Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.72K photos
272 videos
2 files
8.11K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2023_yil_1_maydan

Yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv taʼminoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni, ularning isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar toʻgʻrisidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

▶️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi:

▫️qoʻy goʻshti;
▫️parranda goʻshti;
▫️mol goʻshti;
▫️tuxum;
▫️oʻsimlik yogʻi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

Shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:

🔹bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;

🔹mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

❗️Davlat koʻchmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi

Qonunchilikka koʻra:

🔹respublika mulki boʻlgan davlat koʻchmas mulklari va davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi, bundan Strategik islohotlar agentligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli ulushlar hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔹davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar Davaktiv agentligining tegishli buyrugʻi mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;

🔹davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitim tuzilgach 10 kun muddatda “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi;

🔹vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalar va ular tizimidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha majburiy tartibda Agentlik xulosasi olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

🔰 Foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

❗️Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi

🔰Shunga ko‘ra:

🔹banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi;

🔹banklarga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi;

🔹professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

🔹uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

🔹2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;

🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

🚫 Yangi tashkil etiladigan issiqxona xoʻjaliklari hamda sement, gʻisht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

▶️ Respublikadagi barcha yoqilgʻi (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

🔰Qonunchilikka ko'ra:

🔹 oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan pul taʼminotining (ish haqining) 50 foizi miqdorida belgilanadi;

🔹 oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, 23 yoshga toʻlmagan farzandlari) daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi;

🔹 belgilangan tartibda turarjoyga muhtoj deb tan olingan taqdirda, turarjoy bilan birinchi navbatdagi tartibda taʼminlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

📝 Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_maydan

🗓 1-maydan nimalar oʻzgaradi?

▫️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi BATAFSIL

▫️Respublikaning barcha shaharlarida imtiyozli transport kartalarini berish yoʻlga qoʻyiladi BATAFSIL

▫️Rahbar kadrlarni qayta tayyorlashda gender tenglik boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinadi BATAFSIL

▫️Yuridik shaxslar kommunal xizmatlar boʻyicha shartnomalarni elektron rasmiylashtirishi mumkin BATAFSIL

▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi BATAFSIL

▫️Shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotganlar bepul ovqat bilan taʼminlanadi BATAFSIL

▫️Davlat koʻchmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi BATAFSIL

▫️Koʻp qavatli uylar tomlarida quyosh panellari oʻrnatiladi BATAFSIL

▫️Rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi BATAFSIL

▫️Ayrim ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gazga ulanish uchun texnik shartlar berilishi toʻxtatiladi BATAFSIL

▫️“Zapravka”lar elektr isteʼmolining 50 foizi quyosh panellari orqali qoplanish talabi joriy etiladi BATAFSIL

▫️Dorilar narxlari chakana referent narxlar bilan avtomatik solishtiriladi BATAFSIL

▫️Halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin