Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yil_sarhisobi

Yakunlanayotgan 2022-yilda soliq ma'muriyatchiligi va soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish sohasida, shuningdek, Farg'ona viloyati davlat soliq xizmati organlarida amalga oshirilgan muhim o'zgarishlar:

👉
2022-yil 1-yanvardan boshlab Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati yaratildi;

👉2022-yil 1-yanvardan "Soliq-hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarligi haqida soliq organlariga xabar berganlarga undirilgan jarima summasidan 20% mukofot to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

👉2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida "E-ijara" dasturi orqali elektron shaklda hisobga qo‘yish belgilandi;

👉Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 %dan 1,5 %ga pasaytirildi hamda 1 м² uchun mutlaq miqdorda minimal qiymat belgilandi;

👉Tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beruvchi - “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) ishga tushirildi;

👉2022-yil 1-yanvardan chakana savdoda onlayn-kassaga ulangan, shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi maxsus skanerlardan foydalanish talabi o‘rnatildi;

👉DSQ rahbariyati farg'onalik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi;

👉Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratildi;

👉2022-yil 16-mart kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi;

👉"Soliqchi-ko'makchi" tamoyili doirasida DSQ rahbariyati Farg'ona va Qo'qon shaharlarida tadbirkorlar bilan uchrashdi;

👉Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Soliq" mobil ilovasi yangilandi;

👉Farg'ona, Qo'qon va Marg'ilon shaharlarida “Tadbirkorga ko‘mak markazlari” faoliyati yo'lga qo'yildi;

👉Majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari belgilandi;

👉Xizmat ko'rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi;

👉Rishton tumanida belgilanadigan turizm hududidagi ayrim tadbirkorlik subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi;

👉Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi;

👉Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi;

👉2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar taksi haydovchilari ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shildi;

👉Farzandlarning xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qishi uchun yo‘naltirilgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etildi;

👉Transport vositalari ijara shartnomalarini notarial tasdiqlash bekor qilindi;

👉Turizm uchun keshbeklarga start berildi;

👉Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘ daromad solig‘idan ozod etildi;

👉Oʻzbekistonda “tax free” tizimi joriy etiladi;

👉Jismoniy shaxslar uchun soliqlarni “Soliq” ilovasi orqali toʻlash imkoniyati yaratildi;

👉Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi;

👉Farg’onada soliq tushumlari o’sish sur’ati respublikada poytaxtdan so’ng birinchi o’rinda bo‘ldi;

👉AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti aksiz solig‘idan ozod qilindi;

👉Farg‘ona viloyati davlat soliq organlarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda;

👉Farg‘onalik iste'molchilar 48 mlrd so‘m keshbek oldi;

👉Bag‘dod tumanida huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM