Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
347 videos
2 files
8.36K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

📜Qonunchilika ko'ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

🔹vaqtinchalik mehnat layoqatini yo'qotish bilan bog'liq kasallik vaqtida (shikastlanishda);

🔹sanatoriy va sog'lomlashtirish muassasalarida davolanganda;

🔹kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;

🔹karantinda;

🔹sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;

🔹mehnat layoqatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

📝 Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

✔️O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

🌐 Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to'lash asosida amalga oshirililadi.

To'lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko'rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To'lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.

📝 Yovvoyi hayvonlar to'lovga muvofiq miqdorda tutiladi. YOvvoyi hayvonlarni tutish uchun to'lovlar miqdorlari belgilangan.

⚠️ Agar biron-bir hayvon ovchilik xo'jaligiga yoki insonning xo'jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan bo'lsa, uning uchun to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.

📋 Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.

🖥 Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

🚫 Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

🌐 Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖 Prezident qaroriga ko'ra, 2025-yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi belgilangan.

📝 Shuningdek, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan:

▪️mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to'plami, uning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

▪️2025-yil oktabr oyida “Mahmudxo'ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o'rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

▪️2025-yil noyabr oyida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan tantanali adabiy-ma'rifiy xotira kechasini o'tkazish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko'pi bilan 2 soat bo'lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

📋 Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi.

⚠️ Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin