Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.97K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
737 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Shu qoidaga amal qilib doim yutdim.

Tavsiya qilaman…
❤‍🔥65👍25🔥12🤩4🎉2
Siqilib qolsangiz ushbu satrlarni qayta o’qing.

Qulga balo kelmas,
Haq yozmaguncha!
Haq balo yozmas,
Qul yoʻldan ozmaguncha!
Haq quldan intiqom,
Qul ila olur!
Dinu irfon bilmagan,
Buni Quldan (deb) bilur...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qadarda bo‘lmasa boshingizga balolar kelmasdi. Bir tashvish keldimi, Allohdan deb, shunga ko‘ning. Zero, Yaratgan bandasidan intiqomni bandasi ila olur...
❤‍🔥90👍39🔥15
O’zi oson qilsin, yengillik bersin. Mushkulotdan tez orada qutulsinlar. Samimiy duodaman.
❤‍🔥100👍31🔥12🤩1
Better late than never. But never late is better...
👍67🔥27❤‍🔥7🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uyg’onganda turadigan bo’lsa odamning umri o’tib ketadi”

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari
❤‍🔥60👍27🔥14
Rahbarlik

Uhud jangida maydonni tashlab uch kun Jalʼob togʼlarida turgan Usmon ibn Аffon(r.a) qaytib kelganlarida, Rasullulloh(salomlarimiz va duolarimiz boʼlsin) u kishiga qarab: “Siz togʼning etagini makon tutib bizdan uzoqlashdingiz” dedilar.

Xulqlari Qurʼon boʼlgan, Rasuli Аkrom(s.a.v)ga bir emas, ikki bor kuyov boʼlib “Zinnurayn” maqomlarini olgan Hazrati Usmondek jannatning mujdasini barhayot vaqtlarida olgan inson “Jasadlarimiz ustiga qushlar qoʼnganini koʼrsangiz ham, mendan buyruq kelmagunicha joyingizdan qimirlamang!" degan amrni eshitganlariga qaramay, jang maydonini tashlab ketib, xatoga yoʼl qoʼyib qoʼydilar.

Bu qilmishlariga nisbatan Janobi Paygʼambarimiz(s.a.v)ning jazolari esa ogʼriqli bitta tanbeh boʼldi, xolos. Xozir atrofimdagi, qoʼlostimdagi baʼzi insonlarning xatosini shu xatolik bilan taqqoslab koʼrib hukmining yengilligini, mening ularga bergan tanbehlarim Rasululloh(s.a.v)ning soʼzlaridan ancha ogʼirligini bilib, oʼzimda behad pushmonlik sezayapman...
👍59❤‍🔥25🔥8🤩2
Ingliz tili va matematikani bilganlar uchun ajoyib imkoniyat

Sun'iy intellekt bo'yicha Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan Bunyodbek Ibrohimov (umumiy tajriba - 12 yil) Najot Ta'lim bilan hamkorlikda onlayn kurs tayyorlashibdi. Kursning nomi - "Sun'iy intellekt - 0dan strong junior'gacha".

Kursda o'qish orqali sohani 0 dan boshlab strong junior darajasigacha o'rgana olasiz. Kurs taqdimoti ertaga, onlayn bo'ladi. Qatnashishni tavsiya qilaman, chunki taqdimotda maxsus taklif berishadi.

👉 Taqdimot linkini olish uchun formani to'ldiring

Kursni tamomlab, mahalliy va xalqaro kompaniyalarda AI bo'yicha mutaxassis bo'lib ishlash mumkin kena.
👍28🔥8🥰2🎉2🤩1
Dasturxon atrofida birga oʼtirish baxt, joynomoz ustida birga turish esa Saodatdir!
Ikkisini jamlay olganlar esa haqiqiy oiladir…
👍153❤‍🔥57🔥17🥰10🤩1
Ta’lim tizimi, yoshlarni ilmli qilish haqida ko’p gapiramiz. Ularning kelajagi uchun nima qilish kerakligini o’ylaymiz.

Ingliz tilini bilish juda ko’p yo’llarni ochadi. Ko’plab mahalliy va xalqaro loyihalarda ingliz tili tufayli turli imkoniyatlar yaratilmoqda. Tilning ahamiyati ortmoqda.

Xususan, do’stimiz Jahongir boshchiligidagi Cambridge o’quv markazi ham yoshlarning sifatli ta’limi uchun jon kuydiryapti. Har xil yangiliklar e’lon qilyapti.

Bu galgi yangilik skanerga bog’lab talqin qilinibdi. Ko’pchilik e’tiborini tortdi bu holat. Ne bo’lsa ham do’stimiz yoshlar uchun manfaatli loyiha qilishiga ishonamiz.

Cambridge’ning yangiligi bugun «Skanerla» nomli kanalda e’lon qilinar ekan. Kuzatib borishni maslaha beraman. Ingliz tili va ta’lim uchun manfaatli bo’lishini tilab qolamiz.
👍26🔥15
Mendagi birorta his yoki so’z buni ifodala olmaydi. Ojizman.

To’rt oyda 12 ming bolalar, daxshat.
Shu darajada daxshatli raqamki, xatto yozish jinoyatdek og’ir…

Ummat qayta o’lganiga 120 kun bo’ldi.
❤‍🔥17🔥13👍5
Forwarded from Seven school
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qisqa vaqt ichida e'tiborga molik natijalarga etishgan Sodiq School jamoasidan navbatdagi yangilik🔥

🎒Yangi filial, Seven school boshlang'ich sinflar uchun xususiy maktabi. Bu yerda O'zbekistonda 1 - bo'lib fanlarga emas o'quvchilarga ixtisoslashgan ta'lim yo'lga qo'yiladi. Maktab 4 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan yoshlarni qamrab oladi. Bular hali hammasi emas.

🖋Barcha yangiliklarni 1 - lardan bo'lib bilish uchun sahifamizga obuna bo'ling.

📚Seven school maktabi siz va farzandingiz izlagan ilm maskani!
👍39🔥6🎉5🥰1
Matematiklar tushunadi…)
🔥72👍25🥰9❤‍🔥5🤩4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ustozini so’nggi manzilga jo’natayotgan o’quvchilar…
Havas qildim. Go’zal yakun shunday bo’lsa kerak, balki…
🔥94👍30❤‍🔥18
Ilmsiz amal qanday bo’ladi?

Bir misolda tushuntiraman.

- Boykot qilishga qo’shildingmi?

- Ha

- unda nega buni ichyapsan?

- o’g’irlab ichyapman, ular shundan ziyon ko’rsin deb…
👍56🔥15❤‍🔥6
"Do‘stlar (ishongan insonlaring) ikki xil bo‘ladi. Birining yaxshiligini o‘lguningcha unutmaysan. Boshqasining esa xiyonatini joning chiqqunicha esingdan chiqarmaysan!".

Muhmammad Rotib Noblusiy hafizahulloh.
❤‍🔥64🔥21👍16
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Yangi loyihaga asos soldik – SS podcast

Samimiy suhbat

1-son.
Bu sonda biz ona tili va tilshunoslik orasidagi farq, darsliklar, davlat tili, alifbo va yozuv turlarining o‘zgarish tarixi hamda oqibatlari, yangi lotin alifbosi islohi haqida suhbatlashdik.
Katta xatoliklarga sabab bo‘luvchi “yumshoq” h va “qattiq” x haqida ham fikrlashdik.


P.S. Tilshunos sifatida qancha pul ($) topish mumkinligi haqida mutaxassisdan javob ham bor. Aytish kerakki, katta summa.

Spikerlar:
Orif Tolib
muharrir, @oriftolib sahifasi asoschisi

Mansur Siddiqov
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Shokir Tursun
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq
“Sodiq school” maktabi asoschisi

https://youtu.be/tcFEBGkWGJo?feature=shared
👍20🤩7❤‍🔥5🔥5
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Albatta dunyo shirindir. Alloh esa qilayotgan amallaringizga qaraydi. Bas, shunday ekan, (mol-)dunyodan, ayollardan ehtiyot bo‘linglar! Sababi bani Isroilda eng birinchi fitna ayollar (sababi)dan boshlangan”, deyilgan (Muslim rivoyati).
Yana bir boshqa hadisda: “Men o‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim”, deyilgan (Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati).
❤‍🔥34👍17🔥4