Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.01K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudo xohlasa rejalar juda katta. Alloh òzi hayrli va manfaatli qilsin...
👍5🔥2
#farzamdimga

Alloh shu dunyoda ham sening aziz bo‘lganingni ko‘rsatmasdan mening umrimni olmasin...
Katta ixtirolarga tug‘ruqxona bo‘ladigan ongni kichik nizolar uchun qabriston qilib oldik...
👍1
👍2
Oxirgi paytda bir narsa bor fikrim va hayolimni egallab oldi. Yaqin 5 yil ichida ta'limga 50 mln $ lik sarmoya yutib olish. Tez orada bilib olasizlar.... Duolaringizga muxtojligim bor.
👍2
Bir kuni dòstim bilan kino premyerasiga tushishimiz kerak edi.Kassa seansdan 1 soat oldin ochiishi e'lon qilindi. Ammo òsha payt shom namoziga tòģri kelib qolgandi.


- avval shom òqib olamiz, keyin boramiz, deb aytdim.

-unda bilet qolmasligi mumkin deb dòstim aytdi.

-Allohning vadasi haq, albatta qoladi deb qattiyat bilan aytdim.

Dòstim nachora kòndi.

Shomni òqib bordik. Odam kòp. Kassaga borib bilet sòrasak, qolmaganini aytdi.
Dòstim menga "kòrdingmi" deganday qarab qòydi. Men esa unga e'tibor bermadim ham. Kino boshlanishiga 15 minut qolgan edi.
Dòstim ketmoqchi bòldi, ammo men kassa oldida turaverdim.

- nega turibsan, ketdik, dedi

Men esa:
- Sabr qilib tur 10 minut, dedim

- Nimaga, baribir foydasi yòq, yur ketdik.

- hozir kòrasan, biz bugun kinoga tushamiz, ozgina sabr qil.

Suhbatimizni kassir qiz eshitib turibdi. U ham meni jinniroq bòlsa kerak deb òyladi. Kòzidan shunday òylayotgani bilinib turardi.

10 daqiqalar òtgach, bir kishi kassaga kelib, kassir qizga, meni sherigim kelmay qoldi, shu 2 ta biletni qaytarib olasizmi deb aytib qoldi.

Ammo kassir qiz, bunday qila olmasligini aytdi.

Haligi kishiga, aka biletingizni biz olamiz deb, undan sotib oldik.

Kassir qizga esa muloyim kulgim bilan javob qaytarib qòydim. Dòstim esa menga hayron bòlib qarab turardi.

- Hayron qolayapsan, tòģrimi?

- shunday!

-Bu hali hammasi emas, qarab tur

bizga biletini sotgan kishiga quyidagi savollarni berdim:

- aka tòģrisini ayting, ushbu kinoga kirgingiz kelmagan, bir zarur isbingizni tashlab, shoshib keĺgansiz tòģrimi?

Haligi kishini kòzidan chaqmoq chiqqanday menga qarab qoldi va javob berdi:

- aynan shunday, ammo siz buni qayerdan bildingiz, siz meni tanimaysizku? Haqiqatda shu kinoga bilet olayapganimda ham kinoni kòrishni xohlamay olayotgandim.

- aka men sizga aytsam ishonmaysiz, ammo bu Allohning vadasi haq ekanligiga bir isbot. Meni bunga umuman shubham bòlmagan, shuning uchun ham shu yerda oxirgi daqiqalargacha kutdim. Shunday yakun topishi kerak edi. Sababi, kinoga biletni olish uchun shomga hurmatsizlik qilmadik. Buni mukofoti sifatida rsa, Alloh sizni bizga xizmatga yònaltirib qòydi, ya'ni sizni bizga bilet olish uchun shu yerga keltirib qòydi. Sizni nega kinoga kirishni xohlamaganiz sababi ham aynan shudir. Men sizdan ishonchim komil bòlib savol sòraganimni asli sababi ham shudir, dedim va unga rahmat aytib zalga kirib ketdim. U esa hayron qolganicha menga uzoq termilib qoldi....

Buni izohlashga hojat yòq deb òyladim.....
👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya
Muhammadali Eshonqulov va Hasankhoja Muhammad Sodiq ustozlardan shogirdlarga tavsiya
👍5❤‍🔥2
Doim voqealarni solishtirishni, undan hikmat izlashni odat qilganman.
Meni bir savol doim òylantirib kelgan, avvalgilarda texnika bòlmagan, mashina bòlmagan ammo ular hamma ishlarini bitirishgan. Farzandlariga vaqt ajratishgan, eng muhimi kitob, Qur'ondan kunlik vazifalarini ham uddalashgan. Xullas vaqtlarida baraka bòlgan
Bizda esa aksi, na halovat bor, na tinim bor, na unum bor.

Hozirda ushbu savolga javobim quyidagicha:
Biz hozir ishlarimiz orasida namozlarimizni ado qilayapmiz, avvalgilar esa, namozlari orasida ishlarini bitkazishar edi....

Alloh òzing bizga tavfiq ber....
👍3❤‍🔥1
Bundan 2 haftacha oldin, Toshkentda ob-havo normal holatdan birdaniga òzgarib qattiq yomģir yoģib qoldi. Aniqroģi mayda dòl yoģa boshladi. Òģlim Muhammad Sòdiq bilan uyda edik. Uni darrov chaqirib mashinaga chiqdik. U qayerga ketayapganimjzni sòradi. Yòlda tushuntirib beraman deb shoshilib mashinaga òtirdik.
Uyimiz oldida "Detiskaya bolnitsa" va tuģruqxona bor. Tòģri òsha yerga haydadim. Yò'l-yòlakay òģlim bilan suhbatim quyidagidek davom etdi:

-Bilasanmi nega yòlga chiqdik?

- yòq.

- yomģirni kòrding, tòsatdan yoģib qoldi. Kòchaga chiqqanlar yomģir yoģishini bilmay chiqishgan. Kòchada qolib xòl bòlib ketishligi mumkin. Bu payt taksi ham juda kam bòladi. Shuning uchun biz bu holda uyda hotirjam òtìrishimiz tòģri bòlmaydi.

- biz hozir odamlarni uyiga olib borib qòyamizmi?

- albatta.

Shamol qattiq esib yomģir juda tez yoģayapti. Boyagi bolalar kasalxonasi oldidagi avtobus bekatiga keldik. Qarasak bìr ayol tahminan 1 yoshli bolasini qattiq quchoqlab olib turibdi. Uni oldiga tòxtab

- òtiring, oborib qòyman.

- ammo yonimda ortiqcha pul yòq edida...

- qiziqmisiz, qabaqa pul, òtiring bola shamollab qolmasin...

- rahmat aka....

Shtabda turar ekanlar 5 minutda oborib qòydik. Kòchani boshida tushib qolmochi edi, ammo eshigini tagigacha borishga kòndirdik.

Juda kòp rahmatlar aytib tushib ketdilar.

Yomģir yanada kuchaydi.
Kòchani boshiga chiqishimiz bilan 2 ta bola taksi tòxtatyapti, ammo ularga tòxtamay òtib ketdim. Òģlim

- ada, nega bularga tòxtamadingiz, ular ham yomģirda qolib ketganku?

- anavilarni kòrayapsanmi, ikki yoshi kattaroq ayollar bir dòkonning tomi tegiga turib olgan, kiyimlari xòl bòlib ketgan, òshalarni olamiz.

-nega?

-xozirgi tòxtayotgalar birinchidan erkak kishi, ikkinchida yonida puli bor, taksi tòxtayapti, uchinchidan hali yoshi katta emas... ular bemalol yetib olishadi, ammo haligi ayollar birinchidan ojiza, ikkinchidan taksi tòxtatmayapganidan bilsak ham bòladi yonida balki ortiqcha puli yoqdir...

Hali ikki ayol kishilar oldida tòxtadik. Oyanani ochib

- assalomu alaykum, òtiringlar oborib qòyamiz

- rahmat ukam, ammo ustimiz xòl, mashinangizni xòl qilib qòyamiz....

-odamdan shu matoh afzalmi, tezroq òtiringlar, deb eshikni ochib berdim.
Òtirishdi, 10 minutda yetib oldik,

- uka, bizni uyimizgacha olib kirib qòyasizmi?

-albatra, faqat bitta shartim bor.

- qanaqa?

- pul bermaysizlar, faqat duo qilib qòyasizlar..

- unday qilmang, biz, hojolat bolamiz, ammo sizga bir gap aytay xudoni òzi sizni bizga jonatdi, yonimizda pul qolmagan edi.... Alloh rozi bolsin deb uzundan-uzun duo qilib tushib ketishdi.

Shu tariqa yomģir tingunicha yana 2 kishini òz manziligi yetkazib qòydik. 1 soatga yaqin vaqtimiz ketdi.
Òģlimni kòzi qilgan ishidan fahrlanish va xursandchilik kòrardim. Qaytishda unga nasixat qildim

- òģlim, bir narsani esdan chiqarma, Payģambarimizdan bir hadis kelgan, «Kimda kim qo‘shnisi och bo‘lgan holda o‘zi to‘q bo‘lib tong orttirsa, iymoni mukammal emas». Agar odamlarga yordaming tegishni bilsang, darrov shu ishga kirish.
Aslo kechiktirma, shunda jannatda juda boy bòlasan, kòp qasring boladi, eng muhimi payģambarimizga qoshni bòlasan.

Muhammad Sodiq esa meni indamay eshitib ketar edi...

- Bugungi qilgan ishimiz doim esingda qolsin. Odamlarga hech qanday manfaatlarsiz yordam berganingdagina atrofingda samimiy odamlar paydo bòladi, Alloh ham rozi bòladi....
👍8❤‍🔥1
#dardim
Meni men istagan òz suhbatiģa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin kònglum pisand etmas...
🔥3
Avvallari farzandimga bòsh vaqt ajratar edim. Hozir esa bòsh vaqtimda farzandim bilan shuģullanyapman. Bu esa notòģri. Òzimga ham yoqmayapti. Hayotimdan qandaydir baraka kòtarilganday....
Biz dunyoga kelib, ortimizdan qoldirishimiz mumkin bòlgan eng soģlom ish bu -solih farzanddir. Ummat xurmat qilgan va ularga foydali bòlgan farzand tarbiyasi esa uzoq va mashaqqatli ishdir. Buyuk shaxslar ortida, hech shubhasiz ana shunday kòzga kòrinmaydigan va doim kadr ortida qoladigan shaxslar turgan...
Allohim òzing bizning umrimizga, rizqimizga, uyqumizga, ilmimizga barakalaringni ato qilgin....
Ģuluv ishlardan òzing bizni tiygin....
Anchadan beri safarga chiqmas edim. Ammo, shu oyda ko'p safarga chiqishga to'g'ri kelmoqda. Oxirgi olgan xulosalarimdan biri shuki, inson sayohatga chiqib turishi kerak ekan. Buni bir nechta foydali tomonlarini o'zimga kashf qildim, Aslida bularni barchasi Sunnatda kelgan, ammo esdan chiqarganmiz:
1. Inson o'zi bilan hisoblashib olishi uchun ko'proq vaqti bo'lar ekan. Yo'lda ketar ekansiz, o'zingizni taftish qiilishga yetarli vaqt bo'ladi.
2. Har safardan so'ng ko'p taassurotlar bilan qaytish: shukr va fikr qilish orqali manaviy ozuqa olish.
3. Voridlik lazzati
4. Musofirlikdagi barakali hayot va duoning ijobati
5. Yaqinlaringizni qadrini yanada ko'proq sezish
6. Solih insonlar suhbati
7. Doimiy hayot tarzidan chetlanish
8. Dunyoga bo'lgan hirsdan poklanish
9. Ulug'lar ziyorati

Allohim bizni o'zing isloh qilgin, o'z rahmatingdan noumid qilma....
Hazrati Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vassalam bir hadisi shariflarida “Safar qilinglar, sogʻlom va rizqu nasibali boʻlasizlar”, deb marhamat etganlar.
❤‍🔥1
Kecha bir shogirdimiz kelib xushxabar aytib qoldi. Sizlarga ham ilindim.

Amerikadan 92000$ grant yutib olibdi. Umumiy hisobda 10 ta institutdan òziga ma'qul bòlganini tanlamoqda (e'tibor bering, tanlayabdi, majburiy bittasiga kirmayapti). Qiziģi bu institutlarning barchasi TOP lar ròyhatiga kiradi. Juda xursand bòldim.

Ukalarim, sizlarga samimiy maslahatim shuki, òzingizni ozgina qiynab bòlsa ham 2 yil kerakli ilmni òrganing, dunyoning manaman degan institutlari sizga òz eshigini ochadi. Bu aslo qiyin ish emas. Boshi rohat oxiri mashaqqat bòlgan ishdan, boshi mashaqqat oxiri rohat bòlgan ishni tanlang, faqat shundagina yutasiz.

Insha Alloh, shu yaqin ikki yilda TOP-10 likni tashkil qilgan
MIT, Garvard, Oxford, Cambridge, Yell, Stenford, California, Columbia, Chicago, Princeton kabi institutlarni zabt etamiz. Oz qoldi. Balki bu siz bòlarsiz. Bu mavzuga yana qaytaman. Salomat boling..

P.s. Bu shogirdimiz bilan kòp shuģullana olmadik (1 oycha). Agar kòproq shuģullana olganimizda, shubham yòqki yuqorida sanagan instutlarga kira oladigan potensiali bor. Balki shunisi hayrli bòlgandir. Nima bòlganda ham bu sizga bir ibrat bolsin.
❤‍🔥1
Bugun bir shogirdim bilan kòrishgan edik.
76000$ grand yutib olgan ekan. Aytmabdi ham. Xursand ham bòlmagan. Nega aytmaganini keyin tushundim. Aslida u bemalol 250.000$ yutishga potensiali bor bola.
Buni sizga yozishimdan maqsad shuki, har doim qadringiz qancha ekanligini biling. Shunda tanlovda adashmaysiz.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#baraka haqida qisqacha
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vaqt qadri haqida
👍1🔥1