Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Avval xabar berganimizdek bugun 2025-yil 22-aprel kuni,
✅ Yer resurslariga bo‘lgan e’tiborni oshirish;✅ Yosh avlodda yerga nisbatan hurmat va ehtiyotkorlik g‘oyasini shakllantirish;✅ Kadastr, geodeziya va kartografiya sohalaridagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish.
1️⃣ Karyera kuni — yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan ushbu maydonda soha tashkilotlari bo‘sh ish o‘rinlari va loyihalari bilan tanishtirdi.
2️⃣ Tarixiy xaritalar ko‘rgazmasi — arxiv hujjatlari orqali yer ilmining o‘tmish sahifalari namoyish etildi.
3️⃣ Geodezik asbob-uskunalar namoyishi — zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita tanishish imkoni yaratildi.
4️⃣ Ilmiy-amaliy konferensiya — soha mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
5️⃣ Madaniy dasturlar va ijodiy uchrashuvlar — mehmonlar uchun unutilmas lahzalar taqdim etildi.
6️⃣ Ramziy esdalik kitobi — mehmonlar o‘z tilak va mulohazalarini qoldirib, Yer kuniga doir tarixiy sahifaga o‘z hissasini qo‘shdi.
Yer — bu bizning kelajagimiz. Uni asraylik!
#YerKuni #ButunjahonYerKuni #KadastrAgentligi #Geodeziya #YerBizniki
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1