Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.01K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Juda kòpchilik SAT kursi haqida ma'lumot sòramoqda. Hozir safarda ekanligimizni inobatga olgan holda, shu yaqin 2-3 kun ichida ushbu kurs haqida batafsil ma'lumot berib òtishni rejamizga kiritdik.
#IBRAT
FIL VA ZANJIR
Hindistonda fillarni tarbiyalash uchun kichikligida oyoqlariga zanjir bog‘lab qo‘yilar ekan. Filning bolasi zanjirdan qutulib, ozodlikka erishish uchun, bor kuchi bilan harakat qilar ekan. Shuncha harakat qilishiga qaramay, zanjirdan xalos bo‘lolmas ekan.
Yillar o‘tib fil judayam katta bo‘ladi. Endi filning kuchi oyog‘idagi zanjirning olti borabar kattasiga ham etadi. Ammo-lekin, fil zanjirni uzish uchun hech ham harakat qilmaydi. Chunki u kichikligida ozod bo‘lolmasligiga ishonib bo‘lgan. Filning ozodligi endi zanjirda emas uning ishonchida.
Biror ishni uddalolmayman degan fikrdan voz keching, urinib ko‘rishdan ikkilanmang. Balki muvaffaqiyat qozonarsiz, aksincha bo‘lsa, tajribaga ega bo‘lasiz.
👍2🔥1
Odamlarni bitta xatosi uchun o‘zingizdan uzoqlatmang, benuqson bo‘lish Allohga xos fazilat. Ko‘z o‘ngingizdan o‘sha odamning yaxshi jihatlarini bir- bor o‘tkazing va ko‘ngilni keng qilib, samimiy kechirish uchun kuch toping. Yaratganga Allohumma mag‘firli deb duo qilganinggizda, sizni ham mag‘firat etishiga bo‘lgan ishonch shundagina ortadi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Bu yerda shaxsiy qadriyatimlarimga oid ma'lumotlar berib boriladi.
SAT uchun alohida kanal ochildi. SAT ga oid barcha ma'lumotlar ushbu kanalda berib boriladi.

@sat_teacher
👍3
Bugungi kunni o‘g‘lim Muhammad Sodiq bilan o‘tkazdik. Uni mashinamga mindirar ekanman "Nima qilamiz?" degan savolni berdim. Odatdaga xilof ravishda "Taksichilik" deb javob qildi. Sababini so‘ragandim "Keyin aytaman" dedi. Yo‘lovchilarga pullimi yo bepul xizmat ko‘rsatish masalasini ham kelishib oldik: Puli borlarga pulli, muhtojlarga xolis xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldik. Nega aynan "taksichilik" qilishni hoxlaganini payqagandek bòldim. Uch hafta oldin postimda yozgan ish tufayli bòlsa kerak deb òyladim.
Xullas ishni boshladik, jarayon davomida o‘ttiz mingga yaqin pul jamg‘aribmiz, asosiysi, ancha muncha odamlarning duosiniyam oldik. Hamma pulni o‘g‘limning qo‘liga tutib nima qilishini so‘radim. O‘ylanib turgandi, "Hozir, o‘g‘lim, senga uchta taklif beraman ma'qulini qilasan" dedim.
"Birinchisi bu pulni buvijoninga beramiz, xursand bòlib bizni duo qiladilar. Puling o‘n barobar ko‘payadi. Ikkinchisi, bu pulingni Allohga beramiz, puling keyin yetti yuz barobar ko‘payib ketadi". So‘zlarimni eshitib o‘g‘limning ko‘zlariga hayrat to‘ldi:
" Dada, Allohga ham pul berib bo‘ladimi, axir biz Uni ko‘rmaymizku?" dedi. Tushuntirishda davom etdim:
"To‘g‘ri, biz Allohni ko‘rmaymiz, ammo Alloh bizni ko‘rib turibdi. Agar biz shu pulni Allohning yo‘lida sarflasak, masalan, masjid qurilishiga bersak, muhtojga sarflasak, biror sadaqai joriyaga ishlatsak, ya'ni Alloh xohlagan joyga bersak, Allohning va'dasida yolg‘on yo‘q, puling albatta ko‘payib ketadi".
O‘g‘lim ikkilanmay pulini Allohga berishga qaror qildi, men esa unga uchinchi taklifniyam aytdim:
" O‘g‘lim, uchinchi taklif shuki, pulni o‘zing uchun sarflaysan".
U savol berdi:
"Bu holatdayam pulimiz ko‘payib ketadimi?"
Men esa javob berdim:
"Yo‘q, o‘g‘lim, bu holatda pulimiz ko‘paymaydi, hatto yaxshiroq o‘yinchoq olishingayam yetmaydi".
Mehnat qilib topgan mablag‘ining shunday yo‘q bo‘lib ketishi o‘g‘limgayam ma'qul emasdi. Shu sababli pulni uchga taqsimladik: ota-ona haqqi, Alloh uchun va o‘z ehtiyojiga. Men bu bilan unga kelajakda muhim hayotiy tamoyilni o‘rgatishga harakat qildim. Xulosa o‘rnida, unga aytgan so‘zlarimni shu yergayam keltirmoqchiman: O‘g‘lim, kelajakda ko‘p pul topasan, inshaalloh, qòlingda doim puling bo‘ladi. Pul topish, nazarimda, uni sarflashni o‘rganishdan osonroq. Puling qancha bòlishi muhim emas, asosiysi uni barakali bòlishida. Esingda chiqmasinki, dastmoyangni ota-onang (oilang), o‘zing va Alloh o‘rtasida taqsimot qil. Ana o‘shanda qo‘linga kelgan va ketgan pullarning barakasini ko‘rasan, hamma xursand bòladi"...
U jimgina eshitib turardi. Shu gapni tugatgach, undan bugungi tanlovi aynan nega "taksichilik" ekanini sòradim.
Uning javobi esa tanamni muzlatib qòydi, meni yanada xursand qilib yubordi, kòzimdagi yoshimni zòrģa ushlab qoldim.
Aytishicha, òsha kundagi ishdan sòng (yomģirdagi) zòr tush kòribdi. Juda chiroyli joylarda yugurib yurgan ekan, xursand ekan, rang barang joylar unga juda yoqqan ekan. Yana òsha joylarni korishni xohlabdi.
Uni tushini òsha payt òziga sharhlab berishni xohlamadim. U joy haqida hoyolimga kelgan juda yaxshi gumonimda qoldim. Shuning uchun unga boshqa savol bera olmadim. Unga aytgan oxirgi gapim esa : "Òģlim, insha Alloh, òsha yerga birga boramiz. Oz qoldi"...
🕊3👍2❤‍🔥1
Bir kun o‘g‘lim Muhammad Sodiq bilan uyga qaytayotib non olish uchun tòxtadik. Odatda uyga 4 ta non olaman, ammo shu kuni 6 ta olishni reja qildim. Òģlimni yonimga olib bir kishidan 2 ta non oldim, undan yana kimning noni yaxshi, deb sòradim, u yonidagi sherigini kòrsatdi. U sotuvchidan ham 2 ta non olib, yuqoridagi savolni sòradim. U ham bir sherigini kòrsatdi, oxirgi 2 ta nonni òsha kishidan oldik. Odatda nonni shu usulda olaman. U yerdagi sotuvchilar meni tanishadi, nonni doim shunday olishimga òrganib qolishgan. Lekin Muhammad Sodiq bundan ajablandi. Tabiiyki, yòlda bu ishning sababini sòradi. Men esa sababini izohlab berdim.
—O‘g‘lim, kòrayapsan sotuvchilar kòp, agar biz faqat bittasidan savdo qilsak, qolganlarining ichidan òkinish òtadi. Agar har biridan ul—bul olsak, ularning kòngli ozgina bolsa—da, ko‘tariladi. Biz ulardan yana kimning noni yaxshi deb sòradik, ular esa sherigini ko‘rsatishdi, bu esa ikki inson orasida iliq munosabat uyg‘otadi. Biz bitta sotuvchidan olsak ham, 3 ta sotuvchidan olsak ham baribir 6 ta non olib ketamiz, ammo 2-holatda yana 2 ta odamni xursand qilib ketamiz, natijada juda katta savob olamiz. Bunaqa xaridorni ular ham eslab qolishadi, har safar xursand bòlib kutib olishadi. Shu narsa esingdan chiqmasin, odamlarga gapimizdan kòra, amalimiz bilan kòproq xursandchilik yetkazishimiz muhimroqdir...
PS: Sizlar nimaga to‘rtta o‘rniga oltita non olganimga qiziqayotgan bo‘lsangiz kerak: Ikkita nonni o‘g‘limdan amakimning uyiga chiqardim, toki farzandim qarindoshlarga silai rahm bilan o‘ssin, ularga muruvvatli bo‘lishga odatlansin, degan maqsadda. Shunda hadislarda vada qilingan uzoq umr va keng rizqga ega bòladi...
👍5
Абу Ҳумайд ёки Абу Усайд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар».

Муслим, Абу Довуд ва Насоий ривоят қилишган.

Фотима розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:

عَنْ فَاطِمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْمَسْجِدَ صَلَّى عَلَى مُحَمَّدٍ وَسَلَّمَ وَقَالَ: «رَبِّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ»، وَإِذَا خَرَجَ صَلَّى عَلَى مُحَمَّدٍ وَسَلَّمَ وَقَالَ: «رَبِّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ فَضْلِكَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон масжидга кирсалар, Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот ва саломлар айтар эдилар ва: «Роббиғфир лий зунувбий вафтаҳ лий абвоба роҳматика», – дер эдилар».

Чиқаётганларида Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот ва салом айтар эдилар ва: «Роббиғфир лий зунувбий вафтаҳ лий абвоба фазлика», – дер эдилар».

Термизий ривоят қилган.

وَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْمَسْجِدَ قَالَ: «أَعُوذُ بِاللهِ الْعَظِيمِ وَبِوَجْهِهِ الْكَرِيمِ وَسُلْطَانِهِ الْقَدِيمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ» فَإِذَا قَالَ ذَلِكَ قَالَ الشَّيْطَانُ: حُفِظَ مِنِّي سَائِرَ الْيَوْمِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ.

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон масжидга кирсалар: «Аъузу биллаҳил азийм ва биважҳиҳил карийм ва султониҳил қодийм минаш-шайтонир-рожийм», – дер эдилар.

Қачон шуни айтсалар, шайтон: «Куннинг қолган қисмида мендан сақланди», – дер эди».

Абу Довуд ривоят қилган.
Bir kun òģlimga dòkondan òyinchoq oldik. Uyga bordik. Tabiiyki bu òyinchoq ukalariga ham yoqdi, ammo undagi tabiiy qizģanish tuyģusi tufayli bergisi bermadi. Men vaziyatni kuzatib turibman. Ukasi yana sòradi ammo, boshqa narsalarni bahona qilib òyinchoģini berkitishga harakat qildi. Biroz vaqt òtgach uni yonimga chaqirib quyidagi hikoyani aytib berdim:
Suriyalik olim Muhammad Xayr ash-Shi'olga Haysam ismli bir tikuvchi aytib bergan ekan. Hikoya sohibi shunday deydi:
“Mening tikuv korxonam bor edi. Qo‘shni ayollardan Ummu Jamil ismli ayolning eri vafot qilib qoldi. Uning uchta yetimi bor edi. Bir kuni u mening korxonamga kelib dedi:
-Mening bir tikuv mashinam bor. Uni erim ishlatar edi. Biz uni qanday ishlatishni bilmaymiz. Men esa yetimlarimni boqishim kerak. O‘sha mashinamni sizga keltirib ijaraga bersam. Ijara puli bilan o‘zimni va yetimlarimni boqar edim.
Men qaytarishga hayo qilib unga dedim:
-Mayli keltiringchi.
Ayol tikuv mashinasini keltirdi. Uning mashinasi juda eski model ekan. Bu mashina uchun mening korxonamda hech bir ish yo‘q edi. Ammo men bu ayolning ko‘nglini sindirishni istamadim. Undan ijaraga qancha pul berishim lozimligini so‘radim. U uch ming lira dedi. Bu voqea Suriya urushidan yigirma yillar oldin bo‘lgan edi. Men tikuv mashinasini olib qoldim va unga uch ming lira berib yubordim.
Mashinani bir burchakka qo‘yib qo‘ydim. O‘n yillar o‘tdi. Ummu Jamil mendan ijara pulini olib turdi. Ammo tikuv mashinasidan umuman foydalanmadim. Endi tikuv korxonamni shahar chetidagi bir boshqa binoga ko‘chirmoqchi bo‘ldim. Narsalarni ko‘chirayotib xodimlarimga: “Ummu Jamilning mashinasini ham olinglar!”, dedim. Sexni yuritadigan ayol dedi:
-Bizning Ummu Jamilning mashinasiga ehtiyojimiz yo‘q. Ko‘chirib nima qilamiz?!
Men:
-Ko‘chiringlar, tamom!-dedim.
Yana o‘n yillar o‘tib Suriyada urush boshlandi. Mening korxonam joylashgan mintaqa vayron bo‘ldi. Ammo mening korxonam saqlanib qoldi. Urush sababidan Ummu Jamil bilan aloqamiz uzilib qoldi. Uning manzilini ham topa olmadim. Uning telefoni o‘chgan edi.
Sexni yuritadigan ayol mendan ketib Yevropaga boribdi. Ikki oydan so‘ng men bilan bog‘lanib bir tush ko‘rganini, uni menga aytib berishini istayotganini aytdi. Men: “Gapir”, dedim. U shunday dedi:
“Tushimga g‘oyibdan ovoz eshitdim. U ovoz shunday dedi: “Ummu Jamilning tikuv mashinasi barakotidan sizning korxonangizni saqlab qoldik!”.
Tikuvchi Haysam doktor Shi'olga shunday degan ekan:
“Hurmatli doktor! Ishonsangiz, mening korxonamdagi bitta nina ham yo‘qolmadi. Vaholanki, bu mintaqadagi biror bir joy zararsiz qolmagan!”.

Ehtimol zaif bir qo‘shningizga yordam berishingiz yoki qo‘shnilaringizdan zaifa bir beva ayolga moddiy yordam berishingiz sizning saodatingizga, siz va oilangizning himoya qilinishingizga sabab bo‘lar.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytadilar:
“Yonidagi qo‘shnisining ochligini bilaturib qorni to‘q holda xotirjam uxlagan kishi menga iymon keltirmabdi!”.
Yana aytadilar:
“Ey Abu Zarr! Agar sho‘rva pishirsang suvini ko‘proq sol. Qo‘shnilaringni yo‘qlagin!”.
Qancha-qancha Ummu Jamillar ko‘chalarda sargardon. Ularning ehtiyojini birov bilmaydi. Buning nomi maxfiy sadaqadir. Buning nomi ko‘ngil olishdir. Buning nomi qiynalganlarga yordam berishdir.
Kim Allohni tanisa yaxshilik yo‘llarini ham biladi. Osiy inson faqatgina o‘zini biladi. Buni “Nasiba”, demanglar balki “Maxfiy qilingan yaxshilikni faqatgina Alloh biladi”, denglar.
Bir kishi aytadi: “Menda telefonni quvvatlab beradigan qurilma bor. Uni kim so‘rasa beraman. Yetti yil bo‘ldi. Men sotib olgan barcha qurilmalar bir-ikki yil ishlab so‘ngra buziladi. Ammo u hali ham ishlayapti”.
Ushbu hikoyadan sòng kechqurun òģlimni kuzatishni boshladim. Òyincboqlarini kim sòrasa beradigan va bu ishini xursand bòlib bajaradigan bòldi.
Men esa Alhamdulillah deb qòydim.
👍6
Darsni tugatib shogirdlarim bilan Jumaga chiqdik. Kun juda issiq edi. Ko'chada namoz o'qidik. Yonimizda o‘'rik sharbati sotuvchisi ham namoz tugagach savdosini boshladi. Ilhom degan shogirdim bilan sharbat olish uchun navbatga turdik. Shu payt 7 ta bolajonlar kelib sharbat omoqchi bo‘lishdi. Ular sotuvchidan sharbat narhini so'rashgandi, sotuvchi 3000 so‘mligini aytdi. Bu kichik xaridorlarni ajablantirdi, biroz oldi 2000dan olishganini aytib izoh talab qilishdi, ammo sotuvchi javob bermadi. Kuzatib sezdimki, bolalarning qo‘lidagi mablag‘ sharbat olishga yetmaydi. Bizning navbatimiz kelganda sotuvchining qo'liga 27000 so'm berib haligi bolajonlarga bepul quyib berishini aytdim. Sotuvchi bizdan so‘ng bolajonlarga birin-ketin sharbat quyib berishni boshladi. Ular hayron bo'lishib sotuvchiga pullari yetmasligini aytishdi. Sotuvchi bola esa puli to'langan ichaveringlar deb, menga ishora qilmoqchi edi, men kerak emas, bilishmasin deganday imlab qo'ydim. U ham darrov buni tushundi. Muhimi, bolajonlar bu ishdan sevinib ketishdi. Ko'zlaridan sezdim. Biz esa o'qishga qaytib ketdik. Yonimdagi shogirdim ham buni indamay kuzatib turdi, ishonamanki bundan bir ibrat oldi, aslida bu ishdan ko'zlagan maqsadimdan biri ham shu edi. Chunki, shu yoshga kirib ega bo'lgan muhim xulosalarimdan biri shuki, shogirdlari aytganlarimdan ko'ra, bajargan ishlarimga ko'proq ergashar ekan,

Buni yozishimdan maqsad, atrofingizga doimo e'tiborliroq bo'ling, balki siz uchun arzimas bo'lgan narsa, kimlar uchun bir olam quvonch, hayot-mamot maslasi bo'lib chiqar. Ularning xursandchiligi, qalbiga solgan xushnudligingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lar, balki qiyomatda shu amalingiz tufayli najot toparsiz. Hech bir yaxshi ishni, u hatto kichik bo'lsa ham arzimas sanamang. Allohninig himmati cheksiz. Qoida esa o'zgarmaydi, siz qancha berganingiz muhim emas, qanchangizni nima maqsadda berganingiz muhim. Menda hech qanday sir yo'q, faqatgina o'zimga xos hayotim bor, birovlarning xursandchiligiga ega bo'lishni xohlayman, shogirdlarimga ham shuni singdirishga harakat qilaman. Duolaringizga muhtojligim bor.
👍4
“Talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim.
Shogirdlarimga ushbu duolarni yodlab olishni, har tongda uni takrorlab yurishni tavsiya qilaman. Sizlarga ham ilindim.
“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri". Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy" (Toho, 25-28). Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

“Robbi zidni ilman va fahman". Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.
“Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatda bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolaman.
👍2
Yaqinda 3-4 yil oldin òqigan, ammo hanuzgacha kelib xabar olib turadigan bir shogirdim jiddiy mavzuda, ya'ni UYLANISH masalasida maslahat sòrab kelib qoldi. Qanday qiz tanlash kerakligi haqida ikkilanayotgan ekan. Unga aytgan ba'zi tavsiyalarimni sizlarga ham ulashdim, balki manfaatli bòlar:
Faqatgina toʼshakni oʼylab uylanma! Chunki hayvoniy hirslaring toʼyishi bilan ayolingdan ham zerikasan.
Oilang boʼlishi uchun uylan. Kecha-yu kunduz sening yaxshi kuningda ham, yomon kuningda ham hamroh topish uchun uylan. Qadriyat, din, yaxshi ishlarda maslahatdosh topish uchun uylan.
Suhbatida zerikmaslik uchun, qat'iyatingda senga sherik, adashganingda senga muxolif fikr bera oladigan ayolga uylan.
Sening moddiy ahvoling uni qiziqtirmaydigan, balki sening aqling, qalbing va fikrlashingga qiziqadigan ayolga uylan.
Sening orzularingga sherik boʼladigan va ularni roʼyobga chiqarishda senga yordamchi boʼladigan ayolga uylan. Barcha orzularingni chippakka chiqaradigan, yoshligingni zoe qiladiganga emas.
Hatto senga ertalab ishga ketayotganingda oyoģingga paypoģiingni kiydirib qòyishni òziga or deb biladiganga emas. Seni xohishing uchun emas, balki Allohning roziligi uchun ham senga itoat qiliadiganga,unga qaraganingda kòzing quvnaydiganiga uylan.

Hammasidan oldin uylanishga boʼlgan nazaringni oʼzgartir. Sen buyuk Sunnat ish ustida ekanligingni, buni ortidan rizqingga, hayotinga baraka va farovonlik kirib kelishiga ishonching komil bòlsin. Shunda bu ishdan asl maqsadga erishasan, saodatga ham. Lekin istihora namozini òqib qòyishni ham esdan chiqarma.....
👍9🔥1
#farzandimga_nasihat

Òģlim, Biz Qur'onning qayerigacha kelganimiz muhim emas, Qur'on bizni qayerimizgacha (sòz, amal, xulq) kelgani muhim. Gapimiz Qur'on, amalimiz sukut bòlganidan kòra, amalimiz Qur'on sòzimiz sukut bòlgani maqbuldir.

Habibimizni nega sevamiz bilasanmi?! Chunki ularning xulqlari Qur'on edi.

Allohuma solli a'la sayyidina Muhammad!

Ayyom muborak!
👍4❤‍🔥1
Shunday insonlarni uchratdimki, hayot ulardan qanchalar olmasin boy boʼlib qolaverdilar!
Shunaqa insonlarni koʼrdimki, ular hayotdan qancha olishmasin faqir boʼlib qolaverdilar! Himmat egasi bòling. Qadr qiymatda emas, barakadadir.
👍2
O‘tgan hayitda òģlim Muhammad Sodiqga sovģa olmoqchi bòlib dòkonga chiqdik. Men kassaning yonida turibman. Muhammad Sodiq òyinchoq tanlayabdi. Shu payt bir yosh bola dòkonga kirib sotuvchiga 1 kg un berub oyimlarga yozdirib qòyarkansiz, deb qoldi.Bolaga bir nazar solib qòydim, yupungina kiyingan edi. 1 kg unni oldida chiqib ketdi. Sotuvchi daftariga bir narsalarni yozganday bòldi. Undan sòradim:
— Bu bola kim edi?
— Qòshni bola.
— Adasi bormi?
— Yòq.
— Onasi nima ish qiladi?
— Narsa pishirib sotadi.
— Qancha qarzi bor?
Daftariga qaradida,
— 47 ming ekan, aka-, dedi.
— Yana shunday qarzdorlar bormi?
— Ha, yana bir ikkita shunaqa oila bor, keyin keksa kampir ham...
— Ularnngi qarzi qancha?
Sotuvchu qiz kòzida hayronlik bilan daftardan ko‘rib 37 ming ekan dedi.
— Hammasini òchirib tashlang, men tòlab qòyaman. Hozir òģlim keladi. Agar òyinchoq olib chiqib ketsa, bu puldan ortganiga qarzlarni yopib qòying, agar pul berib òyinchoq olmasdan chiqib ketsa, shu pulni qarzlarni yopishga ishlating. Keyin yana qaytib kirsa, tanlagan òyinchoģiga yana bitta òyinchoq qòshib bering, deb 200 ming berib qòydim.
Muhammad Sodiq bitta katta òyinchoq tanlab keldi. Narhi 107 ming sòm ekan.Men sekin so‘radim:
— Yaxshi òyinchoq tanlabsan, o‘g‘lim, lekin shu pulga bitta uy olsak nima deysan?
— Bu pulga uy beradimi?
— Ha, shunaqangi zòr uy beradiki, har xil mevalari bòladi, ichida òyinchoqlari ham kòp bòladi.
— Hozir olamizmi?
— Yòq, hozir qurishni boshlaymiz, insha Alloh katta bòlganingda juda chiroyli bòlib bitadi.
Hozir senga pul beraman. Bu pulni shu sotuvchiga berib, nima qilmoqchilingni aytasan. Òzing hal qil, xohlasang shu tanlagan òyinchoģingni ol, xohlasang uy ol. Qaysi qarorni qabul qilsang ham hurmat qilaman, deb mashinamga òtirdim.
Muhammad Sodiq birozdan sòng dòkondan chiqdi, qòlida òyinchoq yòq edi. Juda xursand bòldim. Mashinaga òtirdi.
— Adajon, man uy qurishni boshladim, katta bòlganimda shu uyni sizga sovģa qilaman dedi.
— O‘ģlim, sen bugun umringdagi eng muhim qarorlardan birini tanlading. Bu ishingdan juda sevindim, Alloh ham sevindi. Bergan pulingni sotuvchi qiz, non olishga puli yòqlarga non olib beradi, òģliga shokolad ololmaganlarga shokolad olib beradi. Sen òz nafsingni yengib ularga yordam berishni tanlading. Allohning va'dasi haq, endi hozir dòkonga kirsang, bitta òyinchoģing 2 ta bòlib qolganini ko‘rasan.
U bu gapdan hayron qolganicha dòkonga qaytib kirdi va hursand holda 2 ta òyinchoq bilan chiqdi.
Men òģlimga tushuntirishda davom etdim:
— Haligi uyni jannatdan sotib oldik, insha Alloh, jannatda eng kamida bitta uyimiz bor. Tanlovni òzingga qòyib berganimni sababi esa, hayotda òz fikring bòlishiga, vaziyatni tahlil qilib ikkita tòģri variantlar ichidan tòģriroģini tanlashga odatlantirish va nafsing bilan jangda ģalaba qozonishingni ta'minlashdir.

Ayyomimgiz muborak bòlsin...
👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun qadrdon doʻstimiz Muhammad Ali Eshonqulov bilan birga shogirdlarimizdan imtihon oldi samimiy maslahatlar berdik.

P.s. Oxirida samimiy hazil boʻldi.
👍2
Forwarded from Sodiq Academy | Rasmiy kanal (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Toʻliq videoni quyidagi link orqali korishingiz mumkin
👇👇👇
https://www.instagram.com/tv/CRohFd-Actn/?utm_medium=copy_link
Eshitdimki, birodarimni ishdan bo‘shatishibdi, puldan tangchilik bo‘lib kirakashlik bilan ro‘zg‘or qilayotgan ekan. Aksiga olib, qizchasi ham kasallanib qolibdi. Yakshanba kuni òģlim Muhammad Sodiqni bilan uning ziyoratiga otlandik. Yo‘l yo‘lakay o‘g‘lim bilan suhbatlashib ketdik. Unga xozir cho‘ntagimda 50 Aqsh dollari borligini bu pulga unga kiyim olishimiz mumkinligini, biroq birodarimning qizi betobligi uchun bu harajat bizdanam ularga zarurligini aytdim. Tabiiyki, bu taklifga o‘g‘limam rozi bo‘ldi. Men unga voqealar rivojini jim kuzatishini ham ta'kidlagach honadonga qadam bosdik. Birodarim bilan uyoq-buyoqdan gaplashganday bòlib, O‘rikzor bozorida savdo qiladigan tanishidan onam uchun ro‘mol olib berishini so‘rab boyagi pulni qo‘liga tutdim. U xòp deb pulni olib qoldi. Uyga qaytarkanmiz Muhammad Sodiq mendan:
—Adajon, u pulni doriga bermochi edik, ammo siz buvijonimga ròmol olmoqchi bòlayapsiz. Nega unday qildingiz?, deb so‘radi.
—Oģlim, bu yerda bir muammo bor, unga pulni shunday berishimiz kerakki, u bu pulni olayotganidan hijolat bòlmasin, kòngli oģrimasin. Hozir telefon qilib u bilan gaplashaman, suhbatning davomini eshitsang, maqsadimni tushunub olasan—,dedimu birodarimga telefon qildim va unga onamga ròmol olish fikridan qaytdik, òrniga boshqa narsa oladigan bòldik, uning nimaligini singlim bilan maslahatlashib keyin aytvoraman. Ungacha pul òzingda turursin. Xohlasang ishlatsang ham mayli, qachon kerak bòlsa o'zim aytaman, deb aytib qòydim. U avval hayron qoldi, keyin rejamni tushunib qoldi shekili, endi meni eshit deb òz gapini boshladi:
—Dòstim, men ahmoq emasman, senga hech qanday ròmol kerak emas, bu pulni menga berishning yòlini qilding, Allohga qasamki, bu pulingni olmas edim, ammo hozir muhtojman, qizimni dòxtirga olib borgan edim, dorilar yozib berishdi, lekin uni olishga pulim yòq edi. Qizim uchun shu pulni olaman, faqa bir sharti bilan pulingni biror kun qaytarib beraman, rozimisan?
—Ha, roziman, faqat mening ham bir shartim bor, pulni òzim sòramagunimcha bermaysan.
—Roziman, lekin, dòstim, senga katta rahmat, boringga ming shukur, mushkulimni yengil qilding, deya duo qildi.
Muhammad Sodiq suhbatimizni indamay eshitib turar edi. Suhbat tugagach, òglimga nasihat qilib qòydim:
—Òģlim qachonki kimgadir yaxshilik qilmoqchi bòlsang, uning diligia ozor bermay, shunday yengil qilginki, u hatto buni bilmay qolsin. Amalning eng yaxshisi yashirin bòlganidir, òng qòling berganini, chap qòling bilmasin. Shunda bu ishni holis Alloh uchun qilgan bòlasan. Shunda atrofingdagilar seni qattiq hurmat qilishni boshlaydilar, atrofingda samimiy insonlar kòpayadi. Eng muhimi Alloh sendan rozi bòladi. Agar Alloh sendan rozi bòlsa hamma ishing besh bòladi. Jannatdagi uying ham tez bitadi deb gapimni tugatishim bilan u
—Adajon meni kechiring?, dedi.
—Nega unday deyapsan?
—Boya sizni notòģri ayblabman.
—O‘ģlim xato ish qilish xato emas, uni tòģrilamaslik, tan olmaslik, undan xulosa chiqarmaslik xato, sen hozir tòģri ish qilding, xatoyingni bilishing bilan uzr sòrading, bu haqiqiy erkaklarning ishi deb maqtab qòydim. Uni kòziga qaradim, xursandchilikdan porlardi.
👍6
Sònggi 10 kunlik ajoyib ôtdi. Quyidagilar qadrdon dôstlarimiz va ustozlarimiz bilan kôrishib suhbatlashish nasib qildi::
1. Abror Muxtor Aliy
2. Mubasshir Ahmad
2. Umidjon Ishmukhamedov
3. Muhammad Ali Eshonqulov
4. Temurbek Adhamov
5. Jahongir Pulatov
6. Davron Turdiyev
7. Rustam Rahmatov
8. Adham Shoisayev
9. Abdussattor Abdurahimov
10. Sardor Rahimxon va “Yurak amri” jamoasi
11.Abdumannon domla va “AsSodiq” jamoasi
12. Inoyotilla va "33 savol" jamoasi
13. "Yuksalish" jamoasi
14. "Patronlar" ligasi
15. "Self made top" jamoasi
16. "In Brain" asoschilari va jamoasi.
17. "Osmondagi bolalar" jamoasi
18. CIC va CIU jamoasi
19. "Take job" jamoasi
20. "Najot Ta'lim" jamoasi
21. "Mars IT" jamoasi
22. "Isystem" jamoasi
23. Edu Master" jamoasi
24. "Biznes kvadrat" jamoasi
25. "Mehr 2020" jamoasi.
26. "Sofia" asoschisi
27. Dilmurod Sharifov

Allohim ôzing bizlarni ôz holimizga tashlab qôymagin. Oxirimizni baxayr qilgin.
👍2