Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
341 videos
2 files
8.34K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qabul_2023

⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi

🖥
2023/2024-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi.

🌐 2023-2024-o'quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

📝 Abituriyentlar mazkur saytning “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo'limi orqali onlayn ro'yxatdan o'tadi.

Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo'lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish 20-iyulgacha (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga onlayn ro'yxatga olish esa 10-iyulgacha (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

⚠️ Belgilangan muddat davomida abiturientlar o'z ma'lumotlarini o'zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo'lsa, sertifikat ma'lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

🔗 Shuningdek, 2023/2024-o'quv yili uchun davlat granti bo'yicha qabul kvotalari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

Qonunchilikka ko'ra, 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko'p bo'lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o'zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta'minlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadni mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo'lmagan (980 ming so'm) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo'yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida sog'liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, tibbiyotning birlamchi bo'g'inida tibbiy-sanitariya yordamini ko'rsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi:

🔹tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda aholining eng ko'p murojaatlariga sabab bo'layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxati shakllantiriladi;

🔹 birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng ko'p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.

🗓 2024-yildan yillik tibbiy ko'riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o'tkazish dasturlari joriy etiladi.

🗒 2023/2024-o'quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:

▫️Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;

▫️tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;

🔘 Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:

▫️tibbiyot OTMda o'qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash;

▫️texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo'shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish tartibi;

▫️tibbiyot yo'nalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko'nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi;

▫️tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy ta'lim portali.

📝 Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi beriladi.

🔢 Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari to'liq raqamlashtiriladi.

▶️ 2023-yil yakunigacha:

🔸barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog'liqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulanadi;
🔸nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringi yuritiladi;
🔸tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimi yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Haqorat qilganlik
– shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so'mdan 13 mln 200 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

🔰 Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

▫️66 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

🔰 Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to'g'ridan-to'g'ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️66 mln so'mdan 132 mln so'mgacha jarima;
▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda;
xavfli residivist tomonidan;
tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa:

▫️132 mln so'mdan 198 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iste'molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida suv xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF–101-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmon bilan Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari tasdiqlandi.

🗓 2030 yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo'g'inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo'jaliklari va boshqa suv iste'molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi.

🗒 2023 yil sentabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

🔄 Farmonga ko'ra, Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.

Inspeksiya 2023 yil 1 avgustdan suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo'yicha o'tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkazmasdan amalga oshiradi.

⚖️ Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo'yicha ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo qo'llashi mumkin.

🔢 2025 yil 1 yanvargacha “Raqamli suv xo'jaligi” yagona axborot tizimi yaratilib, suv xo'jaligi bo'yicha barcha dasturiy ta'minotlar mazkur

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Shaxs 16 yoshdan ishga qabul qilinadi.

Bola 15 yoshidan boshlab ota-onasidan birining roziligi bilan o'qishdan bo'sh vaqtida ishlashi mumkin.

➡️ Madaniy-tomosha, televidenie, radioeshittirishlarda va boshqa OAVlarda, shuningdek professional sportchilar bilan ota-ona har ikkisining roziligi bilan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni ishga qabul qilish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

🔰Qonunchilikka ko'ra:

🔹hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik jo'natmalari sifatida jo'natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo'natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;

🔹davlat mulki bo'lgan moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

OTMga abiturientlarning hujjatlari faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM) veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlar qabul qilinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chiroyli avtoraqamlar ro'yxati va narxi yangilandi

Hukumat qarori (253-son, 21.06.2023 y.) bilan “Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularga ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi qarorga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

📋 Qaror bilan oshirilgan to'lov stavkalari bo'yicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarining ro'yxati yangilandi.

🗓 2023 yil 1 iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinasiyada bo'lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang'ich narxda auksion savdolariga qo'yiladi.

☑️ Shuningdek, avtomobil boshqa shaxsga o'tkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan “chiroyli raqami” yo'l harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida pul to'lanadi.

Ilgari qo'shimcha 12 oy saqlash tartibi bo'lmagan, 12 oydan keyin “chiroyli raqam” olib qo'yilgan.

Auksionda raqobat tartiboti amalga oshmadi deb e'tirof etilganda (ikkinchi g'olib rad etgan yoki xaridorlar mavjud bo'lmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uchun RO'DRBni oshirilgan to'lov stavkasi bo'yicha berishni 5 kun muddat ichida avtomatik ravishda qaytadan e'lon qilinadi.

Ilgari aniq muddat belgilanmagan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 17-moddasida “O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. O'zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi”, deb belgilangan.

Mazkur moddada O'zbekiston boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarda teng huquqli subyekt ekanligi mustahkamlangan.

Shuningdek, tashqi siyosatda O'zbekistonning asosiy prinsiplari belgilangan.

Davlatlarning hududiy yaxlitligi davlat va uning suverenitetining muhim sharti, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biridir. Kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish natijasida biror-bir davlat hududi yoki uning bir qismini egallab olinishi tan olinmaydi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=scSpQDCvnfQ

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

🚫 Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

🔰 Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

▫️kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

📝 Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko'rsatilib javob beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

🚫 Qonunchilikka ko'ra, Jahon savdo tashkiloti qoida va me'yorlariga muvofiq bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Ishga qabul qilishda ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni ishning mazmuni, mehnat sharoitlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, boshqa ichki hujjatlar bilan oldindan tanishtirishi shart.

Ishga qabul qilish bo'yicha tanlov o'tkazilganda, ishga kirayotgan shaxsga tanlov o'tkaziladigan sana haqida kamida bir hafta oldin xabar berilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
“Yo'l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqiy masalalar” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari

Ovozli chat bugun – 23 iyun kuni soat 16:30 da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko'ra, 2025 yil 1 yanvargacha turizm sohasida faoliyat ko'rsatadigan subyektlarning soliq solinadigan bazasi O'zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo'lgan bosma mahsulotlarni (xarita, risola, buklet, flaer va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumka, paket, maktab daftarlari, yorliq, g'iloflar, kiyim-kechak va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo'naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Ishga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

▫️pasport yoki ID, 16 yoshgacha bo‘lganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

▫️oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘ozdagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno;

▫️harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma (shunga majburlar uchun);

▫️o‘qishni bitirganlikka oid diplom, guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa hujjat;

▫️soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

▫️jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda);

▫️pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 18-moddasida “O'zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin”, deb belgilangan.

Tinchliksevar siyosat deganda, davlatlarning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tuzimlari va ularning rivojlanish darajasidan qat'i nazar, erkinlik, tenglik, adolat va insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, shuningdek, davlatlar va xalqlar o'rtasida tinchlikni mustahkamlashi tushuniladi.

Mazkur moddada O'zbekistonning ittifoq tuzishi va turli tuzilmalarga kirishi faqat davlatning, xalqning manfaatlari uchun, shuningdek, farovonlik va xavfsizlik maqsadida amalga oshirilishi mustahkamlangan.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=bB5vzg6iRbs

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_iyuldan

Qonunchilikka muvofiq, “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinadi.

🚫 Shuningdek, chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.

☑️ “Chiqindilarni ommaviy yig'ish” (O'zPlogging) umummilliy harakati tashkil etiladi.

📝 Qattiq maishiy chiqindilarni to'plash, olib chiqib ketish bo'yicha aholiga ko'rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da'vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, temir yo'llarda chiptaning to'liq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga 1 marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo'yicha quyidagilarga berilgan:

🔹 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslarga;

🔹 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.

📋 Shuningdek, ayrim shaxslar temir yo'llarda yiliga bir marta bepul yurishi (borish va kelish) mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin.
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 19-moddasi: ”O'zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart”.

Inson tug'ilganidan boshlab tegishli bo'lgan tabiiy va ajralmas huquqlar sirasiga inson hayoti, sha'ni, qadr-qimmati, ozodligi, tengligi, erkin bo'lishi, xavfsizligi, daxlsizligi kiradi va bu huquqlar qonunlarda belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat'i nazar insonga azaliy tegishlidir, deb e'tirof etiladi.

Barcha fuqarolarning teng huquqliligi ham xalqaro huquqda umume'tirof etilgan huquqlardan hisoblanadi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish, ayrim soha va yo'nalishlarni rivojlantirish uchun turli ko'rinishdagi imtiyozlar berilishi mumkin va bular faqat qonunlar orqali amalga oshiriladi, har qanday imtiyoz ijtimoiy adolat prinsipi doirasida amalga oshiriladi.

Video: https://youtu.be/Yjg15-4p5T0

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin.
#Ijtimoiy_aksiya

📝 Ish beruvchi tashkilotda 5 kundan ko‘p ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.

➡️ Xodimning yozma arizasiga ko‘ra asosiy ish joyidagi ish beruvchi mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan davrlar haqidagi yozuvlarni kiritadi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Xodimga mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar xodim ishlayotgan vaqtda ariza berilgan kundan 3 ish kunida, ishdan bo‘shaganda esa mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda berilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin