Huquqiy axborot | Lotin
6.15K subscribers
3.76K photos
309 videos
2 files
8.23K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotiga daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan daromad solig‘i olinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Fuqarolarning O'zbekistondagi professional va oliy ta'lim muassasalari kontrakti uchun to'lagan pulidan daromad solig'i undirilmaydi.

Ushbu imtiyozdan quyidagi hollarda foydalaniladi:

fuqaro o'zining kontraktini to'laganida;
ota-onalar farzandlari kontraktini to'laganida;
er-xotinlar 26 yoshga to'lmagan turmush o'rtog'i kontraktini to'laganida.

⚠️ Shuningdek, ushbu soliq imtiyozidan ta'lim krediti uchun to'langan pul uchun ham foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari

✳️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan:

🔹ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'ini;

🔹uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini.

⚠️ Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari 10 yil muddatga qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari

Soliq kodeksiga
muvofiq, soliq to'lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali (ijara.soliq.uz) hisobga qo'yishda to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari

Qonunchilikka ko'ra, bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin