Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.73K photos
289 videos
2 files
8.15K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2022_yil_1_noyabrdan

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

Bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) isteʼmol kreditlari ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

📝 Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasini shakllantiriladi va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

☑️ Tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi hisobidan BHMning 20 baravarigacha (6 mln so'mgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🏬 Qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko'p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so'ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo'shimcha ko'p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo'lmagan obyekt qurish uchun o'zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

☑️ Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro'yxatga olinadi.

❗️ Bunda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda ro'yxatga olinmagan tekshiruvlarni o'tkazish noqonuniy hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz bo'lgan oila a'zolarini o'zini o'zi band qilish hamda bo'sh (vakant) ish o'rinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam ko'rsatadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🔰 Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida ID-kartaga joylashtirilgan ERI kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_noyabrdan

🗓 1 noyabrdan nimalar o'zgaradi?

▫️Shifokorlarga ehtiyoj bor hududlarda talabalar ishga joylashtiriladi. BATAFSIL

▫️Nikoh tuzish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish eksperimenti o'tkaziladi. BATAFSIL

▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️“Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi. BATAFSIL

▫️Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi. BATAFSIL

▫️Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste'mol krediti ajratiladi. BATAFSIL

▫️Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma'lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi. BATAFSIL

▫️Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi. BATAFSIL

▫️Ko'p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo'shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. BATAFSIL

▫️“Yagona davlat nazorati” tizimida ro'yxatga olinmagan tadbirkorlarni tekshirish noqonuniy hisoblanadi. BATAFSIL

▫️Harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashiladi. BATAFSIL

▫️Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi. BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin