Huquqiy axborot | Lotin
6.21K subscribers
3.74K photos
293 videos
2 files
8.17K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2023_yil_1_fevraldan

🗞 Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an'anaviy shakldagi order maqomiga teng bo'lgan maxsus QR-kod qo'yilgan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Bunda, advokat so'rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko'rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qo'yilgan "Elektron advokatlik orderi" orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.

📝 Order muqobillik asosida qog'oz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi ma'lumotni "Yuridik yordam" axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.

❗️Advokat so'rovi shakliga qo'yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko'chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

🔰 Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib to'lash sharti bilan sotganda:

🔸 sotib olingan qimmatbaho metallar uchun to'lov majburiyatlarini "O'zmilliyban" AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham ta'minlashga;

🔸 bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga ham berishga;

🔸 to'lov majburiyatlarini ta'minlash maqsadida beriladigan bank kafolati bo'yicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qat'iy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

☑️ Quyidagilarga ruxsat etiladi:

🔹 rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so'mgacha bo'lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan, 100 million so'm va undan ortiq bo'lganlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;

🔹 zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga — zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirgan holda, ma'lumotlarni Tashqi savdo operasiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

2022–2026 yillarda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha yo'l xaritasiga asosan, xorijiy oliy ta'lim muassasalarining yetakchi olimlari bilan hamkorlikda xalqaro doiradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

🔰 Quyidagi yo'l-patrul xizmati stasionar postlarida avtotransportlarning “Yashil” va “Qizil” yo'lak tamoyili asosida harakatlanish tartibi joriy etiladi:

🔹Andijon viloyatining 45-YPX stasionar postida;
🔹Toshkent shahrining “A.Turbonov”, “Erkin”, “Bektemir”, “Sharq” YPX stasionar postlarida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_fevraldan

▫️“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi BATAFSIL

▫️Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga bank kafolati beriladi BATAFSIL

▫️Qiymati 100 million so'mgacha zargarlik buyumlarini bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan olib chiqish mumkin BATAFSIL

▫️Pedagog kadrlar tayyorlashda xalqaro doiradagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi BATAFSIL

▫️Ayrim postlarda "Yashil" va "Qizil" tamoyili asosida avtotransportlar harakatlanishi yo'lga qo'yiladi BATAFSIL

▫️Kasanachilikni kengaytirish uchun hokim yordamchilari tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori oshiriladi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin