#2022_yil_1_noyabrdan
🗓 1 noyabrdan nimalar o'zgaradi?
▫️Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi. ➖ BATAFSIL
▫️Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o'tkaziladi. ➖ BATAFSIL
▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari kengaytiriladi.➖ BATAFSIL
▫️“Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.➖ BATAFSIL
▫️Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi.➖ BATAFSIL
▫️Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste'mol krediti ajratiladi.➖ BATAFSIL
▫️Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi.➖ BATAFSIL
▫️Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi.➖ BATAFSIL
▫️Ko'p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo'shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. ➖ BATAFSIL
▫️“Yagona davlat nazorati” tizimida ro'yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi.➖ BATAFSIL
▫️Harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashiladi.➖ BATAFSIL
▫️Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi.➖ BATAFSIL
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi
✅ Transport vositasining haydovchisi quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishga majburdir:
🔹 IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan xollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun;
🔹 mazkur xodimlar yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini shatakka olish uchun (faqat yuk avtomobilidan);
🔹 kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga.
❗️ Bunda, transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo'l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o'tilgan masofani, o'z ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yo'l varaqasi bo'lmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma'lumot yoki xabar yozib berishi kerak.

❗️Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Batafsil infografikada👆

☑️ Qonunchilikka ko'ra, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish uchun alohida tibbiyot muassasasi ochish talab etilmaydi va ushbu toifadagi shifokorlar o'z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko'rsatishi mumkin.
❗️ Bunda, yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish tajribasi dastlab 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida, keyinchalik esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etish belgilangan.

🏫 Sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta'lim muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilgan:
🔹 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida g'olib hamda sovrindor bo'lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta'lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024 yil 1 yanvargacha ijara to'lovlarisiz berish;
🔹 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta'lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko'rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to'lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
🔹kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
🔹qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
🔹bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
🔹yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.
✅ Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

📝 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasiga quyidagi shartlarning kiritilishi o'z o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi:
🔹 xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
🔹mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talablarini buzadigan;
🔹 majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
🔹 xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o'zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan, sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.
❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo'lmaydi.
⚠️ Kodeks rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy o'tgach (2023 yil 30 apreldan) kuchga kiradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (628-son, 01.11.2022 y.) bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi
⚠️ Gidroponika – tuproqsiz sun'iy muhitda o'simliklarni yetishtirish usuli.
💰Nizomga muvofiq, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, uskuna qiymatining 100 mln. so'mdan oshmagan qismi respublika byudjetidan qoplab beriladi.
📝 Subsidiya olish uchun my.vetgov.uz yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga murojaat qilinadi.
🔰 Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
▫️uskunalarni o'rnatish bo'yicha shartnoma va hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi;
▫️uskunalar import qilinganda bojxona yuk deklarasiyasi nusxasi.
🗓 Vakil arizani ko'rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim qiladi va komissiya arizani ko'rib chiqib 5 ish kunida xulosa beradi.
➡️ Xulosa my.vetgov.uz orqali “O'zbekchorvanasl” agentligiga yuboriladi.
❕Agentlik 1 ish kunida subsidiya berish yoki rad etish to'g'risida ariza beruvchini xabardor qiladi.
🔢 Agentlik yil davomida subsidiya oluvchilardan tushgan arizalarni umumlashtirib pul ajratish uchun Moliya vazirligiga buyurtma beradi.
☑️ Moliya vazirligi 1 ish kunida subsidiyani ariza beruvchining hisobraqamiga o'tkazib beradi.

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (150 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

✅ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog'liq bo'ladi va u:
▫️ 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;
▫️ 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;
▫️ 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;
▫️ 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;
▫️ 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun – o'rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.
⚠️ Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori o'rtacha oylik ish haqidan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan.

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Dam olish kuni bayram kuniga to'g'ri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Dam olish kuni bayram kuniga to'g'ri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Issiqxona xo'jaliklariga ajratilgan kreditlarda imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi
“Issiqxona xo'jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–413-son, 02.11.2022 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, issiqxona xo'jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
↗️ Issiqxona xo'jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.
🗓 Issiqxona xo'jaliklarini aylanma mablag' bilan ta'minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
☑️ Bunda mazkur kreditlar Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.
📌Issiqxona xo'jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga talab etiladigan aylanma mablag'lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag'batlantirish agentligi mablag'lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.
➡️ Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig'ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.
⚠️ Issiqxona xo'jaliklariga tabiiy gaz bo'yicha to'lovni o'z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022 yil 1 oktabrdan 2023 yil 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.

Geografik obyektlarga nom berishda aholining fikri o'rganiladi
“Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O'RQ–799, 02.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
✅ Qonunga ko'ra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo'l qo'yildi.
📃 Bunda O'zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo'lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
❗️ Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o'zgartirish to'g'risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
🗓 Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o'zlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.
🔹 Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e'lon qilingan sanadan e'tiboran 15 kundan kam bo'lmasligi kerak.

❗️ Kripto-do'kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Kripto-do'kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3395, 31.10.2022 y.)
📃 Mazkur Qoidalar kripto-do'kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
🔰 Kripto-do'kon o'z faoliyatini kripto-do'konning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.
✅ Kripto-do'konda quyidagi operasiyalar amalga oshiriladi:
🔹kripto-do'konning elektron platformasi orqali:
▫️jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
▫️chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
🔹kripto-do'konning savdo obyekti orqali:
▫️jismoniy shaxslar tomonidan bank o'tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
▫️mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko'rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
▫️mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
🚫 Kripto-do'konda quyidagi operasiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
▫️majburiy identifikasiyadan o'tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operasiyalar;
▫️O'zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operasiyalar;
▫️anonim kripto-aktivlar hamda o'zaro o'zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operasiyalari.

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
🔹mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilmagan ishni bajarishni (qonunchilikda belgilangan hollar mustasno);
🔹qonunga xilof bo'lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, ularning sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.

O'quvchini bir maktabdan boshqasiga o'tkazish tartibini bilasizmi?
✅ Ota-onalar o'z xohishiga ko'ra o'quv yilida yoki u tugaganidan so'ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o'tkazish huquqiga ega.
📝 Bunda bir maktabdan boshqasiga o'tkazish uchun uning sabablarini ko'rsatib maktab direktori nomiga ariza beriladi.
🗓 Ariza 1 ish kunida ko'rib chiqiladi va o'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun maktabdan ketish taloni beriladi.
📋 Ota-onalar farzandi o'qishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab direktoriga ariza beradi. Arizaga maktabdan ketish taloni ilova qilinadi.
⏩ O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va talonni qabul qilgach, shu kunning o'zida ota-onalarga o'quvchi ta'lim olayotgan maktabga taqdim etish maktabga kelish talonini beradi.
❕O'quvchi o'qiyotgan maktab direktori maktabga kelish talonini olgach, shu kunning o'zida o'quvchini maktab o'quvchilari safidan chiqarish to'g'risida buyruq qabul qiladi.
🔰 Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi to'g'risida imzo qo'ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi to'g'risida tilxat oladi:
🔸o'quvchining maktab o'quvchilari safidan chiqarilganligi to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma;
🔸o'quvchining baholar (o'zlashtirish) tabeli;
🔸o'quvchining tibbiy kartasi.
📌 O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan o'tkazilayotgan o'quvchining o'quv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko'rishi shart.

❗️Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo'yicha haq to'lanadi
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo'yicha haq to'lanadi
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Standartlashtirish to'g'risida yangi qonun qabul qilindi
“Standartlashtirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–800, 03.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰 Qonunga ko'ra, O'zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
▫️Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
▫️Standartlashtirish bo'yicha milliy organ;
▫️davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari;
▫️standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mitalar.
☑️ Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog'lig'ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
🗓 Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
▫️qisqa (1 yilgacha);
▫️o'rta (1 yildan 5 yilgacha);
▫️uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
🏢 Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo'yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
📁 Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
🔹 milliy standartlar;
🔹 xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
🔹 xorijiy mamlakatlarning standartlari.
⚠️ Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 12 oy o'tgach kuchga kiradi.

✅ Davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikasiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar to'lov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab BHMning 2 foizi (6 ming so'm) miqdorida bir martalik to'lov undirilgan holda amalga oshiriladi.

❗️ Mastlik holatida bo'lgan shaxslarga tumanlararo tibbiy yordam ko'rsatish punktlari tashkil qilinadi
Hukumat qarori (644-son, 04.11.2022 y. ) bilan Alkogol, giyohvandlik vositalari ta'siridan yoki o'zgacha tarzda mastlik holatida bo'lgan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko'ra, mastlik holatida bo'lgan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o'rinli tumanlararo tibbiy yordam ko'rsatish punktlari tashkil qilinadi.
☑️ Tibbiy yordam ko'rsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qo'riqlash bo'linmalari tashkil etiladi.
🏢 Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko'rsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam ko'rsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos bo'ladi:
▫️shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki o'zi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo'qotganligi (biror joyda yotgan yoki o'tirgan holati);
▫️shaxsning uyquchanligi, uyg'otishning qiyinligi;
▫️shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;
▫️nutqining noaniq, tushunarsiz, o'zaro bog'liq bo'lmagan uzuq-yuluq alohida so'zlardan tashkil topishi (g'uldirashi);
▫️savollarni yaxshi tushunmasligi, o'zining qaerdaligini aniq anglab yetmasligi.
📌 Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam ko'rsatish punktlariga olib boriladi.
📝 Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam ko'rsatish punktida 12 soatgacha bo'lganda dalolatnoma, 12 soatdan ko'p vaqt bo'lganda va tibbiy ko'rsatmalar mavjud bo'lgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.
⏰ Tibbiy yordam ko'rsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 gacha) yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish ularning qarindoshlari kuzatuvida amalga oshiriladi.

☑️ Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlarni sotishda ular yog'och bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — so'kchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam — 0 dan — 2 °C gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4 °C gacha haroratda, sovutiladigan xonalar bo'lmagan taqdirda omborlarda +12 °C dan oshmaydigan haroratda tungi vaqtda majburiy shamollatishni qo'llagan holda ko'pi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.
📌 Quritilgan mevalar, sabzavot va qo'ziqorinlar 0 darajadan +10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori bo'lmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, so'kchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.