Huquqiy axborot | Lotin
6.33K subscribers
3.81K photos
360 videos
2 files
8.4K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

🗓 Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

▶️ Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinishi belgilangan.

🔍 Shuningdek, malaka oshirish kursiga boshqa shaharga yuborilgan tinglovchilarga o‘qish joyiga bir marta kelish, ketish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi lozim.

Shuningdek, ular uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soat-u 30 daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi mumkin.

🗓 Bunda ushbu ta'tilning hech bo'lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo'lmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Mehnat_huquqlari

🎓 Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o'tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan xodimlarga ish va o'qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

🗓 Shuningdek, mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo'yicha o'rtacha ish haqi saqlangan holda o'quv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga kafolatlar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari

Qonunchilikka ko'ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo'lganda;

sayyor va ko'chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko'ra boshqa joydagi ishga ko'chib o'tganda;

ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o'tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko'rikdan o'tganligi munosabati bilan;

xodim foydalanmagan yillik mehnat ta'tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensasiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari

✔️ Mehnat kodeksiga ko'ra:

🔹mehnat shartnomasi bu - xodim va ish beruvchi o'rtasidagi taraflarning o'zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hisoblanadi;

🔹jamoa shartnomasi bu - mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o'z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to'g'risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari

✔️Qonunchilikka ko'ra, xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹xodimlarining soni 20 nafar va undan ortiq bo'lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo'linmasini) tugatish;

🔹xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:

🏷 30 kalendar kun ichida 50 nafar va undan ortiq xodimning;

🏷 60 kalendar kun ichida 200 nafar va undan ortiq xodimning;

🏷 90 kalendar kun ichida 500 nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.

⚠️ Ammo, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish to'g'risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo'qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o'zida qisman yoki to'liq kompensasiya qilish orqali 6 oy muddatgacha to'xtatib turishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_huquqlari

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 12 yoshga to'lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning ota-onasidan biriga yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsga har yili davomiyligi kamida to'rt kalendar kun bo'lgan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.

📋 Bunda mazkur ta'til yillik mehnat ta'tiliga qo'shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta'tildan alohida (to'liq yoxud qismlarga bo'lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin.

🚫 Ammo ushbu ta'tilni keyingi ish yiliga ko'chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM