Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.72K photos
272 videos
2 files
8.11K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 34-moddasida “Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o'z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta'minlashi shart”, deb belgilangan.

Fuqarolarning davlat bilan o'zaro aloqalar jarayoni turli xil ma'muriy aktlar bilan kechadi. Ma'muriy aktlar turli ko'rinishdagi hujjatlar yoki harakat shaklida bo'lishi mumkin.

Ayni shu jarayonlarda har bir shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar bilan tanishishi uning konstitusiyaviy huquqi hisoblanadi.

Mazkur modda bilan fuqarolarga o'zlariga kerakli hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish majburiyati davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga yuklatilmoqda.

Video: https://youtu.be/7LK-07hkrlI

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb belgilangan.

Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan huquqidir.

Fuqarolarning mazkur konstitusiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga ko'ra, fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.

Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi mustahkamlangan.

Video: https://youtu.be/VNOZElY3cMg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 36-moddasi: “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi”
.

Mazkur moddada Konstitusiyaning asosiy prinsiplaridan biri xalq hokimiyatini amalga oshirish mexanizmlari ko'rsatilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston fuqarolari jamiyat va davlatni boshqarish jarayonida shaxsan o'zlari yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi mumkinligi belgilangan.

SHuningdek, ushbu moddada jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish shakllari sifatida o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish ko'rsatib qo'yilgan.

Jamoatchilik nazorati 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to'g'risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Video: https://youtu.be/th4K4hFUSb4

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 37-moddasi: “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”.

Davlat xizmatiga kirishda teng huquqlilik – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, boshqa barcha davlat organlarida xizmatiga kiruvchi fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi tushuniladi.

Bu davlat xizmatiga kirishda nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanishi orqali amalga oshiriladi.

“Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonunning 28-moddasida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish bilan bog'liq cheklovlar belgilangan. Unga ko'ra, quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi:

▫️18 yoshga to'lmaganlar;
▫️sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
▫️sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
▫️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
▫️og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
▫️tibbiy xulosaga asosan sog'lig'ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.

Video: https://youtu.be/WYyfnaYVl4w

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 38-moddasi: “Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”.

Ushbu moddada fuqarolarga ijtimoiy faolliklarini ommaviy tadbirlar, xususan mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o'tkazish qoidalari tasdiqlangan.

Mazkur qoida bilan O'zbekiston hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish hamda ularning ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o'tkazish obyektlari ma'muriyatlarining, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya bo'linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o'tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta'minlash bo'yicha o'zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlari tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/dxsbighfFBQ

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 39-moddasi: “O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”.

Fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etishi eng asosiy siyosiy huquqlardan hisoblanadi.

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o'z faoliyati yoki o'qishi turi bo'yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o'z ustavi asosida faoliyat ko'rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.

Siyosiy partiya – O'zbekiston fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko'ngilli birlashmasi.

Jamoat birlashmasi – o'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma.

Video: https://youtu.be/9iJWki6RSQc

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 40-moddasi: “Har kim bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart”.

Murojaat qilishi huquqi har bir shaxsga tegishli, uni jamoaviy shaklda ham amalga oshirish mumkin.

Ariza – huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

Taklif – davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o'z ichiga olgan murojaat.

Shikoyat – buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to'g'risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Murojaatlarni ko'rib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.

Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e'tiboran 1 oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.

Video: https://youtu.be/MVFuxQOYD7w

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bank operasiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb belgilangan.

Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo'lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Bank sirini himoya qilish maxsus “Bank siri to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.

Unga ko'ra bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilish, og'zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo'sinda tarqatish yoki ma'lum qilish, uchinchi shaxslar e'tiboriga yetkazish, bunday ma'lumotlarni qo'lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.

Bank sirini oshkor qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Merosga egalik qilish huquqi Fuqarolik kodeksida batafsil tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/tbzJw_EVU3k

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 42-moddasi: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”.

Mehnat kodeksida har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan.

“Aholi bandligi to'g'risida”gi qonunda aholini ish bilan ta'minlash, ishsizlikdan himoya qilish, ishsizlik nafaqasi to'lash tartibi belgilangan.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek ta'lim olish, sog'liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lishi tushuniladi.

Homilador yoki bolasi bor ayollarning ishga joylashish huquqi konstitutsiyaviy kafolat sifatida belgilangan.

Video: https://youtu.be/t6wqZ-FEQOs

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 43-moddasida “Davlat fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag'allikni qisqartirish choralarini ko'radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag'batlantiradi”, deb belgilangan.

Fuqarolarni ishsizlikdan himoyalash, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir.

Aholi bandligini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan ish beruvchilarga subsidiyalar, grantlar, kreditlar ajratiladi.

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo'linmasi sifatida kasbga o'qitish markazlari tashkil qilinadi.

Video: https://youtu.be/to0rwQq5kEg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 44-moddasi: “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

Bolalar mehnatining bolaning sog'lig'iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”.

Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo'llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o'z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo'lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta'sir choralarini qo'llash yoki qo'llash tahdidi tushuniladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi talablarni buzish, ya'ni voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog'lig'iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlarda foydalanish uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Video: https://youtu.be/OApr_ssGHdY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 45-moddasi: “Har kim dam olish huquqiga ega.

Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi”.

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo'lgan va o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir.

Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

▫️ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
▫️har kungi (smenalar oralig'idagi) dam olish;
▫️dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
▫️ishlanmaydigan bayram kunlari;
▫️har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari;
▫️xodimning istagiga ko'ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensasiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo'sh bo'lgan qo'shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.

Video: https://youtu.be/6JZSlItjrlk

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 46-moddasi: “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas”.

Davlat tomonidan pensiyalarning bir qator turlari belgilangan, unga ko'ra:

▫️yoshga doir pensiya;
▫️nogironlik pensiyasi;
▫️boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

▫️erkaklar – 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda;
▫️ayollar – 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

Eng kam iste'mol xarajati deganda, insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun 1 oy davomida zarur bo'ladigan tovar va xizmatlarni sotib olishga yetadigan mablag' miqdori tushuniladi. Eng kam iste'mol xarajatlari miqdorini hisoblab chiqishda bugungi sharoitda aholining real o'rtacha ijtimoiy xarajatlarini inobatga olish lozim.

Video: https://youtu.be/j9WZY5IXyC4

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 47-moddasi:

“Har kim uy-joyli boʻlish huquqiga ega.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Uy-joyga ega boʻlish huquqi shaxsning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Undan mahrum qilish sud qarori asosida amalga oshiriladi. Uy-joyi jamiyat va davlat e’tiyoji uchun olib qoʻyilgan shaxslarga koʻrgan zarari toʻliq qoplab berilishi shart.

Bunda sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga yoʻl qoʻyilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi mulkdorning erki-xohishidan qat’i nazar, majburiy tarzda bekor boʻlayotganda qoʻllanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqini bekor boʻlishiga sabab boʻluvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida obyektiv tarzda koʻrib chiqiladi.

Davlat tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari va va aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga subsidiya berish tizimi joyiy etilgan.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, koʻp bolali oilalardagi ota-onalar, “Mehribonlik uylari” bitiruvchilari, nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.

Video: https://youtu.be/Sh-JdqTE5jo

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin