Huquqiy axborot | Lotin
6.32K subscribers
3.81K photos
358 videos
2 files
8.39K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qabul_2023

⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi

🖥
2023/2024-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi.

🌐 2023-2024-o'quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

📝 Abituriyentlar mazkur saytning “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo'limi orqali onlayn ro'yxatdan o'tadi.

Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo'lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish 20-iyulgacha (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga onlayn ro'yxatga olish esa 10-iyulgacha (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

⚠️ Belgilangan muddat davomida abiturientlar o'z ma'lumotlarini o'zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo'lsa, sertifikat ma'lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

🔗 Shuningdek, 2023/2024-o'quv yili uchun davlat granti bo'yicha qabul kvotalari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

OTMga abiturientlarning hujjatlari faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM) veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlar qabul qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

📝 2023-2024 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgustdan boshlanadi.

🔰Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1️⃣-smena – 08:00 dan 11:00 gacha;

2️⃣-smena – 15:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

📌 Test sinovlari hududlardagi abiturientlar soni va test sinovlari o'tkaziladigan binolar sig'imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to'liq yakunlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

📝 2023-2024 o'quv yilida OTMning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

➡️ Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikasiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📄 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish miqdorlari 6 370 000 so‘m etib belgilandi.

📎 Ma’lumot uchun: Yuridik texnikumlarga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20 avgustgacha (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin