#Bilasizmi
🔰 Vasiyatnoma bo'lmaganida qonun bo'yicha vorislik asosida meros taqsimlanadi.
➡️ Qonun bo'yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug'ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
📁 Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun bo'yicha meros olmaydilar.
📌 Qonun bo'yicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxo'rlar bo'lmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega bo'ladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

🚫 Qonunchilikka ko'ra, o'zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'lishiga bog'liq bo'lsa taqiqlanadi.
⚠️ Mazkur qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Sudyalar oliy kengashi raisi va a'zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori hamda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi.

🔰Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi talabidan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardan bunday cheklovlar chiqarildi.

▶️ Farmonga ko'ra, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olinishi belgilab qo'yildi.

🔰 Mulk huquqining konstitusiyaviy kafolatlarini ta'minlash, shu jumladan, mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilanadi.
🏬 Uy-joy daxlsizligi huquqini ta'minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitusiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlari qayta ko'rib chiqiladi.

#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
15-modda

🔰 Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari (jinoiy va ma'muriy jazo choralari, shu jumladan, jarima, musodara qilish, shuningdek, moliyaviy sanksiya, penya, lisenziyani to'xtatish yoki bekor qilish va boshqalar) mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerakligi to'g'risidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy ta'sir choralari qayta ko'rib chiqiladi.
📝 Insonning huquq va erkinliklarini faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to'g'risidagi konstitusiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlari qayta ko'rib chiqiladi.

❗️Strategik islohotlar agentligining qo'shimcha vazifalari belgilandi
“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–190-son, 08.11.2023 y.) qabul qilindi
🔰 Farmon bilan Strategik islohotlar agentligining qo'shimcha vazifalari belgilandi. Shunga ko'ra, Agentlik:
➖aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarni transformatsiya qilish bo'yicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi;
➖ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega yo'nalishlarda xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o'rganishni tashkil qilib, ularni O'zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
➖xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
➖istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
➡️ Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumotni Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi.

❗️Dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko'p o'lchami oshirildi
“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o'lchamini oshirishga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰 Yer kodeksi hamda “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va ko'shimchaga ko'ra, dehqon xo'jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo'lgan o'lchamda yer uchastkalari beriladi.
📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

#Diqqat_tanlov
🇺🇿 Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.
✅ Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.
📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).
🔰 Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:
1️⃣-bosqich – test sinovlari:
▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o'quvchilari uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 29-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
2️⃣-bosqich – suhbat.
➡️ Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.
☑️ Test sinovi yangi Konstitutsiya asosida tuzilgan 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko'rib chiqiladi.
❕Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.
⏩ Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.
🖥 Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.
🎁 G'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
⚠️ Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.
❗️Ishtirokchi keyingi bosqichga o'tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat'i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

Telegraph
Umummilliy Konstitutsiya imtihoni
#Bilasizmi
✅ Elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o'rnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undirilishi belgilangan:
➖1 oygacha bo'lgan muddatga – 10 foiz;
➖6 oygacha bo'lgan muddatga – 50 foiz;
➖3 yilgacha bo'lgan muddatga – 100 foiz.
❗️Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
⚠️ Ma'lumot uchun: Ishonchnomalarni my.gov.uz orqali elektron rasmiylashtirish yo'lga qo'yilgan.

O'zbekistonda insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.
O'zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart.
19-modda

“O'simliklarni himoya qilish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–877-son, 09.11.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰Qonunga muvofiq, O'zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish vositalari va o'simliklarni himoya qilish vositalari ro'yxatga olinishi lozim.
🧾 Ro'yxatga olish Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan o'tkazilgan sinovlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
🗓 Kimyolashtirish vositalari va o'simliklarni himoya qilish vositalari 5 yil muddatga ro'yxatga olinadi.
❕Ro'yxatga olish uchun sinovlarni o'tkazish muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
➡️ O'simliklarni himoya qilish bo'yicha shoshilinch choralar ko'rilishini talab qiluvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, ro'yxatdan o'tkazilmagan o'simliklarni himoya qilish vositalarini 1 yilgacha muddatda tajriba tariqasida qo'llashga yo'l qo'yiladi.
🚫 Kimyolashtirish vositalari va o'simliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus omborxonalarda yoki maxsus xonalarda saqlashga yo'l qo'yiladi. Ularni maxsus idishsiz saqlash taqiqlanadi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

✅ Qonunchilikka ko'ra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to'langan bo'lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

#Adliya_tabrigi
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!
Sizlarni 11-noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e'tirofga loyiq.
Mana shunday mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo'lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

🔰 O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari – bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.
❗️ O'zbekiston fuqarolari, shuningdek O'zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.
⚠️ Davlat ramzlarining himoyasini ta'minlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

❗️Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so'mgacha oshiriladi
“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o'rni va ulushini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-364-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda quyidagi maqsadli ko'rsatkichlarga erishishga qaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshiriladi:
🔹mikromoliyalash bozori hajmini kamida 5 barobarga oshirish;
🔹mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorlarni qamrab olish;
🔹mikromoliya tashkilotlari resurs bazasida jismoniy shaxslardan jalb qilinadigan mablag'lar miqdorini 2 barobarga oshirish;
🔹mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish orqali rasmiy daromadga ega bo'lmagan 500 mingga yaqin shaxslarni o'zini o'zi band qilish va biznesni rivojlantirishga ko'maklashish.
🗓 2024-yil 1-yanvardan:
➖mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so'mdan 100 mln so'mgacha oshiriladi;
➖nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
➖mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag'larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko'rsatishga ruxsat beriladi;
➖jismoniy shaxs bo'lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag'larini jalb etishga ruxsat beriladi;
➖mikromoliya tashkilotlari tegishli lisenziya olgan holda to'lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi;
➖jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.
❕Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo'lganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
➖mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;
➖tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning ko'rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo'yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.
✅ 2024-yil 1-aprelgacha mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan yangi mikromoliya tashkiloti tashkil etiladi.
📋 2024-yil 1-yanvargacha mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.

❗️Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi
“Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-193-son, 10.11.2023 y) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi.
🗓 Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan tadbirkorlarga quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:
🔘 o'rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish loyihalariga:
🔹loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko'chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko'rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;
🔹ko'chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig'iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;
🔘 kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga:
🔹kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;
🔹tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so'mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;
🔹Kompaniya mablag'laridan foydalanish bo'yicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar bo'yicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;
🔘 2024-2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so'mgacha ajratiladigan kreditlar bo'yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga kompensasiya taqdim etish.

O'zbekiston fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o'zaro huquq va majburiyatlar bilan bog'liqdir.
Insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerak.
Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
20-modda

Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Avvalo, o'z hayotini shunday sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, oila va jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.
Barchangizni qutlug' kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog'liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.