin?
Anonymous Quiz
9%
farmoyishlar, qarorlar
23%
buyruqlar, farmoyishlar
33%
qarorlar, buyruqlar
34%
buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to'lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo'llanilmasligi belgilangan.

Ammo, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishini bekor qilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

🗓
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun — 14 dekabr (shanba) rasmiy ish kuni hisoblanadi.

📌Bunda xodimlar shanba kuni ishlaganliklari hisobiga, dam olish kuni 30 dekabr (dushanba) kuniga ko'chirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📕 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Unda davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to'liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko'rsatiladi.

🪪 Xizmat guvohnomasi identifikatsiyalovchi karta ko'rinishida ham berilishi mumkin.

🚫 Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

🔍 Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda uni bergan davlat organiga qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM