Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.98K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
👍13❤‍🔥4🥰1
Hasankhoja Muhammad Sodiq
3 : 92
Bu bo’yicha ko’pchilik yana o’z xissasini qo’shmoqchi ekanligini shaxsiy xabarda bildirdi. Ochig’i xursand bo’ldim.

Aslida bu videoni qo’yishdan maqsad ham boshqalarga ibrat bo’lish, sababchi bo’lishni niyat qilgan edik.

Shuning uchun, ularni ihloslarini qaytarmaslik uchun yana bir shunday hayriya ishini tashlil qilmoqchimiz.

Agar sizda kiyishga yaroqli bo’lgan:

-erkaklar kiyimi
-ayollar kiyimi
-bolalar kiyimi

yoki

-bolalar o’yinchoqlari

bo’lsa, 21-dekabr (Payshanba) kuniga qadar Sodiq school maktabimizga olib kelib berishingiz mumkin.

Olib kelingan kiyimlarni qabul qilib olish vaqti :
09:00-20:00

P.s. Manzil bu yerda

Yordamini pul ko’rinishida yetkazmoqchi bo’lganlar uchun:

8600 1402 9089 8619 (Uzcard)

4854 7007 1736 6169
(Visa
)
Khasan Nasriddinov
🔥21👍12🥰6
Doimgi hech qachon

Katta bo’lsam hammasi yaxshi bo’ladi deb o’ylaysan. Aslida esa hammasi endi boshlanayotgan bo’ladi.

Ilm olsam hamma muammoyim hal bo’ladi deb o’ylaysan, aslida esa ishing yanada murakkablashadi. Shu ilmga mos bo’lish, uni tarqatish va amal qilish kerak

Mansabga erishsam hammasini to’g’irlayman deb o’ylaysan, ammo endi yanada katta mas’uliyat bor, kibr qilmaslik va adolat qilish arosatida qolib jang qilishing kerak.

Pul hamma qiyinchiliklarimni ketkazadi deb o’ylaysan. To’g’ri. Hozirgi qiyinchiliklaringni ketkazadi, ammo senga yangi muammolarni ham “hadya” qiladi. Nafsinga qarshi kurashish, do’stlaringni ajratib olish, oilangga sadoqatli bo’lish, ehsoningni ko’paytira olish.

Biznesimni rivojlantirsam o’z o’rniga tushib ketadi degan ishonchdasan. Endi sen uni tizimlashtirish, kadrlarni munosibini qidirish kabi doimiy muammolar girdobida qolib, oilangga, do’stlaringa vaqt ajrata olish, hobbiying bilan shug’ullanish kabi muhim ishlarni qurbon qilasan.

To’yimdan so’ng hammasi iziga tushadi deb o’ylaysan. Mas’uliyat ikki xissa, javobgarlik esa 3 xissa oshishini keyin tushunib yetasan.

Xuddi shu kabi, o’qishga kirish, ishga kirish, uy olish, mashhur bo’lish kabi ishlarda ham shunday.

Bularni o’qib, hayron qolma, harakat qilish kerak emas ekan deb tushunma.

Hayotda muammolardan qochish uchun emas, balki yangi muammolarga tayyor bo’lish uchun kurash. Bu sinovlar seni shaxs sifatida shakllanishinga, inson sifatida komil bo’lib borishinga yordam beradi.

Eng muhimi esa, shu sinovlar fonida asl qadriyatlaringni, o’zligingi yo’qotib qo’ymaslikdir…
👍86🔥24❤‍🔥11🤩2
1 va 0 lar

Hayotda shunday soft skillar bo'ladiki, uni o'rganayotganingda senga qiymati 0 bo'lib ko'rinaveradi.

Misol uchun:

Hozir ingliz tilini o'rganyapsan, ammo senga berayotgan manfaatini his qilmayapsan.

Matematikani nega o'rganish kerak, kalkulyato bor joyda?

Huddi shu kabi kitob o'qiyapsan, ammo senga qiymat bermayotgandek

Yoki potensial do'stlar yonida yurish seni "duhingni" tushirib qo'yayapti.

IT ni o'rganish qiyin bo'layapti, baribir dasturchi bo'lmaysan.

Ota-onang talabi (iltimosi) ga ko'ra qo'shimcha kurslarga borayapsan, do'stlaring o'zi qiziqqan sohada mazza qilyapti.

To'g'ri yuoqridagilar ayni o'rganilayotgan paytda qiymati 0 ga teng.

Ammo hayotingda shunday vaziyat bo'ladiki, buni balki omad, balki imkoniyat deb nomlash mumkindir. Uni qiymati 1 ga teng va u sen to'plagan 0 lar oldiga qo'shilib seni qiymatingni ko'rsatib beradi.

Faqat bu yerda bir nozik jihat bor. Shu 1 ga teng holat odatda juda kamyob hodisa bo'ladi va takrorlanmaydi. Uni mahkam tutib olishing kerak.

Yaqin do'stlarim va shogirlarim hayotida bunday misollar juda ko'p:

- Muhammad Ali Eshonqulovni "Osmondagi bolalar" ko'rsatuvida chiqishi,
- Aziz Rahimovni maktab ochishi,
- Temurbek Adhamovni karantindan avval "Najot Ta'lim" ga asos solishi,
- Gulruhbonuni "Prezident bilan uchrashuvi",
- Abdukarim Mirzayev akani "karantinda ijtimoiy tarmoqlardagi bo'shliqni to'ldirishi"...

Yuqoridagilar, agar yoshligida 0 larga e'tibor qilmaganida, hozir bu maqomda bo'lmas edi.

Senda ham, albatta 1 ga teng holat ro'y beradi. Shunda o'sha payt qiymating qaysi holatda bo'lishini o'zing belgilaysan: 10 mi, 100 mi, 1000 mi yoki 10000000...

Yoshliging ekin payti, g'alla emas. 0 larni ko'paytir...
👍60🔥20❤‍🔥5
Navigator

Karantindan avval 1.5 yil kirakashlik qilganman (ishdan so’ng). Shuning uchun shaharni ko’p joylarini yaxshi bilaman. Adashishsiz bemalol topib bora olaman.

Lekin shunga qaramay, qachon moshina haydasam, navigator yoqib oladigan bo’ldim. Sababini tushuntiraman.

1. Bormoqchi bo’lgan manzilimga hayoliy marshut tuzaman, ammo navigator boshqa qulayroq yo’lni tavsiya qiladi. Bu yo’lni bilsamda, uzoqroq bo’lsa kerak degan fikrda o’ylamagan bo’laman.

2. Yurishdan avval menga variantlar taklif qiladi. Tezroq borishim kerakmi, eng kam masofada borishim kerakmi, yoki odatiy yuradigan yo’limdan yurishim kerakmi? Vaziyatga qarab birini tanlaysiz.

3. Yo’lda ko’p havflardan ogohlantirib turadi: radar, yo’l belgilari, avariyalar, to’siqlar.

4. Manzilga qanchada yetib borishim haqida aniq ma’lumot berib turadi.

Miyyamiz orqali buncha funksiyani aniq va tez amallay olmaymiz. Ham ortiqcha yuk.

Qachonki navigatorsiz yo’lga chiqsam ko’p afsuslandim.

Endi senga vazifa. Yuqoridagi matnni qayta o’qi, faqat sharti, “yo’l, manzil” so’zlari o’rniga “hayot, maqsad”,
“navigator” so’zini o’rniga “ustoz” deb o’qi.

Nima demoqchiligimni tushunding.
🔥118👍39❤‍🔥11🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nimani tushundingiz…?
👍29❤‍🔥10
#qizimga

Hozir 3 yoshdasan. Ovqatimni yedirib qo’yasan. Hozir men uchun qo’llarimsan.

Umid qilamanki katta bo’lganingda qaddim va boshim bo’lasan.

Ular hech qachon egilib qolmasin, balki mag’rur va fahr ila dadil tursin
👍113❤‍🔥51🔥15🥰14
#qornimga_emas

Yoshligimizda dodam va buvim boshlaridan qiyin damlarni o’tkazganliklarini, sinovli kunlarga sabr bilan bardosh berganliklari haqida ko’p gapirib berishgan.

Bu kabi ko’plab asosli hikoyalarni eshitib, men esa hayron qolar edim, shunaqa ham bo’lishimi mumkinmi deb.

Ajib. Bizni nevaralar ham zerikib qolmaydiganga o’xshamoqda. Hali ular bizdanda ko’p hayratlanishsa kerak…
👍85🔥19❤‍🔥15🥰3
#sarkazm

Aslida 2023-yil juda ham yomon o’tmadi. Bunga tez orada guvoh bo’lasiz…
🔥70👍13🤩3
Shaxmat

Shaxmatdagi dastlabki 3 yurishdagi xato o’yin oxirigacha ta’sir qiladi.

Hayotda ham shunday. Dastlabki uch yurish bular:
ustoz (ta’lim) , ilm (kasb) va uylanish (juft)

Shu uchchalasida xato qilishing shart emas, birortasida xato qilsang ham yetarli.

Xushyor bo’l. Yoshliging, vaqting, sog’lig’ing va kuching. Shu to’rt narsani qanday ishlatganing javobini berasan. O’lib ham qutulmaysan. Qocha olmaysan.

O’rtacha umrni 75 yosh desak, 25 yoshgacha nima olgan bo’lsang, qolgan 50 yil shunga to’g’ri proporsional bo’ladi.

Kitob o’qimayapsan, til o’rganmayapsan, shogird bo’lib hunar orttirmayapsan.

Alam qilsin, ertaga bundanda ko’p alam qiladi.
Huddi men kabi…
🔥80👍26❤‍🔥10
O’zlashtirish piramidasi

Bir mavzuni/sohani yaxshi o’zlashtirish bosqichlari.

1. Leksiya eshitsangiz - 5%
2. Kitob o’qisangiz - 10%
3. Video/podcast eshitsangiz - 20%
4. Demonstratsiyada - 30%
5. Muhokama qilsangiz - 50%
6. Ko’p mashq qilsangiz - 75%
7. Dars bersangiz - 90%
8. Kitob yozsangiz - 99%

Nega uyga vazifa qilish kerak?
Nega podcastlar rivojlanmoqda?
Nega ba’zi ustozlarni darsi zerkarli?
Nega sheriginga o’rgatishing kerak? degan savollarga yetarli javob shu yerda.

P.s. Ilm o’rganayotganlarga foydali bo’lgani uchun ulashib qo’ydim.
👍120🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥136👍34🤩8❤‍🔥5🎉3
Javobingizni kutib qolaman!
🔥97👍25🤩2
Foydali to’siqlar

Bu so’zni odatda negativ uchun ishlatamiz.

Ba’zi to’siqlar borki, u inson foydasi uchundir, aniqrog’i yaxshi ham bor.

Safardamiz. Bolalar bilan baland binoning yuqori ochiq maydonli qavatiga chiqdik. Katta joy. Bolalar bemalol yurishdi.

Pol qismi shaffof oynadan yasalgan kichik qismidan biroz qo’rqishdi. Dadil yura olishmadi. Joy ham, tepalik ham o’zgarmadi,

Bu holat kanatda ham takrorlandi.

Hayot ham shunday. Undagi ba’zi (ko’zdagi parda, jinlar ko’rinmasligi uchun) to’siqlar bizni foydamiz uchun. Borligi bizni hotirjam qiladi.
🔥50👍17❤‍🔥11
Forwarded from Xushnudbek.uz
Rossiyaning bosqinchi propagandasi Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan, o‘zbeklarga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda

Yaqindagina Zaxar Prilepin ismli ahmoq O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqida gapirgan edi. Va buni zaldagi boshqa ruslar qarsak chalib qo‘llab-quvvatlagandi.

Endi esa auditoriyasi katta bo‘lgan NTV telekanalida Mixail Smolin degan tovuq miya “1917-yilgacha o‘zbek va qozoq millat sifatida mavjud bo‘lmagan (ozarbayjonlar ham), rus inqilobidan keyin bu millatlar sunʼiy yaratilgan” debdi. Videosini kanalda berib o’tirmayman (menimcha, ko’rib ulgurdingiz), bunaqa jirkanch narsalarni tarqatishni xohlamayman.

Bu kabi holatlar shunchaki tasodif ekanligiga ishonish uchun aqli noraso bo‘lish kerak. Sog‘lom odam bularning barchasi nima uchun qilinayotganini yaxshi biladi. Chunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana shu kabi umumiy tezislar asosida boshlangan. Yaʼni uzoq yillar shovinistik propaganda mashinasi tomonidan Ukrainaning davlatchilik tarixi yo‘qligi, millat sifatida mavjud emasligi, Lenin yaratgan sunʼiy davlat ekanligi haqidagi cho‘pchaklar rus xalqi ongiga singdirilgan va bugun buning oqibatini hammamiz ko‘rib turibmiz.

‼️ O‘rtoqlar, buni jiddiy qabul qilishimiz, hushyor bo‘lishimiz, kerakli choralarni ko‘rishimiz kerak. Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz.

Nega biz mana shunaqa isqirtlarga qarshi biror chora ko‘ra olmaymiz? Nega doim rus shovinistlariga qarshi muloyim va bag‘rikeng munosabatda bo‘lamiz? Nega Rossiya elchisini “chaqirtirmaymizu”, shunchaki “taklif etamiz”? Nega butun boshli O‘zbekistonni bosib olish haqida gapirganlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atmaymiz? Nega o‘zbek xalqini yerga urganlarni O‘zbekistonga kirishini taqiqlash haqida qarorlar qabul qilmaymiz? Nega doim qo‘rqib yashashimiz, “katta og‘a” nima derkin deb, og‘zini poylab turishimiz kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda ham doim Rossiyaning yonini oladigan, u nima qilsa to‘g‘ri deb hisoblaydigan va ming afsuski, millionlar afsuski, milliardlar afsuski, hatto O‘zbekistonni Rossiya bosib olishini ham qo‘llab-quvvatlaydigan yurtdoshlarimiz ham borki, ular ham ko‘zlarini ochishlari kerak. Sal odamga o‘xshab mantiqiy fikrlashni boshlashi, pushti ko‘zoynakni yechishi kerak. Vatanini sevishi kerak. Buning uchun esa eng avvalo iflos rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak. Bu ilk qadam bo‘lishi shart!

Hooooy, g‘aflat uyqusidan uyg‘oninglar!


👉 @xushnudbek 👈
👍90🔥16❤‍🔥6
Prinsip

Ustozlardan eshitgan bir qoidam bor. Shuni hayot prinsipimga aylantirishga harakat qilaman, garchi zo’r uddalay olmasam ham.

Foniyga bog’lnagan narsa foniydir,
Boqiyga bog’langan narsa boqiydir.

Niyat, ish, amal, kasb, so’z, hammasi shu qoidaga buysunadi.

Foniy narsa bu - nafsdir, unga yoqmagan har narsada hayr bordir*.

Mezon shu bo’lishi kerak. Bu haqida eslatma ham bor (91, 9-10).
👍58🔥21❤‍🔥16
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Siz kutgan intervyu!

🤵 Sodiq school" xususiy maktab asoschisi Hasanxo'ja Muhammad Sodiq bilan bo'lgan maxsus intervyu YouTube sahifamizga joylandi.

Quyidagi havola orqali hoziroq tomosha qilishingiz mumkin.

➡️ https://youtu.be/9k4ovML8eUE

P. S. SAT imtixoniga tayyorlanyotgan do'stlaringizga yuborib qo'ying, foydali bo'lishi aniq))

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤‍🔥8🔥2🎉1
Hech bir ota bu holatga rozi bo’la olmaydi, agar rozi bo’lsa, demak u haqiqiy ota emas.
Ammo barcha otalar esa hotirjam uxlamoqda…

P.s. bu postda ota=ummat
❤‍🔥78🔥23👍15