Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.84K subscribers
496 photos
384 videos
9 files
738 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#Shogirdlarimga_tavsiya

"Bu dunyoda Jannatlarda ham yo‘q bir lazzat bormi?"- deb so‘rasalar, hech ikkilanmay: "Ha bor, u ILM LAZZATI" deb aytgan bo‘lardim...

Nega deganda, ILM ibodat, Jannatda esa ibodat qilish yo‘q, faqat rohat-farog‘at...

Ilm olish va berish lazzatining o‘rnini hech bir lazzat bosa olmasligini ilm yo‘lida chindan riyozat chekkanlargina yaxshi bilishadi...

Mashaqqati lazzat bo‘lgan ibodatdir ILM...

Bu hammaga ham nasib etmagan baxt-saodatdir...

Agar Sizga bu ne'mat nasib etgan bo‘lsa, bilingki Siz dunyodagi eng boy kishilardansiz, garchi faqirona hayot kechirayotgan bo‘lsangiz ham, garchi hisob raqamingizda millionlaringiz bo‘lmasa ham, garchi dunyo tanigan va nomi chiqqan mashxur kishi bo‘lmasangiz ham, qimmatbaho markabingiz yoki biror mansabingiz bo‘lmasa ham, garchi kiyimlaringiz uniqqan, uylaringiz nuragan bo‘lsa ham...

Siz dunyodagi eng baxtiyor odamsiz! Chunki Siz ilm olish yo‘liga chiqqan kuningizdan boshlab Jannatga tomon yo‘lingiz osonlashdi, ilm tufayli Robbingizni tanidingiz, Unga yaqinlashdingiz, Sizni osmon ahli taniydi, farishtalar oyoqlaringiz ostiga qanotlarini yozadilar, Yer-u osmondagi zotlar haqqingizga istig‘for aytadilar, Oxiratdagi hisobingiz esa ajrlarga to‘lib bormoqda.
Aynan Siz uchun Jannatlarda dur-u yoqutlardan qasrlar barpo bo‘lmoqda, sundus va istabroqlardan bo‘lgan liboslaringiz, oltin markablaringiz, xuru-g‘ilmonlar Sizga mushtoq, muntazir...

Faqat Siz to‘xtamang! Aslo!

Bu nurli yo‘ldan og‘ishmay manzil tomon oshiqavering! Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, oxir-oqibat dunyo va oxirat saodati Sizniki bo‘lishiga ishoning!...

ALLOH Sizdan rozi bo‘lsin, EY TOLIBI ILM!

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍10719❤‍🔥1👎1🔥1