IMA | Buxoro hududiy bo'limi
323 subscribers
19.9K photos
616 videos
11 files
3.32K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Ishchi_guruh

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik
ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari hamda pedagog xodimlar bilan ham suhbat qilindi.


Ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini o‘rganish jarayonidan suratlar.

👉
BIZNI KUZATIB BORING! 👈
#Ishchi_guruh

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik
ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʻrganish davomida Buxoro  viloyati Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari hamda pedagog xodimlar bilan ham suhbat qilindi.


Ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini o‘rganish jarayonidan suratlar.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Buxoro viloyatidagi maktablarimiz faoliyati o‘rganilmoqda. Maktablarga ishchi guruh tomonidan amaliy va metodik yordamlar berilmoqda. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.

Jarayondan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#O'rganishlar

❇️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

❇️Oʻrganish davomida Buxoro  viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari hamda pedagog xodimlar bilan ham suhbat qilindi.


❇️Ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini o‘rganish jarayonidan suratlar.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Buxoro viloyati Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Buxoro 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari ham koʻzdan kechirildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ishchi_guruh
#Buxoro
#Turon_yoʻlbarslari

🤩 Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosi doirasida Respublikamiz boʻylab Agentlik tizimidagi maktablar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Jizzax hamda Fargʻona viloyatlarida mazkur harbiy-sport musobaqaning hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Boshqa hududlar boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oʻrganish doirasida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib, bu yerda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo oʻquvchilarning “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati, harbiy-vatanparvarlik, milliy davlatchiligimiz tarixiga oid  bilim va ko‘nikmalarini tekshirdi.

Agentlik direktori ChQBT xonasida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, Prezident maktabida oʻgʻil-qizlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy mashgʻulotlarni yaqindan kuzatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Buxoro

🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablarning faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Tashrif davomida Agentlik direktori Buxoro shahar, G’ijduvon, Shofirkon, Peshku, Qorovulbozor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sinfxonalar, fan kabinetlari, laboratoriyalar, ChQBT xonalarining jihozlanish holati, oʻquv binolarining isitish tizimi ham koʻzdan kechirildi.

Ishchi guruh oʻrganishlarida oʻquvchilarning oliy ta’lim va SAT, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyati tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga borib tanqidiy-tahliliy oʻrganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM