IMA | Buxoro hududiy bo'limi
324 subscribers
19.8K photos
611 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#o'quv seminar

Prezident ta'lim muassalari agentligi Qorako'l tunam ixtisoslashtirilgan maktab internatida "LOYIHAGA ASOSLANGAN TA'LIM" mavzusida seminar tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish to’g’risida”gi PF-106-son farmonining 9- bandida belgilab berilgan “ Markazda ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlari uchun uzluksiz malaka oshirish kurslari hamda metodologik o’quv seminarlarini tashkil etish” vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab pedagog kadrlari uchun 2022-yil 8-noyabr kuni Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Qorako'l, Olot, Jondor tumanlarda tashkil etilgan ixtisoslashgan maktab o'qituvchilari uchun “Loyihaga asoslangan ta’lim” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Самадова Мархабо
#Kogon_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
#O'quvchilarimizdan_faxrlanamiz!
❇️ Maktabimizning 10-sinf o'quvchisi
Habibov Javohir Yoqubovich
ingliz tili fanidan "INGLIZ TILINI BILISH DARAJASI—B2" sertifikatini qo'lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni tabriklab,uning keyingi o'qishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
IMA tizimidagi Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab rasmiy telegram sahifasi:
Telegram/Facebook
#O'zaro_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏢Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-"A" sinf o'quvchilari ishtirokida
♻️Buxoro Prezident maktabi psixologi Hasanova Farida Primovna bilan hamkorlikda
"Aniq maqsad - taraqqiyot garovidir" psixologik treningi o'tkazildi.

❇️O'zaro hamkorlik, tajriba almashinuvi samarali, muloqot foydali bo'ldi.


https://t.iss.one/specializedboardingschool
#Ishchi_guruh
#O'rganishlar

❇️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

❇️Oʻrganish davomida Buxoro  viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari hamda pedagog xodimlar bilan ham suhbat qilindi.


❇️Ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini o‘rganish jarayonidan suratlar.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook
#besh_tashabbus
#o'quvchi_ijodidan

Onamga

To'qqiz oy qornida ko'tarib yurgan,
Borini atagan, jonini bergan,
Yedirgan, ichirgan, kiymay kiydirgan,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Ko'kdagi oyimsiz, charog'onimsiz,
G'am kelsa, dard kelsa, g'amgusorimsiz,
Hammadan suyukli, mehribonimsiz,
Ona, onajonim, jannatim - onam.

Bo'lmasangiz, uyimiz huvillab qolar,
Yo'lingizni poylab ko'zlar ham tolar,
Siz kelsangiz, uyga go'yo nur to'lar,
Ona, onajonim, jannatim - onam


8-F sinf o'quvchisi Dilmurodov Elshod ijodidan

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook
Forwarded from IMA VOBKENT IM (Farhod Fayziyev)
#Ochiq_darslar_davom_etadi!
#O'zbek_tili_bayrami_kuni
#Vobkent_tuman_IM

🏢Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Zilola Kurbanova tomonidan O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan “Ona tilim mangu, barhayot!” shiori ostida ochiq dars tashkil etildi.

📚Ochiq dars davomida maktabning 8-A sinf o'quvchilari o'zlari yodlangan til haqidagi she`rlari va g'azal, ruboiylaridan parchalar keltirdilar. Ochiq dars qizg'in tarzda bo'lib o'tdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qorovulbozor_tuman_IM
#O'zbek_tili-mehr_tili

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda "O'zbek tiliga davlat tili" maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar va namunali darslar o'tkazilmoqda...

❇️"O'zbek tili- mehr tili" mavzusida tayyorlangan ushbu videorolikda ona tilimizning naqadar jozibadorligi ifodali tarzda aytilgan ajoyib she'r orqali o'z ifodasini topgan.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#O‘ZBEK_TILI_35 YIL

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim !” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirda, Maktab direktori J.Abdurashidov, MTIBDO‘ F.Jalilov ushbu ulug‘ kun 21-oktabr- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida Ona tilimiz haqida she'rlar, o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar barchani xushnud etdi. O‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda bugungi kunda ona tilimizga bo‘layotgan munosabat to‘g‘risida sahna ko‘rinishi namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#O‘zligimiz_timsoli - ona tilim!

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! 1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqea va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi.
Ushbu sana munosabati bilan Qorovulbozor tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda oʻquvchilar tomonidan til haqida she'rlar va qoʻshiqlar aytildi va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida maktab direktori Sh.Elmurodova o‘zbek tili tarixi, uning jozibasi haqida so‘z yuritib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from ZIKIROV SH
#Buxoro tuman IM
  
#O'quvchi_yoshlar_halollik_tarafdori

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida "O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunligi doirasida Buxoro tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tarixi fani o'qituvchisi U.Haydarov va maktab kutubxonachisi davra suhbatlari tashkil etishdi.
Davra suhbatida korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisali haqida ma'lumotlar berildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting!

https://t.iss.one/BuxtumanPM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O'ZBEKISTON 24

🏢Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman   ixtisoslashtirilgan maktabidagi o'qish  jarayonlari O'zbekiston24 kanali xodimlari tomonidan tanishib chiqildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook