Huquqiy axborot | Lotin
6.2K subscribers
3.77K photos
315 videos
2 files
8.25K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Eslatma

🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)

📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Konunchilikka koʻra, kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish hisoblanadi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

❗️Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka koʻra, ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda boʻlish uchun oʻgʻrilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga toʻsqinlik qilish, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima;

360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka koʻra, agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

▶️ Shuningdek, soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka koʻra, xorijdan olib kelingan yoki respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi qoplab berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, oilaviy bogʻchalar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlarida va hajmlarda ish haqini toʻlash uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi Manba: (515-son, 29.09.2023-y.);

🔹Kollej va texnikumlarda taʼlim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi Manba: (516-son, 29.09.2023 y);

🔹“Yashil” isteʼmol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi Manba: (517-son, 29.09.2023-y.);

🔹Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi Manba: (PF-166, 28.09.2023-y.);

🔹Mayning faoliyati quyosh energiyasi bilan amalga oshiriladi Manba: (roʻyxat raqami 3461, 29.09.2023-y.);

🔹Davlat daromadiga olingan mol-mulklar “E-auksion shop” orqali sotiladi Manba: (526-son, 04.10.2023-y.);

🔹Sogʻliqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi Manba: (OʻRQ-870, 04.10.2023 y).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Maktab o'qituvchilariga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga (980 ming so'm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qo'shimcha haq to'lanishi belgilangan:

🔘sinfdagi o'quvchilar soniga ko'ra sinf rahbarligi uchun:

15 nafar o'quvchigacha – 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o'quvchigacha – 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o'quvchigacha – 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o'quvchigacha – 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko'p o'quvchi bo'lganda – 52,8 foiz;

🔘 daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o'quvchilar ikki guruhga bo'lib o'qitiladigan fanlar bo'yicha ham) sinfdagi o'quvchilar soni 15 nafargacha bo'lganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo'lganda – 17,6 foiz.

🔘 informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to'siqsiz o'tib ketishi uchun yo'l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma'muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish tugatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi

“O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-329, 10.10.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-yanvargacha quyidagilar tashkil etiladi:

🔹yo'l xo'jaligi, elektr ta'minoti, signallashtirish va aloqa, lokomotiv xo'jaligi, yagona dispetcherlik markazi va yuk stansiyalari ish faoliyatini ta'minlash bo'yicha “Temiryo'linfratuzilma” AJ;

🔹yuk tashish xizmatlarini amalga oshirish, yuk vagon va konteyner xo'jaligini saqlash va rivojlantirish, multimodal “eshikdan eshikkacha” tashuvlarni yo'lga qo'yish, logistika markazlari va terminallarini tashkil etish bo'yicha “Temiryo'lkargo” AJ;

🔹yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmatini ko'rsatish bo'yicha “Temiryo'lekspress” AJ;

🔹“O'ztemiryo'lyo'lovchi” AJ tarkibida vokzallar faoliyatini ta'minlash bo'yicha “Temir yo'l vokzallari” MCHJ va shahar atrofida yo'lovchilar tashish bo'yicha “SHahar atrofida yo'lovchi tashish” MCHJ;

🔹bolalar oromgohlari, sog'liqni saqlash, madaniy-ma'rifiy va sport obyektlarini saqlash bo'yicha “Temir yo'l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi.

📝 Temir yo'lda yuklarni mahalliy, eksport va import yo'nalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar 2024-yil 1-yanvardan bekor qilinadi hamda ularni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqdim etish tartibi joriy etiladi (bundan ikki yoki undan ko'p xorijiy mamlakatlarning temir yo'l ma'muriyatlari bilan kelishuvlarga asosan taqdim etilgan chegirmalar mustasno).

🗓 2023-yil 1-dekabrgacha temir yo'llarda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar ro'yxati tasdiqlanadi.

☑️ 2024-yil 1-yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o'tiladi.

🗒 2025-yil 1-yanvardan mahalliy yo'nalishlarda yo'lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poezdlarda yo'lovchilarni tashish bundan mustasno) ko'rsatishdan ko'rilgan zararlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temir yo'l transportida yuk tashish xizmatlariga berilgan chegirmalar Davlat byudjeti hisobidan kompensasiya qilinadi.

📋 2027-yil 1-yanvargacha temir yo'l transporti xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortish-tushirish ishlari uchun mo'ljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.

2026-yil 1-yanvargacha “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga o'zaro to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida tovarlarni sotish, ijaraga berish, xarid qilish, yetkazish, ish (xizmat)larini bajarishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Metrodan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

Hukumat qarori (535-son, 10.10.2023 y.) bilan “Metropolitenda yo'lovchilar hamda boshqa shaxslarning bo'lishi qoidalari” tasdiqlandi

🔰 Unga ko'ra, Metropolitenda yo'lovchining bo'lishi va uning yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo'l chiptasi orqali yoki imtiyozga hamda bepul yurish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning tegishli hujjatini ko'rsatishi bilan tasdiqlanadi.

▶️ Yo'lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan yuklarini ko'zdan kechirish uchun taqdim etadi.

Bunda qidiruvdagi shaxslar deb gumon qilingan yoki ko'zdan kechirish jarayonida o'zini shubhali tutayotgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy ko'zdan kechirilishi mumkin.

📁 Yo'lovchilar va boshqa shaxslar ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga asosan ko'zdan kechirishdan o'tishni rad etgan taqdirda, metropolitenga kiritilmaydi.

🚫 Metropoliten infratuzilmasi obyektlari va xavfsizlik hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:

yonuvchan, portlovchi moddalardan va bosim ostida ishlovchi qurilmalardan foydalanishni talab etadigan barcha faoliyat turlari bilan shug'ullanish
va shu bilan bog'liq ko'ngilochar shoxobchalarni qurish hamda tashkil etish;

metropoliten inshootlaridan, shu jumladan, yer usti shamollatish qurilmalaridan 25 metrdan kam masofada chiqindilarni to'plash, yoqish
va gulxanlar tashkil etish;

gaz yoqilg'isida harakatlanuvchi transport vositalari (avtomatik yong'in o'chirish tizimi bilan jihozlangan, estakada inshootlari ostidagi maxsus ochiq avtoturargohlar bundan mustasno) va yonuvchi materiallar ortilgan transport vositalarini estakada inshootlari ostiga (avtoturargohlarga) joylashtirish.

🔘 Metropolitenda quyidagilarga ruxsat etilmaydi, jumladan:

▪️spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini iste'mol qilish yoki mast holda kirish;

▪️qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish;

▪️metropoliten hududida oyoq kiyimsiz va kiyimsiz holda bo'lish;

▪️bekatga yo'lovchilarning kiyimi, metropoliten vagonlari, inshootlari va qurilmalarini kir qilishi mumkin bo'lgan yuklar va buyumlar, shuningdek, velosiped (yig'iladigandan tashqari), moped, skuter va boshqa harakatlanish vositalari bilan kirish;

▪️bekat hududida, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish, har xil turdagi sport to'plarini o'ynash.

🔘 Yo'lovchilar metropolitendan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

🔸o'zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo'lgan bolalarini, bolalar va nogironligi bo'lgan shaxslar aravachalarini, bolalar velosipedlarini, musiqa asboblarini, shuningdek, g'ilofga solingan holda sanchiluvchi, kesuvchi va oson sinuvchi buyumlar, chana, chang'i va baliq ovi uchun qarmoqlarni bepul olib yurish;

🔸nogironligi bo'lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan metropolitenning texnik vositalaridan (liftlar, nogironligi bo'lgan shaxslar aravachasini ko'taruvchi/tushuruvchi moslamalar va boshqa jihozlar) foydalanish, zaruratga ko'ra tegishli xodimlardan yordam olish;

🔸bekatlarni havaskorlik foto va videotasvirga olish;

🔸o'lchamlariga ko'ra uchta o'lchovi yig'indisi bo'yicha 200 santimetr: eni – 60 santimetr, uzunligi – 70 santimetr, balandligi – 70 santimetr bo'lgan yuklarni bepul olib yurish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, quyidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan (16 mln 500 ming so'm) oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan.

🔹"Temir daftar"ga kiritilgan oila farzandi;

🔹"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar farzandi;

🔹"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ATga kiritilgan oila farzandi;

🔹Salomatligida nuqsoni mavjud va oilasi kam ta'minlangan yosh fuqaro.

📝 Bunda ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulkini o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilish, mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 100 dan 300 baravarigacha miqdorda jarima;

480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

❗️Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, shaxslar mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo'lishi bilan, 16 yoshdan ishga qabul qilinadi.

☑️ Yоshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarining, kollejlar va texnikumlarning o'quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, o'qitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni o'qishdan bo'sh vaqtida bajarishi uchun ishga qabul qilishga — ular 15 yoshga to'lishi bilan ota-onadan birining (ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ozuqa ekin yer maydonlarida yomg'irlatib va tomchilatib sug'orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo'jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so'm miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.

▶️ Shuningdek, gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi qoplab beriladi. Bunda, mazkur uskuna qiymatining 100 million so'mdan oshmagan qismi qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

☑️ Jinoyat kodeksiga ko'ra, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish odam o'lishiga, boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa:

muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Konstitusiyasida fuqarolarning atrof-muhit va ekologiyaga oid quyidagi huquqlari mavjud:

Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega.

Davlat atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.

Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar ko'radi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi.

📌 Jinoiyligi oldindan ayon bo'lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.

🔘 G'ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, paxta terimi davomida quyidagilar taqiqlanadi:

🔹paxta dalasida ochiq olovdan foydalanish va chekish;

🔹bunkeri paxta xom ashyosi bilan to'ldirilgan paxta terish mashinasini dalada qoldirish va unga paxta maydonida yonilg'i quyish;

🔹nosoz elektr uskunalar
bilan paxta terish mashinasidan foydalanish;

🔹paxtani quritish maydonchalarida paxta terish mashinalarini saqlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahalliylashtiriladigan farmasevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi

Prezident farmoni (PF-168, 12.10.2023 y.) bilan “2022–2026 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonga o'zgartirish kiritildi.

Unga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan farmasevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat byudjeti mablag'lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmasevtika mahsulotlarini ijobiy klinik sinovlar natijalari, davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda sertifikatlash jarayonlari asosida 10 yilgacha bo'lgan muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi. (Ilgari 3 yil edi)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin