GEOINFOCOM
120 subscribers
480 photos
71 videos
3 files
431 links
"Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi" davlat muassasasi

—————————————————-
Государственное учрежденние «Центр внедрения, развития компьютеризации и геоинформационных технологий»
Download Telegram
🌍 22-aprel — Butunjahon Yer kuni

Avval xabar berganimizdek bugun 2025-yil 22-aprel kuni, 🌟Kadastr agentligi tomonidan “Yer – kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir” shiori ostida ⭐️Respublika Aerogeodeziya Markazida Butunjahon Yer kuniga bag‘ishlab katta miqyosdagi tadbir tashkil etildi.

🔰 Tadbirning asosiy maqsadi:
Yer resurslariga bo‘lgan e’tiborni oshirish;
Yosh avlodda yerga nisbatan hurmat va ehtiyotkorlik g‘oyasini shakllantirish;
Kadastr, geodeziya va kartografiya sohalaridagi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish.


📌 Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatlar o‘tkazildi:

1️⃣ Karyera kuni — yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan ushbu maydonda soha tashkilotlari bo‘sh ish o‘rinlari va loyihalari bilan tanishtirdi.
2️⃣ Tarixiy xaritalar ko‘rgazmasi — arxiv hujjatlari orqali yer ilmining o‘tmish sahifalari namoyish etildi.
3️⃣ Geodezik asbob-uskunalar namoyishi — zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita tanishish imkoni yaratildi.
4️⃣ Ilmiy-amaliy konferensiya — soha mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
5️⃣ Madaniy dasturlar va ijodiy uchrashuvlar — mehmonlar uchun unutilmas lahzalar taqdim etildi.
6️⃣ Ramziy esdalik kitobi — mehmonlar o‘z tilak va mulohazalarini qoldirib, Yer kuniga doir tarixiy sahifaga o‘z hissasini qo‘shdi.

Yer — bu bizning kelajagimiz. Uni asraylik! 🤝🌱

#YerKuni #ButunjahonYerKuni #KadastrAgentligi #Geodeziya #YerBizniki

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi – raqamli rivojlanish va ochiqlikda yuqori natijalar!

🔹 2024-yil II-yarim yilligi uchun Davlat organlarining raqamli rivojlanish darajasi reyting baholash natijalariga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligi 83,2% ko‘rsatkich bilan yuqori natija qayd etdi.

📌 Bunda quyidagi yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar e’tiborga molik:

▫️ Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi – 82%;
▫️ Elektron davlat xizmatlari indeksi – 83,9%;
▫️ Axborot xavfsizligi indeksi – 83%;
▫️ Faoliyatini raqamlashtirganlik indeksi – 74,1%;
▫️ Tashkiliy qism – 100%.


🔍 Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi–2024” natijalariga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligi 70,7 ball bilan baholandi.

📈 Ushbu yutuqlar 🌟Kadastr agentligining raqamli transformatsiya va ochiqlik yo‘lida olib borayotgan islohotlarining natijasidir.

#Kadastr_agentligi #Raqamli_O_zbekiston #Innovatsiya #DavlatXizmatlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💬 E’TIBOR MARKAZIDA – “E’TIROF” AAT!

🇺🇿 Yurtimizda xatlov jarayonlari endilikda zamonaviy “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilmoqda. Ushbu tizim qanday ishlaydi? Uning samarali faoliyatini ta’minlayotgan “kadr ortidagilar” aslida kimlar?

“Geoinfokom” DM mutaxassislari ishtirokidagi ushbu videorolikda:
➡️ Tizimning qanday afzalliklari borligi
➡️ Foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar
➡️ Axborot xavfsizligi choralari
➡️ Qarorlar chiqishini kuzatish imkoniyatlari va boshqa muhim jihatlar haqida bilib olasiz!

Shuningdek, ETIROF.KADASTR.UZ platformasi orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va inshootlarni rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
😎7-may-Aloqachilar kuni bilan tabriklaymiz!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi ko‘plab olimlar, muhandislar, texniklar, dasturchilar avlodlari – taqdiri aloqa sohasiga bog‘liq bo‘lgan har bir kishining mehnati natijasidir. Aloqa sohasi mutaxassislari o‘zlarining kundalik mehnatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar!
Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan.
Ma’lumki, 1895-yil 7-may kuni Aleksandr Popov birinchi radiopriyomnikni loyihalashtirdi va simsiz aloqa asosida birinchi seansni amalga oshirdi. Ushbu sana yillar davomida aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos bo‘ldi.
Aloqa sohasi mutaxassislarini kasbingizga bo’lgan vafodorlik, o’z ishiga bo’lgan shijoat hech qachon tark etmasin! Yangi zafarlar va marralar yor bo’lishini tilab, Geoinfocom! 😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Xotira abadiy, qadr muqaddas!”

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Bu sana – yuragimizda unutilmas iz qoldirgan mardlar, jasorat timsoli bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, tinchlik va osoyishtalik qadriga yetish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish ruhini uyg‘otuvchi muqaddas kun!

Yurtimiz osmoni musaffo, xalqimizga tinchlik va farovonlik tilaymiz!
Barchangizni oilangizga baxt, mustahkam sogʻliq, qut-baraka tilaymiz!
Bugun oila kuni ekanidan foydalanib oilangizni xursand qiling! Bugun esda qolarlik kun boʻlsin!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟 Kadastr agentligi mas’ullari ishtirokida “O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan” matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

🗣 Ta’kidlanganidek, mazkur Qonunga muvofiq, hokimliklar bilan hamkorlikda mahallabay xatlov ishlarini olib borish rejasi tasdiqlanib, bu jarayonga 4 500 nafar kadastr xodimi jalb etilgan.

📌 Hozirga qadar 1 124 ta mahallaning chegaralariga aniqlik kiritilgan bo‘lib, 2026-yilga qadar 9 452 ta mahalla chegarasi belgilanishi to‘liq yakunlanadi.

📍 Avvalgi xatlovlar davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning oldini olish maqsadida, bu safargi ishlar ikkita bosqichda – dala va kameral tarzda amalga oshirilmoqda.

🏠 Ushbu xatlovlar nafaqat hujjatsiz obyektlarni, balki hujjatli obyektlardagi o‘zgarishlarni ham qamrab olmoqda. Ya’ni har bir xonadon va har bir qarich yer to‘liq o‘rganilib, yagona tartibga keltirilmoqda.

📊 Bu jarayon fuqarolarning mulkiy huquqlarini kafolatlash, qonuniylikni ta’minlash va kadastr sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 Bugungi kunga qadar mamlakatimiz bo‘ylab 300 737 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, ularning huquqiy maqomini qonun doirasida hal etish maqsadida 121 416 ta obyekt tegishli vakolatli tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirildi.

➡️ Ularning holati quyidagicha:

▪️ 91 537 ta obyekt – vakolatli tashkilotlarda muhokama jarayonida
▪️ 13 749 ta obyekt – jamoatchilik muhokamasi uchun e’londa
▪️ 9 842 ta obyekt – adliya organlarida xulosa olish bosqichida
▪️ 235 ta obyekt – xalq deputatlari Kengashlarida ko‘rib chiqilmoqda
▪️ 389 ta obyekt – xalq deputatlari Kengashlarining qarori bilan huquqi e’tirof etildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Ko‘chmas mulk huquqini e’tirof etishda yangi bosqich: 5 pog‘onali ishonchli tizim asosida amalga oshiriladi.
Bu haqda matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov ma'lum qildi.


1-BOSQICH: MAHALLALAR CHEGARASINI ANIQLASH
🔸 2024–2025-yillarda 3 799 ta mahalla xatlovdan o‘tkazilishi belgilangan.
🔸 Yangi uslubiy yondashuv asosida avvalgi xatoliklar takrorlanmasligi uchun huquqiy asoslar mustahkamlandi.
🔸 Hozirga qadar 2 000 ta mahalla chegarasi aniq belgilandi va “UZKAD” tizimiga kiritildi.

2-BOSQICH: KO‘CHMAS MULKLARNI XATLOVDAN O‘TKAZISH
🔹 3 000 ga yaqin xodim ishtirokida 300 mingdan ortiq obyekt joyida o‘lchandi.
🔹 Har bir obyekt bo‘yicha alohida hujjatlar va yig‘ma jildlar shakllantirilmoqda.
🔹 Ishlar “Xatlov” axborot tizimi orqali olib borilmoqda.

3-BOSQICH: “UZKAD” TIZIMIGA MIGRATSIYA
🔺 219 mingdan ortiq obyekt “Xatlov”dan “UZKAD” tizimiga o‘tkazildi.
🔺 “UZKAD” — davlat kafolatlagan, yagona axborot tizimi bo‘lib, ko‘chmas mulk haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi.

4-BOSQICH: OBYEKTLARNI “UZKAD” TIZIMIDA FAOLLASHTIRISH
▪️ 193 mingdan ortiq obyekt tizimda faollashtirildi.
▪️ Har bir obyekt uchun 8 bosqichli tekshiruv, 35 turdagi texnik va huquqiy ko‘rsatkichlar tizimga kiritilmoqda.

5-BOSQICH: HUQUQLARNI E’TIROF ETISH
◽️ “E’tirof” axborot tizimi orqali 122 ming obyekt muhokamaga chiqarildi.
◽️ 13 mingdan ortiq obyekt jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
◽️ 539 obyekt bo‘yicha ijobiy xulosalar berilgan bo‘lsa,
◽️ 221 obyekt uchun to‘lovlar amalga oshirildi,
◽️ 389 obyekt bo‘yicha esa mahalliy Kengashlar qaror chiqardi.

🌟 Mazkur tizim fuqarolarning mulkiy huquqlarini qonuniy asosda tan olish, ularni barqaror yashash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish va kredit olish imkoniyatlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕌Qurbon Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Bu ulug‘ kun qalbingizni ezgulik bilan to‘ldirsin, xonadoningizga fayz va baraka olib kelsin.
Siz va yaqinlaringizga sog‘lik, baxt va totuvlik tilaymiz!

Hurmat bilan,
Geoinfocom jamoasi
👍2
Bugun 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g'o'zа shoxlаri vа bаrglаri, tog'lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog'ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.
👍1