Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.01K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#Farzandimga_nasihat

Jamiyatdan ayrilsang ham, jamoatdan ayrilma!!!
👍32🔥83❤‍🔥1
#tavsiya

Bir a'robiydan: “Robbingga chiroyli qilib duo qila olasanmi?” – deb so‘rashdi. “Ha”, degan edi, “Unda duo qil”, deyishdi. A'robiy: “Allohim, Sen bizga so‘ramasak ham Islomni berding. Endi Sendan so‘rab turganimizda bizni Jannatdan mahrum qilma!” – dedi.
Bundan go‘zal duoni eshitganmisiz?!
👍45🔥116❤‍🔥1
#qalb

Yetti yildan beri taroveh namozini mahallamizdagi masjidda òqib kelaman. Bu yili ham shu yerda òqiyman deb niyat qilib qòygandim. Nimadur bòlib ishdan kechroq chiqib qoldim. Odatda tahoratda yurganim bois, tòģri masjidga yòl oldim.
Namoz vaqtiga zòrģa yetib oldim. Yòlda oldingi safda qaniydi joy bòlsa degan hayol òtdi, chunki doimo avvalgi qatorlarda òqishga harkat qilganman.
Bu safar hech bòlmasa ulgura olganimga shukur qilib eng orqa safda òqisam ham mayli deb masjid eshigidan kirishim bilanoq iqomat aytib qolindi. Bir kishi menga ishora qilib yoniga chaqirdi, tezroq bòl bitta joy bor deb ishora qildi. Men ham shoshgancha òsha tomonga yurdim.
Allohning qudratiga tasbeh aytib qòydim...
Sababi, aynan men hayolimdan òtkazgan joyning òzi edi, naq imomning orqasida, birinchi safda.

Taroveh namozlarida jamoat kòp bòlishini va aynan ushbu saf avval tòlishini inobatga olsak, bu juda nodir holat edi...

Tòģrisi , ajablanmadim, chunki qalb Allohning huzurida ekanligiga iymonim bor.

Yodimdan òtgani esa, Oli Imron surasining 13-oyati bõldi:
"Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordur" bòldi.

Aytmoqchi bòlganim, Allohga bòlgan gumoningizni poklang, chunki U sizning gumoningizdadir, qalbingizdadir...

Salomat bòling!

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍4610❤‍🔥1
#Eslatma

Farzandlarining kundaligida yomon baho ko'rgan har qanday ota- ona g'azablanadi. O'zimizning kundaligimiz bo'lgan Nomai amallar yuqoriga, Alloh huzuriga ko'tarilganda nima qilarkanmiz....
👍143🔥3❤‍🔥2😢2
#Bugun_kozimga_yosh_keldi

Juma ajib kun.

Umrim davomida 2 bor JUMA kunini o'zgacha intiqlik bilan kutganman.
Biri, Sarvari olam Habibimizning muqaddas masjidlarida JUMA namozini o'qish. O'sha payt nimalarni his qilganman, tarifga so'z ojiz.

Ammo men uchun undan ham muhimroq bo'lgan JUMA bugun edi. Bu qanday JUMA bo'ldiki, xatto Masjidul Nabaviydagi JUMA namozidan ham afzal ko'rsam?

Bugun, ikki o'quvchim ilk bor, JUMA ga chiqishdi, aniqrog'i bu ularning ILK NAMOZLARI, Allohga qilgan ILK SAJDALARINI ado etishdi.
Allohning azaliy va abadiy ekanliginu rad qilishdan qaytib, unga iymon keltirgan ILK KUNLARI edi.

Muqaddas OYning Muqaddas kunida.
Qanday go'zal muqaddima...

To'g'risi ,anchadan beri ko'zimga yosh kelmagan edi, ammo bugun...

Alloh iymonlarini o'z dargohida qabul qilsin, o'zi ushbu yo'lda ularni sobitqadam qilsin, xalqqa, ummatga foyda tegadigan mo'minlardan bo'lishsin.

P.s. Dars jarayonida shogirtlarimga odatda faqat dars o'tmayman, mavzuga oid qiziq ma'lumotlar, hayotiy muhim prinsiplar, latifalar, ibratli hikoyalar, muhim tarixiy voqealar va samimiy maslahatlar berib borishga harakat qilaman.

Dars tugagach ikkisi yonimga kelib; "Sizni hurmat qilamiz, bizga yomonlikni ravo ko'rmasligingizni ham bilamiz, sizga havas qilamiz, shuning uchun biz shu qarorga keldik" - , deb aytib qolishdi.
Rosti, o'zimni boshqacha his qildim.

Hali ham shu eyfariyadaman....

Sizlarga ham ilindim.

"Diningizni gapirmang, diningizni ko'rsating" shiorining naqadar muhim ekanligini yanada ko'proq his eta boshladim...

18-Ramazon, 1442-hijriy yil.

Salomat bõling!

Hurmat ila,
Hasankoja Muhammad Sodiq
👍17🔥63😢2❤‍🔥1
Odamlar qani deyishsa, boshqalarning gʼamiga sheriklik, sevinchiga egalik qilaoladiganlarni koʼrsataman...Haqiqiy moʼminlik oʼshalarda...
❤‍🔥1
Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar. Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...
👍5🔥5❤‍🔥1
Кечиккан имкон қаҳва ичилгач берилган шакарга ўхшайди...
❤‍🔥1
Na istak, na orzu, na hoyu havas,
Dunyoga zigʼircha ketmasin hushim.
Robbim, yolvoraman Sendan iltimos,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Qaysidir pastkashning ostonasida,
Yuzimga yopilgan darvozasida,
Jonimni hovuchlab oʼt orasida,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Mol—davlat demayman, sinoat bergin,
Bir burda nonga ham qanoat bergin.
Qiyomat kunida shafoat bergin,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Sinovlar kelsada, goʼzal sabr ber,
Oʼsha sabrlarga biroz ajr ber.
Qulingman, illo Sen shohdek qadr ber,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Faqirlik bersang—da, koʼnglimni toʼq qil,
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil.
Sen qudrat sohibi, men koʼzi soʼqir
Аmmo hech birovga tushmasin ishim.

Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil,
Oʼzingdan oʼzgaga tushmasin ishim...
👍6❤‍🔥1🔥1💯1
Ey, nafsim, har rohatning ortida bir mashaqqat bor, boq, yoshlikning orti qariliq, quvvatning orti zaiflik, hayotning orti oʼlimga jipsdir. Faqat sabrning boshi mashaqqat adogʼi rohatligini unutma...
👍3❤‍🔥1
#savol_javob

Savol:
Repetitor o'tishni yaxshi ko'raman bir o'quv markazda to'rt oy dars o'tdim keyin Yana boshqa o'quv markaz ikkita guruh qilib menu taklif qilishdi uyerdayam bir oy ishladim. Ham maktabda ishlab yurdim. Menu puli umuman qiziqtirmadi faqat juda band bo'lsam xursand yurardim. Katta oilada yashayman kichik o'g'ilga tushganman. Qaynona qaynotam bor. Ko'p ko'chada bo'lib qilganim uchun uydagilarga qiyin bo'ldi.Turmush o'rtog'im Zuhra bu ishlangni keyinroq qilasan uyga qara o'sha joydan topgan pulingni o'zim beraman deb repetitorlikni to'xtatib qo'ydi. Endi maktabdagi ishim bo'lsayam bo'shliqda yurganga o'xshayman. Bu yo'g'da qaynona qaynotam qarib qolishsa yana boshlasam yana to'xtab qolishdan qo'rqaman. Ikkita bolam bor. Ikinchim 2yoshda. Shuning uchun o'ylab onlayn dars o'tsam qanaqa bo'larkin. Uyimizda internet uncha yaxshimas o'zim bo'lsa, telegramdan boshqasini bilmayman. Shunga harakat qilsam bo'larmikin harakatlarimni natijasi bo'larmikin deb o'ylab turibman. Bu borada menga yaxshi ustoz kerak shu tehnikalarni o'rganishga. Shu bo'yicha maslahat berolasizmi. Biron ustoz topib berolasizmi?

Javob:
Avvalo eringizni ko'proq roziligini olishga harakat qiling. Qaynona va qaynotangizni xizmatini qilib ko'proq duolarini olib qoling. Bu narsalar juda muhim. Farzandingiz tarbiyasi va bilimiga ko'prqo e'tibor bering. Shular sizga jannatni kalitini, tojini beradi. Ularni insofli, solih qilib o'stirishga harakat qiling. Bu juda katta mexnatni va ko'p vaqtni talab qiladi. Oson bo'lmaydi, ammo lekin buni shu darajada ko'p rohatini kelajakda ko'rasizki, o'zingizdan mamnun bo'lasiz. Shuning uchun bu ishlarga ko'proq e'tibor qarating. Aslida yashashdan asosiy maqsad va mahiyati ham shunda. Imtihondamiz, yaxshi tayyorlanishimiz muhim. Dunyoni o'zgartirishimiz uchun, avvalo o'zimizdan, oilamizdan boshlamog'imiz kerak. Siz ummatga, xalqqa qiladigan eng katta yaxshilingiz, bu solih farzandlarni tarbiyalab berishingizdir. qolgani yo'l-yo'lakay bo'laveradi. Bo'sh vaqtingiz borligiga siqilmang. Undan ko'proq foydalanib olishga harakat qiling. Kitoblar o'qing. Sohangizga oidlarni, aktual kitoblarni va farzandizga foydali bo'lgan adabiyotlarni. Hullas bundan oqilona foydalanib oling. Vaqt juda tez o'tib ketmoqda, ertaga qilingan ishlardan ko'ra, qilinmagan ishlarga afsuslanish ko'proq afsuslanish bo'ladi. Bularni faqat tavsiya sifatida qabul qilishingizni so'rayman, menga shu narsalar to'g'ridek tuyuldi. Alloh ishingizni hayrli va barakali qilsin. O'zi yaxshi niyatlaringizga yetkazsin. Doim qo'llab tursin. Duolaringizga muxtojligim bor.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh
10❤‍🔥2
Bugun tushdan soʼng Аhmad Lutfiy Qozonchining "Soʼngi toʼfon" romanini oʼqishni boshlab, xozir bitirdim... Issiq uyida qorni toʼyib oʼtirganlar, har rejasining chorasini topganlar, otasini yomon, deb shikoyat etganlar, ona mehrining suratini chizolmaganlar, dunyodagi hech bir amal hisobsiz qolmasligiga shubhasi borlar, sizlarga ham oʼqib koʼrishni tavsiya qilaman... Oramizda odamiylikdan benasiba Tursunlar, Аbu Jahldan tugʼilgan Ikrima roziyallohu anhudek Hasanlar hamon bor, bu yaratilish silsilasi to qiyomatga qadar davom etishi ham muqarrardir, buni satrlarga bitib boradigan Qozonchi kabilar tugʼilar ammo oʼqiganning bari bir xulosadan nasibador boʼladimi, yoʼqmi bizga nomaʼlumdir. Tavsiya etamiz, xolos, hikmatini ochish Аllohning izni bilan albatta...
👍6🔥3🥰2❤‍🔥1
Gʼuluvuyat

Hazrat Аbu Bakr roziyallohu anhuga "Аllohning roziligi uchun" degan soʼz kifoya edi,
Hazrat Umar roziyallohu anhuga "Аllohdan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi,
Аli roziyallohu anhuga "Аllohning yoʼlida" degan soʼz kifoya edi,
Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuga "Аllohning huzurida guvohlik beraman" degan soʼz kifoya edi,
Salmon Forsiy roziyallohu anhuga "Аllohni esla" degan soʼz kifoya edi,
Аbdulloh ibn Umar roziyallohu anhuga "Аlloh kibrli va maqtanchoqni sevmas" degan soʼz kifoya edi,
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga "Mazlumning duosidan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi,
Аbdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhuga "Аlloh afv qilganni afv qiladi" degan soʼz kifoya edi,
Sobit ibn Qays roziyallohu anhuga "Аllohning Rasuli huzurida dagʼal soʼz qilmang" degan soʼz kifoya edi...
Bizga bu nasihatlarning barini jamlasa—da, yetarli boʼlmay qoldi, Аlloh islohimizni tezlatsin ...
👍7❤‍🔥1🔥1
#hisobot

Ramazon oyi barakali bòlishda davom etmoqda:

Uchinchi hafta hisoboti:

- 7 ta òqituvchi oliy toifali nomzodlikni olishibdi. (Òz minnatdorchiliklarini bildirishdi)

- hozircha 12 ta abituriyentim imtixon topshirdi va hammasi òqishga kirdi.

- 4 ta òquvchim chet eldan grant yutib oldi.

- 870 bet kitob òqidim.

- 932 ta test tuzdim.

- 22 ta yangi òquvchi

- 22 pora xatmu Quron

Bularning barchasi shu 25 kun ichida sodir bòldi. Sizlarga aytishimdan maqsad, vaqtingizni qadrlang, uvol qilgan har bir soniyangizni ertaga baribir tòlaysiz, ammo qimmatga tushadi, aslo tekin deb òylamang. Alloh òzi adashtirmasin, duolaringizga muxtojligim bor.

3-may, 2021-yil, Toshkent shahri, Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍5❤‍🔥1
#hisobot

Bu esa yanvardagi vaziyat...
👇👇👇

Bugungi kun tartibimiz haqida sòraganlarga qisqacha review:
1) 12 soat ofline dars (4 ta guruh)
2) 62 ta test tuzdim
3) 148 bet kitob òqidim
4) 11 ta yangi yòqlab kelganlar bilan suxbat
5) 4 ta ota-ona bilan suxbat
6) 5 ta yangi òquvchi qabuli
7) 38 ta telefonga javob
8) 142 ta telegram xabarlarga javob
9) Kanalga 24 ta material
10) Namoz
11) 4 Soat uyqu
12) Bir mahal taomlanish)
13. Shaxsiy va oilaviy hayotga oid ishlar(farzand va ota-ona)

P.s. Bugungi bajargan ishlariniz shular, faqat arifmetika jihatidan qarasak bir kunga siģmayapti...
👍18🔥63🕊1
Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi...
👍4❤‍🔥1
Dard koʼngildan ketmaguncha koʼzlarga kelaveradi...
👍5😢2❤‍🔥1
#ZIKR

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rohmanga suyuklidir: «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil aziym», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar...
👍3❤‍🔥1
Baxtni izlash kerakligini uqtirishardi, ulg‘ayib angladimki, BAXTNI SEZISH KERAK ekan...
🔥3❤‍🔥1
#Farzandimga:
Bolam, odamlar ezgu maqsadlari yo‘lida yurishga hozirlanganda, sen o‘sha yo‘llarni qurishga odatlan...
❤‍🔥1
Hozir ikki qiyrot savob bilan ortga qaytdik.

Shogirtimizning onalari 42-yoshda uzoq davom etgan hastalikdan vafot etibdilar. Sònggi sòzlari shahodat kalimasi bòlibdi.

Qanday gòzal yakun...

Dòstlar, bizning navbat yanada yaqinlashdi.
Alloh òzi ushbu kunlar hurmatidan òzi ajrlar bilan mukofatlasin, oila a'zolariga jamil sabrlar bersin.


Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.
❤‍🔥1