Huquqiy axborot | Lotin
6.24K subscribers
3.72K photos
270 videos
2 files
8.1K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Ijtimoiy_aksiya

Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo'shatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi.

🔰 Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lganda quyidagilarga afzallik beriladi:

🔹qaramog'ida 2 yoki undan ko'p kishi bo'lgan xodimlarga;

🔹oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo'lmaganlarga;

🔹shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo'lganlarga;

🔹malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o'qishni tamomlagan shaxslarga;

🔹ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;

🔹nogironligi bo'lgan shaxslarga;

🔹1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

🔹mehnatdagi yutuqlari uchun rag'batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo'lmagan xodimlarga;

🔹atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko'rgan shaxslarga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Yangi turmush qurgan yoshlarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

🔰 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so'mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

▶️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

▫️bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

▫️20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;

▫️boshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda.

☑️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo'lishi lozim, jumladan:

🔹kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;

🔹 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo'lishi lozim);

🔹daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega bo'lishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bank operasiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb belgilangan.

Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo'lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

Bank sirini himoya qilish maxsus “Bank siri to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solingan.

Unga ko'ra bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilish, og'zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo'sinda tarqatish yoki ma'lum qilish, uchinchi shaxslar e'tiboriga yetkazish, bunday ma'lumotlarni qo'lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.

Bank sirini oshkor qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Merosga egalik qilish huquqi Fuqarolik kodeksida batafsil tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/tbzJw_EVU3k

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

▶️ Qonunchilikka ko'ra, sportning quyidagi turlari bo'yicha respublika musobaqalarida 1-o'rinni, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) 1-, 2-, 3-o'rinlarni egallagan akademik lisey, kasb-hunar kolleji va maktablar bitiruvchilari tegishli OTMga ushbu yo'nalishlarga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlari va qo'shimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi:

🔸avtomobil va motosikl sporti;

🔸sportning aviamodel va raketamodel turlari;

🔸olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

Qonunchilikka ko'ra:

🔸“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;

🔸suv omborlarida ishlovchi mas'ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo'yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Ishga qabul qilish qoidalari buzilganligi asosi bilan ishdan bo'shatishga faqat o'sha qoidabuzarlikni bartaraf qilish iloji bo'lmaganda yo'l qo'yiladi

🔰Ishdan bo'shatish ish beruvchi va xodimga bog'liq bo'lmagan asoslar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mehnat kodeksida quyidagilar taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar sifatida ko'rsatilgan:

1️⃣ xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi;

2️⃣ shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi (masalan, xodim noqonuniy ishdan bo'shatilsa, sud uni qayta tiklasa). Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

3️⃣ xodim sud hukmi bilan ishlashni cheklaydigan jazoga hukm qilinganda (masalan, ozodlikdan mahrum qilinganda);

4️⃣ ishga qabul qilish qoidalari buzilganda, agar qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo'lmasa va u ishni davom ettirishga to'sqinlik qilsa;

5️⃣ ishni davom ettirishga to'sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda (xodim tibbiy xulosa asosida to'liq mehnat qilishga qobiliyatsiz deb topilganda, lisenziya yoki ruxsatnoma tugatilganda). Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

6️⃣ sud qarori asosida tashkilot tugatilganda;

7️⃣ xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori yoki Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganda;

8️⃣ xodim vafot etganda, sud tomonidan bedarak yo'qolgan deb e'tirof etilganda yoki vafot etgan deb e'lon qilinganda;

9️⃣ Qonunchilik palatasi deputati, Senat a'zosi vakolati tugaganligi yoki ular tarqatib yuborilganligi uchun ular avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi. Bunda xodimni bo'shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

🔟 qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar.

⚠️ Saylanadigan yoki tanlov asosida tayinlanadigan lavozim muddati tugaganidan keyin xodim qayta saylanmasa yoki tanlovdan o'tmasa, u ishdan bo'shatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 42-moddasi: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”.

Mehnat kodeksida har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan.

“Aholi bandligi to'g'risida”gi qonunda aholini ish bilan ta'minlash, ishsizlikdan himoya qilish, ishsizlik nafaqasi to'lash tartibi belgilangan.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek ta'lim olish, sog'liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lishi tushuniladi.

Homilador yoki bolasi bor ayollarning ishga joylashish huquqi konstitutsiyaviy kafolat sifatida belgilangan.

Video: https://youtu.be/t6wqZ-FEQOs

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul bo'yicha onlayn muloqot tashkil etiladi.

🗓 Onlayn muloqot 2023 yil 21 iyul kuni soat 16:00 da boshlanadi.

🎯 Asosiy maqsadyuridik texnikumlarga 2023/2024 o'quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini keng jamoatchilikka yetkazish.

➡️ Muloqot vazirlikning “Adliya bilan muloqot” guruhi va YouTube ijtimoiy tarmog'idagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

Onlayn muloqotda savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan javob beriladi.

📲 Shuningdek, mavzu yuzasidan savollaringizni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o'tamiz, yuridik texnikumlariga qabul 1 avgustdan boshlanadi (batafsil infografikada).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️“Mehnat huquqi” bo‘yicha umummilliy imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasidagi “Mehnat huquqi” bo‘yicha umummilliy imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

📝 Imtihonda qatnashish uchun 8-dekabr.adliya.uz/uz saytida ro‘yxatdan o‘tiladi (21–24-iyul).

Imtihonda Adliya vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi shaxslardan tashqari barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

➡️ Tanlov haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

🎁 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-232-son, 20.07.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.

Shunga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o'rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.

📌 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko'p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.

🗓 Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to'lashdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 43-moddasida “Davlat fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag'allikni qisqartirish choralarini ko'radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag'batlantiradi”, deb belgilangan.

Fuqarolarni ishsizlikdan himoyalash, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir.

Aholi bandligini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan ish beruvchilarga subsidiyalar, grantlar, kreditlar ajratiladi.

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo'linmasi sifatida kasbga o'qitish markazlari tashkil qilinadi.

Video: https://youtu.be/to0rwQq5kEg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Abiturientlar qaysi hollarda test sinovlaridan chetlashtirilishi mumkin?

Batafsil infografikada

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

O'zbek va xorijiy tillarda “Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha takliflar qabul qilinadi.

Shunga ko'ra, fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo'yicha takliflarini qoldirishi mumkin.

Jarayonda takliflaringiz bilan faol ishtirok eting va qonunchilik mustahkamlanishida o'z hissangizni qo'shing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha loyiha ofislari tashkil etiladi

Ma'muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–111-son, 21.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida har bir investorga loyiha ishga tushirilgungacha barcha bosqichda hamrohlik qiladigan, xususan yer olish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish kabi masalalarni hal qilib boradigan “investitsiya menejerlari” biriktiriladi.

☑️ Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

🔸Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg'armasi;

🔸Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi;

🔸Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi tizimida Investorlar markazi;

🔸Eksportni rag'batlantirish agentligi tizimida Eksportchilar markazi.

🌐 2023 yil 1 dekabrgacha Elektron kooperatsiya portali negizida O'zbekiston Milliy sanoat portali yaratiladi.

“GSP+” tizimi imtiyozlari qo'llanilishiga doir ma'lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini (shu jumladan, veterinariya, o'simliklar karantini, sanitariya-epidemiologiya sohalarda) erkin tanlash, sinov bayonnomalarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradigan “E-sertifikat” axborot tizimi ishga tushiriladi.

➡️ “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasining O'zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reestrini yuritish monopol funksiyasi bekor qilinadi.

2023 yil 1 avgustdan
20 ta vazirlik va idoralarda (quyida ro'yxati keltirilgan) yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.

💰Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori (305-son, 21.07.2023 y.) bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug'i uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug'i uchun 120 ming so'm miqdorida subsidiya ajratiladi.

🔰 Shunga ko'ra:

🔹 birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro'yxati shakllantiriladi (20-maygacha);

🔹 uchinchi va to'rtinchi mavsum uchun Manzilli ro'yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasiga taqdim etiladi (20-avgustgacha);

🔹 Qo'mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag'larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag'iga o'tkazib beradi (10 ish kunida).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Tashkilot mulkdori o'zgarganda, tashkilot qayta tashkil etilganda (qo'shib yuborilganda, qo'shib olinganda, bo'linganda, ajratib chiqarilganda, o'zgartirilganda) xodim roziligi bilan ish davom etaveradi.

📝 Tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini esa yangi mulkdor ishdan bo'shatishi mumkin.

➡️ Tashkilotning idoraviy bo'ysunuvi o'zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi xodimlarni ishdan bo'shatishga asos bo'lmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 44-moddasi: “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

Bolalar mehnatining bolaning sog'lig'iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”.

Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo'llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o'z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo'lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta'sir choralarini qo'llash yoki qo'llash tahdidi tushuniladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi talablarni buzish, ya'ni voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog'lig'iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlarda foydalanish uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Video: https://youtu.be/OApr_ssGHdY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish bilan bog'liq holda qasddan odam o'ldirish 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo'shgan profilaktika inspektorlarining oliy ma'lumotga ega yordamchilari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i tavsiyasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida o'qishga kirishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 45-moddasi: “Har kim dam olish huquqiga ega.

Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi”.

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo'lgan va o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir.

Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

▫️ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
▫️har kungi (smenalar oralig'idagi) dam olish;
▫️dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
▫️ishlanmaydigan bayram kunlari;
▫️har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari;
▫️xodimning istagiga ko'ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensasiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo'sh bo'lgan qo'shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.

Video: https://youtu.be/6JZSlItjrlk

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin