Huquqiy axborot | Lotin
6.25K subscribers
3.72K photos
272 videos
2 files
8.11K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

🕑 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

❗️Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

➡️ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;

🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;

🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;

🔹boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, iste'molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo'lsa, haq to'lashi lozim.

✔️ Ma'naviy zarar uchun haq to'lash mulkiy ziyon va iste'molchi ko'rgan zararning o'rni qoplanishidan qat'i nazar, amalga oshiriladi.

⚖️ Ma'naviy zarar uchun to'lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari – bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

❗️ O'zbekiston fuqarolari, shuningdek O'zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.

⚠️ Davlat ramzlarining himoyasini ta'minlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM